So’nggi yangiliklar

07:55Суперлига. Бугун 2 та учрашув бўлиб ўтади  0 07:46Отабек Нарзуллаев: "Ютишимиз ёки ютқазишимиз ҳам мумкин эди"  0 07:28Sofascore. Ҳусанов кечаги учрашувдаги ҳаракатлари учун неча баҳога лойиқ кўрилди?  4 07:10Суперлига. "Сурхон" — "Машъал" 0:0  0 06:50ЕЧЛ. "Манчестер Сити" - "Наполи" 2:0  1 01:59ЕЧЛ. Рэшфорднинг дубли "Барселона"га ғалаба келтирди, "Қайрат" ва "Галатасарой" йирик ҳисобда ютқазди  33 01:52ЕЧЛ. "Манчестер Сити" "Наполи"ни ишончли ҳисобда мағлуб қилди, Ҳусанов тўлиқ ўйнади  46 01:15АПЛда бирорта очко йиғмаган клуб бош мураббийи билан шартномани узайтирди  0 00:50Беллингем дербига қадар сафга қайтиши мумкин  1 00:19"Реал"нинг аппеляцияси яна рад қилинди  9 23:47ЕЧЛ. "Монако" Бельгияда "тарсаки еди", "Байер" Данияда дуранг ўйнади  0 23:20Луис Энрике "Аталанта"га қарши ўйинни трибунадан кузатгани сабабини айтди  0 22:37Жозе Моуринью: "Фенербаҳче"да ишлаб хато қилдим, у ер менинг даражам эмасди"  24 22:22Бернарду Силва: "Доннарумма менга Куртуани эслатади"  0 21:55Марказлашган VAR тизими Ўзбекистонда илк бор масофадан туриб синовдан ўтказилди  8

Pro liga. "Neftchi" "Zomin"ni mag'lub etdi, "Istiqlol" Urganchda g'alabaga erishdi Yangiliklar

Pro liga. "Neftchi" "Zomin"ni mag'lub etdi, "Istiqlol" Urganchda g'alabaga erishdi

Bugun Pro ligada 6-turning eng oxirgi ikkita uchrashuvi bo'lib o'tdi.

 

Farg'onadagi o'yinning 9-daqiqasida hisob ochildi. "Zomin" sardori Eldor Karimov himoyachilarning xatosidan foydalanib to'pni darvozasiga aniq yo'lladi - 0:1.

23-daqiqada chiroyli kombinaciyadan keyin "Neftchi" hujumchisi Dostonbek Toshmatov xisobni tenglashtirdi - 1:1.

34-daqiqada mehmonlar yana hisobda oldinga chiqib olishdi. Ikkinchi nolga ham Eldor Karimov mualliflik qildi - 1:2.

72-daqiqada mezbonlar penalti tepish huquqiga ega bo'lishdi. Doston Toshmatov penaltini kuchli zarba bilan amalga oshirdi. To'p to'singa tegib qaytdi.

79-daqiqada Dostonbek Toshmatov birga-bir vaziyatga chiqib borib hisobni tenglashtirdi - 2:2. 

86-daqiqada Pavel Smolyachenko penaltidan unumli foydalandi - 3:2. O'yinda "Neftchi" 3:2 hisobida g'alabaga erishdi.


Pro liga. 6-tur
15 sentyabr, seshanba
16:15 - NEFTCHI – ZOMIN 3:2
Hakamlar:
Rustam Lutfullin, Rasul Fozilov, Maksim Nexochin
Nazoratchi: Islomjon Rahimov
Komissar: Oybek Yunusov

Gollar: Eldor Karimov 9, - 0:1. Dostonbek Toshmatov 23, - 1:1. Eldor Karimov 34, - 1:2. Dostonbek Toshmatov 79, - 2:2. Pavel Smolyachenko 86 penalti, - 3:2.

Amalga oshirilmagan penalti: Dostonbek Toshmatov 72 (to'sin).

"Neftchi": 21.Farrux Turdaliev, 5.Eldor Ergashev, 7.Mansur Saidov, 8.Islombek Karimov, 10.Islom Toshpo'latov, 13.Jamshid Qobulov, 17.Dostonbek Toshmatov, 20.Dilyorbek Irmatov, 27.Doston Avazbekov, 44.SHodievr Xojimatov, 93.Sirojiddin Allaev.
Zaxira: 96.Sunnatillo Rahmonov, 3.Timur Sultanov, 18.Javohirbek Rasulov, 31.Pavel Smolyachenko, 70.Dostonbek Bobojonov, 91.Xojiakbar Ibrohimov, 94.Anvarjon Xojimirzaev, 98.Jamshidbek To'raqulov, 99.Ilhom Vahobov.

"Zomin": 12.Javohir Kamilov, 2.Ozod Rajabov, 4.Eldor Karimov, 5.Doniyor Umarov, 6.SHerzod Jalilov, 7.Dilshod Xushbakov, 8.Otabek Ahmadjonov, 10.Jonibek Ko'chimov, 14.Muhammad Norboev, 17.Abdumutal Tursunqulov, 20.Asiljon Mansurov.
Zaxira: 3.Mirjalol Suyunov, 13.SHerzod Xayrullaev, 21.Maradona Safarov, 24.Fazliddin Dehqonboev.




Urganchdagi o'yinning 14-daqiqasida mehmonlar penalti tepish huquqiga ega bo'lishdi. Abduxoliq Qurbonovning 11 metrli jarimadan yo'llagan zarbasini G'ayratjon O'daev qaytarishga erishdi va hisob ochilmadi.

75-daqiqada mehmonlar hujumchisi Mo'ydin Mamazulmov gol urib "Istiqlol"ga g'alaba keltirdi - 1:0.



17:00 - XORAZM – ISTIQLOL - 0:1
Hakamlar:
Ilya Ilin, Islom Azimov, SHerzod Azamov
Nazoratchi: Isxax Ibragimov
Komissar: Erkin Baxtiyorov.

Gol: Mo'ydinjon Mamazulumov 75, - 0:1.

Amalga oshirilmagan penalti: Abduxoliq Qurbonov 14 (darvozabon).

"Xorazm": 35.G'ayratjon O'daev, 3.Ravshanbek Sultanov, 4.Jasur Atadjanov, 6.Farrux Haydarov, 7.Temurbek Ismailov, 8.Damir Nizanov, 17.Saidjamol Davlatjonov, 19.Habibulla Matyoqubov, 41.Rasul Musaev, 91.Asiljon Begimqulov, 99.Sarvarbek Jumaniyazov.
Zaxira: 1.Eldorbek SHoxratbekov, 5.Temur Masharipov, 10.Timur Bekchanov, 11.Sardorbek Matmuratov, 15.Dadaxon Yusupov, 21.Mirjalol Qurbonov, 23.Norxon SHeripov, 34.Mahmud Qalandarov, 70.Hurmatbek Yuldashev.

"Istiqlol": 12. Nodir Ashurmatov, 4. Jasurbek Ermamatov, 5. Abduxoliq Qurbonov, 6. Abbosbek Maxstaliev, 7. Umidjon Qodirov, 8.Sardor Sotvoldiev, 14. Rustam Abduhamidov, 15. Ulug'bek Xudayberdiev, 22. Umar Adhamzoda, 23.Dostonbek O'rinboev, 29 Sanjar Baratov.
Zaxira: 45.Diyor Komilov, 2. Axrorbek O'ktamov, 3. Hojiakbar Yunusov, 10. Fayzullobek Jumanqo'ziev, 13. Doniyorjon To'lashev, 17. Temur Mamatmurodov, 20. Rahmatullo O'ktamov, 21. Elyor Mamasoliev, 26. Mo'ydinjon Mamazulumov.




Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика