So’nggi yangiliklar

02:57Ла Лига. Мбаппе ва Родригонинг голи "Реал"га меҳмонда "Алавес" устидан ғалабани тақдим этди  19 02:37А Серия. "Ювентус" меҳмонда "Болонья" устидан минимал ғалабага эришди  3 02:18Бутун дуне асабига ўйнаган вазир ёҳуд Мессининг Хиндистондаги "дўсти"  3 00:28Туркия Суперлигаси. Шомуродов тўпурарлик пойгасида етакчи бўлиб олди  6 00:06А Серия. "Интер" меҳмонда ғалабага эришди  1 23:58Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди  45 23:49Бундеслига. "Бавария" ва "Боруссия" рақибларини мағлуб эта олмади  1 23:05Хосеп Гвардиола АПЛда Алекс Фергюсоннинг рекордини янгилади  1 22:38"Тоттенхэм” испаниялик футболчи учун 70 млн евро таклиф қилди  0 22:10Саудия Арабистони шаҳзодаси "Барселона"ни сотиб олиши мумкин  21 21:39А Серия. "Наполи" меҳмонда "Удинезе"га мағлуб бўлди  1 21:09АПЛ. "Ман Сити" йирик ғалабага эришди, Ҳусанов захирада қолдирилди, "Тоттенхэм"да эса йирик ҳисобда мағлуб бўлди  37 20:10Эрон Про лигаси. "Персеполис" ва "Трактор" ғалабага эришди, Ўрунов ва Ҳамробеков майдонда ҳаракат қилишди  1 19:31Ўзбекистонлик ҳакамлар “SEA Games Thailand 2025” мусобақасида фаолиятини давом эттиради  2 19:04А Серия. "Милан" 77-дақиқада тўп ўтказиб юборган ҳолда, ўз уйида "Сассуоло"ни мағлуб этолмади  8

PREVYU. Turnir jadvalidagi qo'shnilar to'qnashuvi yoxud "Turon" "Buxoro"ni quvib o'ta oladimi? Yangiliklar

PREVYU. Turnir jadvalidagi qo'shnilar to'qnashuvi yoxud "Turon" "Buxoro"ni quvib o'ta oladimi?

Teglar :  TuronBuxoro
Yodingizda bo'lsa, Superliganing starti Yaypanda "Turon" - "Buxoro" uchrashuviga to'g'ri kelgan edi.

Mavsumning ikkinchi qismini boshlab berish cheki ham yana shu jamoalar zimmasiga yuklatildi. Turnir jadvali, jamoalarning holati va boshqa faktorlarni inobatga olganda qaysidir manoda turning markaziy uchrashuvlaridan biri hisoblanadi. 

Buxoro

Mahmud Jo'raboev - 80', Shohruz Norxonov - 83'

Superliga. 14-tur

27/07/2023, 20:00

3
:
2
Tugadi

Turon

Fayzullobek Jumanqo'ziev - 20', SHohmalik Komilov - 63', Asadbek Saitxonov - 90'

45'
90'
15'  Vsevolod Nixaev
22'  ZHasur Xolto'raev (Asilbek Qayumov)
43'  Aleksandar Stanisavlevich
56'  Izzatilla Po'latov (Muhammadjon Rahimov)
80'  Mahmud Jo'raboev
80'  Muhammadjon Rahimov
83'  Shohruz Norxonov
20'  Fayzullobek Jumanqo'ziev
63'  SHohmalik Komilov
63'  Abdulaziz Abdurashidov
70'  SHohmalik Komilov (Ngu Abega Enyang)
70'  Humoyun Murtozaev (Asadbek Saitxonov)
77'  SHahzod Rahmatullaev (A’zam Aliyev)
90'  Asadbek Saitxonov

O'zaro o'yinlar 

O'zaro o'yinlar jadvaliga nazar tashlasak, jamoalar bugungacha rasmiy o'yinlarda 6 bor to'qnash kelishgan. 1 ta uchrashuv vakillarimizning g'alabasi bilan yakunlangan bo'lsa, 2 ta bahsda durang natija qayd etilgan. Yana 3 ta o'yin “Buxoro” g'alabasi bilan yakuniga etgan. To'plar nisbati 8-7, buxoroliklar foydasiga.

Quyida jamoalarning ortda qolgan o'zaro uchrashuvlarida qayd etilgan natijalarni xronologik ketma-ketlik asosida koʻrib chiqamiz:

19.03.2022. Pro-liga. 3-tur.

“Buxoro” - “Turon” 2:1.

Gollar: Sobit Sindarov, 1 (1:0), Obid Jo'raboev, 14 (2:0), Xumoyun Murtozaev, 21 (2:1).


13.06.2022. Pro-liga. 12-tur.

“Turon” - “Buxoro” 2:0

Gollar: Xumoyun Murtozaev, 9 (1:0), Xumoyun Murtozaev, 18 (2:0).


25.09.2022. Pro-liga. 19-tur.

“Turon” - “Buxoro” 2:2.

Gollar: Abdulazizxon Abdurashidov, 16 (1:0), Abduxoliq Qurbonov, 24 (1:1), Ro'zimboy Ahmedov, 50 (1:2), Xumoyun Murtozaev, 62 (2:2).


01.11.2022. Pro-liga. 24-tur.

“Buxoro” - “Turon” 1:0.

Gol: Ro'zimboy Ahmedov, 48 (1:0).


05.03.2023. Coca-Cola Superliga. 1-tur.

“Turon“ - ”Buxoro“ 1:2

Gollar: Xumoyunmirzo Iminov, 30 (0:1) Anri CHichinadze, 46 (1:1), Temur Ismoilov, 80 (1:2).


12.04.2023. O'zbekiston kubogi. 1-tur.

”Buxoro“ - ”Turon“ 1:1.

Gollar: Obid Jo'raboev, 29 (1:0), Milan Boyovich, 90+4 (1:1).

Bugungi bahs jamoalar ishtirokidagi o'zaro 7-o'yin bo'ladi. Eslatib o'tamiz, ”Buxoro“ - ”Turon“ uchrashuvi  ”Sport“ telekanali orqali bugun soat 19:50dan boshlab jonli efirda namoyish etiladi.


Tayyorgarlik va tarkibdagi o'zgarishlar

Jamoalar taraddud jarayonida ikki xil lokaciyalardan foydalandi. "Buxoro" mashg'ulotlarning asosiy qismini Tojikistonda olib bordi va u erda bir nechta o'rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushdi. Bu orada selekciya ishlari olib borildi. Birinchi davrada hujum chizig'ida oqsagan klub bu borada SHohruz Norxonovni jalb qildi, darvoza chizig'idagi muammo Luka Kukich bilan bartaraf etildi. Tajriba borasida "Buxoro" raqibiga nisbatan yaxshiroq ijrochilarni qo'shib oldi. Bakaev bilan Fuzaylovning futbolida farq katta va tarkib ham mavsum boshida shunga yarasha yig'ilgandi. Endilikda murabbiy o'z falsafasiga mos, uslubiga mos keladigan o'yinchilarni atrofiga jamlayapti. Bunda Stanislavlevich va Norxonov muhim figura bo'lib xizmat qiladi. Davralar oralig'idagi o'rtoqlik uchrashuvlarida ham aynan shu ikki juftlik tandem hosil qilishga va oldinda faollikni oshirishga harakat qildi. 

"Esxata" - "Buxoro" 0:3

"Ravshan" -  "Buxoro" 1:2

"Xo'jand" - "Buxoro" 2:1

Ketganlar: Fayzullobek Jumanqo'ziev, Ixtiyor Toshpo'latov, Ro'zimboy Ahmedov, Jasur Xasanov, Timur Ismoilov, Jasur Azimov, Nikola Stoshich, Obid Jo'raboev

Kelganlar: Luka Kukich, Frane Ikich, SHohruz Norxonov, Diyorbek Ortiqboev, Mahmud Jo'raboev, Muhammadjon Rahimov, Izzatillo Po'latov, SHohjahon Xayrullaev, Asliddin Tursunpo'latov

"Turon" "Rubin" bilan o'rtoqlik uchrashuvi doirasida qisqa vaqt Qozon shahrida mashg'ulotlarni olib bordi. Tarkibda katta o'zgarishlarga ko'l urgan yaypanliklar barcha etakchi va legionerlarga javob berib yubordi va ikkinchi davrada yoshlarga tayanishga qaror qildi. Balki kechdir, lekin o'ynamayotgan yoshlar uchun bu ayni payti va imkoniyati. Hali "Turon" Superligadan butunlay umidni uzmagan va kichik imkoniyatdan foydalanishga urinib ko'radi. Aynan bugungi bahs burilish nuqtasiga aylanadi. 

"Rubin" – "Turon" 3:0

Gollar: Famaye, Daku (dubl)

Ketganlar: Anri CHichinadze, Nikola Kumburovich, Zakariya Beglarashvili, Milan Boyovich, Dushan Stoilkovich, Azim Ahmedov, Bilolxon Toshmirzaev, Sardor Abduraimov, SHohnazar Norbekov, Humoyun Murtozaev, Quvondiq Ro'ziev

Kelganlar: Fayzullo Jumanqo'ziev, Azizbek Xolmurodov, Javohir Alijonov, Nodirbek Mukarov, Abubakir Ashurov, SHahzodbek Rahmatullaev, SHohmalik Komilov, Sardor Xursandov, Akbarjon Abdirasulov, Abdurahim Saydullaev, Ravshan Xayrullaev

Turnir jadvalidagi holat 

Ayni paytda ikki jamoa turnir jadvalida yonma-yon bormoqda. Ochkolar o'rtasidagi tafovut 1 ochkoni tashkil qilmoqda, xolos. Bu degani "Turon" bugun g'alaba qozongan taqdirda "Buxoro"ni jadval finishiga ravona qiladi. Boz ustiga "So'g'diyona"da ishlari yurishmagan Yorqin Nazarov "Turon"dagi mahalliy yigitlar bilan nimalarga qodirligini, Jizzaxdagi natijalar tasodifligini isbotlashi shart. "Buxoro"ni esa g'alabadan boshqa natija qutqara olmaydi. Uch ochko qo'lga kiritish bilan birga "Qizilqum"ning mag'lubiyatini kutishga majbur. SHunda ham jamoa jadvalda o'z o'rnida qoladi. Intriga keyingi turlarda ham davom etadi, buni qarangki "Buxoro" 15-turda "Qizilqum"ni qabul qilar ekan. "Turon" esa "Nasaf"ni mehmon qiladi. Bugun ikki jamoa uchun g'alabadan boshqa natija qoniqarsiz bo'lishi shubhasiz. 

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика