So’nggi yangiliklar

21:10Хейсен «Сосьедад»га қарши ўйиндаги ўз четлатишини ВАР бекор қилиши керак эди деб ҳисоблайди  1 21:09ОЧЛ 2. "Ал Аҳли" - "Ал Ҳалдия". "Андижон"нинг гуруҳидаги иккинчи ўйин старт олди (онлайн ҳисоб)  1 20:38ОЧЛ-2. "Андижон" меҳмонда "Аркадағ" билан дуранг ўйнади  117 19:36Гвардиола «Ман Сити»ни ЧЛда ғолибликка даъвогар деб ҳисобламайди: «Аниқ йўқ. Фақат лаҳзалардан роҳатланиб, бу ерда бўлганимиздан хурсандмиз»  5 18:31Собиқ ҳакам Буррул «Реал»нинг иккинчи пенальтиси ҳақида: «Нотўғри белгиланган. Ўйинчи йиқилди, қўл ҳаракати табиий»  22 17:29"Қизилқум" майдондан чиқишни хоҳламаган футболчи билан шартномани бекор қилди  11 17:15Қайси клуб ҳозирги таркиби учун энг кўп пул сарфлаган?  9 16:50Пролига 15-турида ишловчи расмийлар  0 16:21Осиё томон йўлга чиқиш навбати "Андижон"га — ОФКнинг клублар мусобақаларида қатнашган барча ўзбек клублари  19 16:06"Реал" юлдузларидан бири 1.5 ойга сафдан чиқди  7 16:00Биринчи лига 15-турида ишловчи расмийлар  1 15:20"Насаф"нинг ОЧЛдаги 9-мавсуми бошланди  12 15:20Туғилган кун муборак, ўзбек футболи қироли — Миржалол Қосимов!   257 14:50"Реал" Чемпионлар лигасида пенальтилар сони бўйича рекордчи бўлди  13 14:33Ямал "Барселона"нинг қайдномасига киритилмади  0

PRO Liga. 3-turdan so'ng jamoalarda ko'rsatkichlar qanday? Yangiliklar

PRO Liga. 3-turdan so'ng jamoalarda ko'rsatkichlar qanday?

PRO ligada dastlabki 3ta tur o'yinlari ortda qolgan va 1 avgustdan 4-tur bahslari davom ettiriladi.

"Neftchi":

Farg'onaliklar 3-turdan so'ng 2 g'alaba, bir durang qayd etgani xolda jami 7 ochko bilan PRO-Liga musobaqa jadvalida peshqadam bo'lib turibdilar. To'plar nisbati 5:1, raqib darvozasi 5 bor ishg'ol qilingan, 1 ta to'p o'tkazib yuborilgan. O'z darvozasi daxlsizligini saqlash bo'yicha "Neftchi" posboni SHerzod Abduraimovning ko'rsatkichlari alo darajada.

Jamoada bugunga qadar Jamshid Qobulov (1 ta, "Dinamo" darvozasiga), Mansur Saidov (1 ta, "Xorazm" darvozasiga), Doston Toshmatov (1 ta, "Xorazm" darvozasiga), Otabek Zokirov (2 ta, "Xorazm" va "Oq-tepa" darvozasiga) raqiblar darvozasiga to'p kiritgan.



"Turon":

Yaypanning "Turon" jamoasi 3-turdan so'ng 2 g'alaba va 1 mag'lubiyat qayd etib, jami 6 ochko bilan PRO-Ligada 2-o'rinni egallab turibdi. To'plar nisbati 6:3. "Turon" tarkibida Javohir Sohibov, (1 ta, “Xorazm" darvozasiga), Abdulazizxon Abdurashidov ( 1 ta, "Xorazm" darvozasiga), SHoxrux Xolmatov (1 ta, "Xorazm" darvozasiga) Dostonbek Meliqo'ziev (1 ta, "Oq-tepa" darvozasiga), Ismoiljon Oxunjonov (1 ta, ("SHo'rtan" darvozasiga), Asilbek Qayumov ( 1 ta, "SHo'rtan" darvozasiga) gol urishga muvaffaq bo'lganlar.




"Istiqlol":


Farg'onaning yana bir klubi, "Istiqlol" jamoasi PRO-Liga 3-turidan so'ng 2 g'alaba, bir mag'lubiyat qayd etgani xolda musobaqa jadvalida 6 ochko bilan uchinchi pog'onada joylashgan. To'plar nisbati 5:3, jamoa tarkibida Rustam Abduhamidov (1 ta, "Zomin" darvozasiga), Fayzullo Jumanqo'ziev (1 ta, "Zomin" darvozasiga) gol kiritishning uddasidan chiqishgan. Bo'lib o'tgan uchrashuvlarning rasmiy qaydnomalariga ko'ra Sergey Lebedov boshchiligidagi "Istiqlol"ning qolgan 3 ta goli raqiblarning ehtiyotsizligi tufayli avtogol sifatida qayd etilgan.


"SHo'rtan":


O'tgan mavsumda "Mashal"ni Superligaga olib chiqqan Asror Aliqulov bu yili esa "SHo'rtan" bilan xuddi shu vazifani amalga oshirishga urinib ko'radi. G'uzorliklar joriy mavsumda 2 g'alaba, 1 mag'lubiyat qayd etib, PRO-Ligada to'rtinchi o'rinni egallab turishibdi. To'plar nisbati 6:5, jamoa tarkibida SHokir Yo'ldoshev (2 ta, "Istiqlol" darvozasiga, 1 ta "Zomin" darvozasiga), Bekzod Suvonov (1 ta, "Turon" darvozasiga), Faxriddin Alimov (1 ta "Turon" darvozasiga), Xudoyorxon Sagdullaev (“Turon" darvozasiga) raqiblar darvozasini ishg'ol etishga muvaffaq bo'ldilar.


"Oq-tepa":


Aleksandr Ejov bosh murabbiyligidagi Toshkentning "Oq-tepa" klubi PRO-Liga 3-turidan so'ng 1 g'alaba, 1 durang, 1 mag'lubiyat qayd etgani xolda 4 ochko bilan musobaqa jadvalida beshinchi pog'onani egallab turibdi. To'plar nisbati 5:2, jamoa tarkibida Akbar Alisherov (1 ta, "Zomin" darvozasiga), Ibraxim Tomiva ( 1 ta, "Zomin" darvozasiga), Sunnatillo Mamadaliev (1 ta, "Zomin" darvozasiga, Vladislav Fomin ( 2 ta, "Zomin" va "Neftchi" darvozasiga) gol kiritishning uddasidan chiqqanlar.


"Zomin":


Jahongir Jiyamurodov boshchiligidagi "Zomin" jamoasi 3-turdan so'ng 1 g'alaba, 2 mag'lubiyat qayd etgani xolda 3 ochko bilan musobaqa jadvalida oltinchi o'rinni egallab turibdi. To'plar nisbati 3:8, jamoa tarkibida Eldor Karimov (3 ta, "SHo'rtan" darvozasiga) to'p kiritishga muvaffaq bo'ldi.



"Dinamo":

Yaqindagina Sergey Lushchan boshqaruviga o'tgan Samarqandning "Dinamo" klubi ayni damda PRO-Ligada 2 ta tur uchrashuvlarini o'tkazdi. Har ikki o'yinda ham mag'lub bo'lgan samarqandliklar musobaqa jadvalida ochko jamg'armagani xolda ettinchi o'rinda. To'plar nisbati 1:3, jamoa tarkibida Avaz Agaliev (1 ta, "Istiqlol" darvozasiga) to'p kiritishning uddasidan chiqqan.


"Xorazm":

Joriy mavsumdan G'ayrat SHixov bosh murabbiylik qilayotgan Urganchning "Xorazm" jamoasi PRO-Ligada 2 uchrashuvda 2 mag'lubiyat qayd etgan. Ayni damda ochko jamg'armagan "Xorazm" musobaqa jadvalida sakkizinchi pog'onada qayd etilgan. Jamoa vakillari hozircha raqiblari darvozasiga gol kirita olishmadi.

*Izoh: Koronavirus pandemiyasi tufayli, PRO-Liga 3-turidan o'rin olgan "Xorazm" - "Dinamo" uchrashuvi boshqa muddatga qoldirilgan.


Bekzod Tolibov tayyorladi.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика