So’nggi yangiliklar

01:57Европа лигаси. "Астон Вилла"да ғалаба, "Ноттингем Форест"да мағлубият ва бошқа натижалар  1 01:25Погба Франция термасига қайтадими? Дешам жавоб берди  0 00:51"Лилль" дарвозабонидан супер қаҳрамонлик!  4 00:28ОФФА Президенти Ровшан Нажаф ФИФА Президентига миннатдорлик билдирди  0 00:15Конференциялар лигаси. "Кристал Пэлас" тарихий ўйинда ишончли ғалаба қайд этди  1 23:53Европа лигаси. "Бетис"да ғалаба, "Рома" ўз майдонида ютқазди ва бошқа натижалар  0 23:25Муҳим ўйинлар олдидан "Ливерпуль"да жуда жиддий йўқотиш бор  3 23:06Анчелотти Бразилия термасининг сардори ким бўлишини маълум қилди  2 22:43Исроил нега мусобақалардан четлатилмаяпти? Инфантино жавоб берди  17 22:14Игорь Иванович Химич — “Нефтчи” футбол академияси директори  3 21:55Чақир, Мбаппе, Хойлунд - ЕЧЛда ҳафта рамзий термаси маълум қилинди  0 21:31ЎФА Фабио Каннаварога қанча муддатли шартнома таклиф қилган? Тимур Кападзенинг термадаги тақдири нима бўлади?  55 21:13Фабрицио Романо: Ўзбекистон термасини "Олтин тўп" соҳиби бошқаради  69 20:56ЕЧЛда ҳафта футболчиси маълум қилинди  3 20:25Гаиска Мендьета: "Хави МЮда ишлашга ўзини тайёрлаб келмоқда"  4

Prevyu. Yozyovon Lochinlari - Zomin Yangiliklar

Prevyu. Yozyovon Lochinlari - Zomin

Ertaga O'zbekiston Birinchiligi-2016 musobaqalariga start beriladi.

Bunda Yozyovon shaxrining “Yozyovon Lochinlari” jamoasi o'z uyida Zominning “Zomin” jamoasini qabul qiladi.

Jamoalar o'zaro uchinchi bor to'qnash kelishmoqda. Birinchi bor bu ikki klub O'zbekiston Birinchiligi-2015 musobaqalarda uchrashgan edi. O'shanda ikkinchi bosqich 3-tur doirasidagi uchrashuvda to'qnash kelishgandi, jamoalar Yozyovonda o'tgan uchrashuv 3-3 xisobida durranga imzo chekishgan bo'lsa, xuddi shu bosqichning 14-turida jamoalar Zominda uchrashishdi. Qiziqarli va jiddiy bahslarga boy bo'lgan uchrashuv ham 1-1 hisobida durrung qayd etildi. Ikki uchrashuv natijasiga ko'ra ham g'olib jamoa aniqlanmadi. Bu o'z-o'zidan jamoalarning imkoniyatlari tengligidandir. G'olib jamoani bu yilgi musobaqalar davomida bilib olamiz.  

Demak, bu yilgi musobaqalarga ikkala jamoa ham jiddiy tayyorgarlik ko'rgan holda musobaqalarni boshlashmoqda. Ko'ramiz Oliy liga sari birinchi qadamni qaysi jamoa g'alaba bilan boshlar ekan.

Ikkala jamoaga ham omad tilaymiz.
Imkoniyatlar: 30/40/30

O'ZARO O'YINLAR
2015 YIL
Ikkichi bosqich
3-tur. 23 avgust (yakshanba)
Yozyovon-Lochinlari (Yozyovon) – Zomin (Zomin) – 3:3. 2531 tomoshabin.
Hakamlar:
A. SHukrullaev (Toshkent), S. Eremeev (Toshkent),
F. Yormuhamedov (Toshkent), D. Kurchiev.
Nazoratchi: O. Rubakov (Toshkent).
Gollar: X. Buvataev (9), U. Xoshimov (24), D. Xolmatov (35) - E. Karimov (70), M. Fozilov (90, avtogol), D. Toshmatov (90+4, penalti).
90+3 daqiqada I. Biyturaev (Zomin) penaltini aniq amalga oshira olmadi.

14-tur. 27 oktyabr (seshanba)
Zomin (Zomin) – Yozyovon-Lochinlari (Yozyovon) – 1:1. 1642 tomoshabin.
Hakamlar
: F. Narsafarov, SH. Radjabov, SH. Raxmatov, SH. Fayziev.
Nazoratchi: X. Muxtarov.
Gollar: E. Karimov (45) – B. Maxtiraliev (14).
Ogohlantirishlar: A. Abdulxaqov (21), B. Mirzamuradov (30), D. Maripov
(hammasi Zomin, 90).
CHetlatish: A. Abdulxaqov (36) – B. Rasulov (38).


O'zbekiston Birinchiligi-2016
1-tur. 3 aprel (yakshanba)
Yozyovon-Lochinlari (Yozyovon) – Zomin (Zomin)
Hakamlar:
A. SHukurullaev (Toshkent sh.), S. Sirazov (Toshkent vil.),
X. O'rolov (Toshkent vil.)
Nazoratchi: F. Xasanov (Namangan)

Akmal Raxmatullaev tayyorladi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика