So’nggi yangiliklar

16:06"Хоразм" — "Қўқон-1912". Асосий таркиблар маълум  1 16:02Тимур Кападзе Хитой мураббийи бўлиши ҳақидаги саволга аниқ жавоб берди  20 15:18"Ливерпуль" — "Эвертон". Мерсисайд дербиси учун таркиблар маълум  7 14:51Футзал. Ўзбекистоннинг Фаластинга қарши ўйин учун таркиби маълум  2 14:12"Шўртан" ва "Пахтакор" ўртасида нурсиз дуранг қайд этилган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  1 13:45ОКМК "Бунёдкор"ни йирик ҳисобда мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 12:40Тез орада Хитой бош мураббийи эълон қилинади, якуний уч номзод орасида Кападзе бор  33 12:02Хуршид Ғиёсов: "Терма жамоадан чақирув олсам хурсанд бўламан ва ватан учун боримни бераман"  12 11:35"Барселона" де Йонг билан янги шартнома борасида музокаралар олиб бормоқда  3 11:16Авазбек Ўлмасалиев: "Буёғига Суперлигада осон баҳслар бўлмайди"  0 10:47АПЛнинг учта жамоасига "Реал" футболчиси керак  13 10:20Неймар яна жароҳат олди  6 09:53Романо Мессининг "Интер Майами"даги келажаги ҳақида фикр билдирди  2 09:25Футзал. Бугун терма жамоамиз Осиё кубоги саралашидаги юришини бошлайди  0 08:56Аморим: "Рим Папаси ҳам мени қароримни ўзгартиришга мажбур қила олмайди"  12

Pro liga. "Dinamo" safarda "Turon" bilan durang o'ynadi Yangiliklar

Pro liga. "Dinamo" safarda "Turon" bilan durang o'ynadi

Teglar :  Dinamopro ligaTuron
Pro liganing 13-turidan o'rin olgan "Turon" - "Dinamo" uchrashuvi boshlanmoqda.

Ushbu sahifada o'yinning matnli translyaciyasini kuzatib borish mumkin.



TURON – DINAMO 1:1
24 oktyabr 2020 yil. Yaypan. "O'zbekiston" stadioni.
Hakamlar:
G'ayrat Jo'raev, Timur Gaynulin, Andrey Capenko
Nazoratchi: Mamur Saidqosimov
Komissar: Ramil Ilyasov
Gol: Umid Qodirov 37, 1:0 Oybek Nurmatov 83, 1:1
"Turon": 87. Akmal Ortiqov, 2. Abdulazizxon Abdurashidov, 3. SHukurali Po'latov, 4. Sunnatillo Ermatov, 7. Umidjon Qodirov, 10. Javohir Sohibov, 11. Asilbek Qayumov, 14. Doniyor Ismoilov, 15. SHoxruxbek Xolmatov (S), 17. Dostonbek Meliqo'ziev, 22. G'olibbek Sariboev.
Zaxira: 1. Mirzohidjon Jalilov, 5. Oybek Axmatov, 8. Bahodir Akramov, 9. Otabek Haydarov, 18. Asliddin Toshtemirov, 23. Xurshidbek Asqaraliev, 25. Ismoil Oxunjonov, 71. Mirjalol Mirzaev, 77. Bilolxon Toshmirzaev.

"Dinamo": 1.Erkin Jabborov, 4.Hakimxon Alamxonov, 5.Avaz Agaliev, 6.Bobur Qosimov, 9.Jahongir Ahmedov, 11.Damir Temirov, 17.SHarofiddin SHobirov, 21.Muhammadqodir Hamraliev, 26.Komil SHarofutdinov, 27.Azamat Allaniyazov, 34.SHohruhbek Abdurahmonov.
Zaxira: 30.Farhod Rahmatov, 7.Suhrob Nurulloev, 8.Eldor Boymatov, 14.Andrey Sidorov, 19.Obid Jo'raboev, 23.SHahzodbek Hamidov, 24.Farhod Nomozov, 78.Oybek Nurmatov, 95.Azim Mirzaev.



YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi.

90+3. Havfli vaziyattt. Oybek Nurmatov darvozabon bilan birga bir vaziyatga chiqib bordi. Akmal Ortiqov to'p yo'liga to'g'anoq bo'ldi.

90.Ikkinchi bo'limga to'rt daqiqa qo'shib berildi.

86. Goldan so'ng "Turon" jamoasi azolari tempni oshirishdi va birin-ketin havfli hujumlar tashkil qilishmoqda. Uchrashuvning oxirgi daqiqalari keskin va shiddatlarga boy tarzda o'tmoqda

83. Goooollll. "Dinamo" jamoasi uchrashuvning so'nggi daqiqalarida hisobni tenglashtirmoqda. Oybek Nurmatov penaltida adashmadi.

82. Penaltiii. "Turon" darvozasi tomon hakam penaltini belgilamoqda. 

75. Maydon egalari jarima maydonchasi ichida raqib futbolchisi Suhrob Nurulloevni yiqitdi. Biroq, hakamlar bu vaziyatda penalti yo'q edi deb hisoblashdi. 

72. Havfli vaziyatt. "Dinamo" futbolchisi Suhrob Nurulloev jarima zarbasidan to'pni o'yinga kiritdi. Jarima maydonasi ichiga uzatilgan to'pga Muhammadqodir Hamraliev zarba berdi. Ammo, noaniq.

63. Zarbaaa. "Turon" futbolchisi G'olibbek Sariboev jarima zarbasini amalga oshirdi. To'pni raqib posboni qiyinchilik bilan bartaraf etdi.

62. O'zgarish. Mezbonlar tarkibida Abdulazizxon Abdurashidov, Javohir Sohibov o'rniga Ismoiljon Oxunjonov va Oybek Axmatov tushirildi.

62. "Dinamo"da Bobur Qosimov o'rniga Eldor Boymatov maydonga tushdi.

57. O'zgarish. Sergey Lushan Azamat Allanyozovni Andrey Sidorovga almashtirdi. SHarofiddin SHobirov o'rniga Oybek Nurmatov maydonga tushdi

Ikkinchi bo'lim boshlanmoqda! Jamoalar tarkibida o'zgarish. "Turon" jamoasida Asilbek Qayumov o'rniga Otabek Haydarov tushdi. "Dinamo" safida Avaz Agaliev o'rniga SHahzod Hamidov, SHoxruh Abdurahmonov o'rniga Suhrob Nurulloev maydonga tushdi.

Birinchi bo'lim yakunlandi. Tanaffus

44. Uxxx. Havfli vaziyat. Mehmonlar hisobni tenglashtirishga juda yaqin kelgandi. 

37. Gooooollll. "Turon" raqib jarima maydonchasi ichidagi palapartishlikdan unumli foydalanib hisobni ochmoqda. Gol muallifi Umid Qodirov.

Maydonda haqiqiy kurash kechmoqda. Ikki jamoa ham hujum qilmoqd. Lekin, hozircha darvozalar ishg'ol qilinmadi.

21."Dinamo"ning qarshi hujumi qoida buzarlik bilan to'xtatildi.

20. Havfli vaziyattt. Zarbaaa. Mezbonlar futbolchisi G'olibbek Sariboev "Dinamo" jarima maydonachasi ichida uzatmani amalga oshirdi. Asilbek Qayumovning boshi bilan yo'llagan zarbasi darvoza to'sini tepasidan o'tib ketdi.

"Dinamo"ning o'ng qanotdan amalga oshirayotgan hujumlari havfli tus olmoqda.

11. "Dinamo" jamoasidan havfli hujum. Yakuniy zarbaga aniqlik etishmadi

7. Zarbaaa. "Turon" futbolchisining burchakdan berilgan havfli zarbasini mehmonlar posboni bartaraf etdi.

6. Temp yuqori. Hujum qilish navbati "Dinamo"da.

2. Dastlabki daqiqalardan maydon egalari hujum uyushtirishdi. "Turon" futbolchisi yiqtildi. 

Uchrashuvga start berildi. O'yin tafsilotlarni sizlar birgalikda kuzatib boramiz.

Jamoalar maydonga chiqib kelishdi.

- Uchrashuv soat 14:00da boshlanadi

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика