So’nggi yangiliklar

10:22АS. "Реал" АПЛдан футболчи олиб келишни режа қилмоқда  2 09:53ПСЖ "Манчестер Сити"нинг илк таклифини қабул қилмади  0 09:25"Нефтчи" икки нафар бразилиялик билан шартнома имзолади  3 08:54EЧЛ гуруҳ босқичини ҳал қилган "Қайрат" қанча ишлаб олди?  6 08:26EЧЛнинг 32 та жамоаси маълум  3 07:53"Қайрат" бош мураббийи тарихий натижадан сўнг нималар деди?  0 07:40Ўзбекистон Кубоги. "Пахтакор" — "Машъал" 3:1  1 07:32Ўзбекистон кубоги. Бугун яна иккита ярим финалчи аниқланади  3 02:06Биринчи лига. "Пахтакор-Фарм"дан 9:1, "ТерДУ"дан 8:1, пойтахт дербисида дуранг ва бошқа натижалар  0 02:05ЕЧЛ. "Буде Глимт" ва Кипр клуби лига босқичига йўлланмани қўлга киритди  0 01:56U21 биринчилиги. Пешқадам "Навбаҳор" йирик ҳисобда ютқазди, Андижонда голлар шоуси ва бошқа натижалар  0 01:01Камолиддин Тожиев: "Пахтакор ўз олдига доим олий мақсадни қўяди. Кубок ва Суперлигада охиргача курашамиз"  6 00:29Тарих яратилди! "Қайрат" пенальтилар сериясида "Селтик"ни мағлубиятга учратиб ЕЧЛ лига босқичига йўл олди!  42 00:14Отабек Нарзуллаев: "Мақсадимиз кубок финали эди. Энди бор эътиборимиз Суперлигага қаратилади"  2 23:55"Ювентус" Влаховични Салемакерсга алмаштирмоқчи. "Милан" ушбу келишувга рози бўлиши мумкин  3

Prevyu. "Real" - "Yuventus" Yangiliklar

Prevyu. "Real" - "Yuventus"

"Yuventus"ga qarshi CHemionlar ligasi yarim final javob uchrashuvidan oldin Karlo Anchelotti "Real" ushbu turnirda ketma-ket ikki marta g'alaba qozonib tarixga kirmoqchi ekanligini takidladi.

• Bir hafta oldin "Yuve" Turinda 2:1 hisobida g'alaba qozondi

• Karlo Anchelottining so'zlariga ko'ra, Karim Benzema o'yinga 100% tayyor

• "Real" "Santyago Bernabeu"dagi oldingi 52ta uchrashuvda hech bo'lmasa raqib darvozasiga bitta gol urgan

• Iker Kasilyas CHempionlar ligasida o'zining 150 uchrashuvini o'tkazishi mumkin

• Turinliklar mehmondagi 24ta uchrashuvda bor-yo'g'i 12ta gol o'tkazib yuborgan




Tahminiy tarkiblar:


"Real": Kasilyas; Karvaxal, Ramos, Pepe, Marselo; Xames Rodriges, Kroos, Isko; Beyl, Benzema, Ronaldu.

• O'ynamaydi: Modrich (jarohat), Xedira (jarohat)


"Yuventus": Buffon; Lixtshtayner, Bonuchchi, Kellini, Evra; Pogba, Pirlo, Markizio, Vidal; Morata, Teves.

• O'ynamaydi: Asamoa (jarohat), Kaseres (jarohat), Marrone (jarohat), Romulo (jarohat)


"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti:


"Biz ketma-ket ikkinchi marta finalda ishtirok etishga yaqinmiz. Bundan tashqari, ushbu turnirni ketma-ket ikki marta qo'lga kiritgan birinchi jamoaga aylanishimiz mumkin.

Ha, vazifa oson emas, ammo buni bajarish uchun bor kuchimizni ishga solamiz. Sovuqqonlikni saqlab, o'zimizga muammo tug'dirmasligimiz lozim. "Yuventus"ning o'z o'yin uslubi bor va ular bundan voz kechadi deb o'ylamayman.


Benzema 100% tayyor va ilk daqiqalardan maydonga chiqishi mumkin. U jamoamizni yanada kuchliroq qilishi mumkin, ammo Karim so'nggi uchrashuvlarda maydonga tushgani yo'q va bu meni havotirga solyapti. Ramosga keladigan bo'lsak, u yana yarim himoyada o'ynashi mumkin.

Bu o'yin juda muhim ekanligini xatto muxlislar ham his qilib turibdi va ertaga tunda bir tanu-jon bo'lishimiz kerak. Asosiysi ahmoqona xatolarga yo'l qo'ymay, o'z imkoniyatlarimizdan unumli foydalanishimiz kerak".


"Yuventus" bosh murabbiyi Massimiliano Allegri:


"Himoyadagi o'yinni o'zgartirmaymiz. Bu uchrashuv juda tomoshabop bo'ladi. Birinchi o'yinga nisbatan katta o'zgartirishlar qilmaymiz. Sovuqqonlikni saqlashimiz kerak. Bu bizga yaxshiroq o'ynash uchun kerak bo'ladi. O'yin gollarsiz yakunlanishi juda qiyin. Bunday darajadagi bahslarda o'ynasang, faqat himoya haqida o'ylay olmaysan. Biz iloji boricha ko'proq to'pga egalik qilishimiz kerak.

Berlinda 90 daqiqa uzoqlikda turibmiz. Hech kim bizdan bunday natijani kutmagan. Bugun uxlayman, ammo ertaga uxlay olmasam kerak.

Pol Pogbaning ahvoli yaxshi va ertaga asosiy tarkibda maydonga chiqishi mumkin. Karlos Teves bu mavsum yaxshi o'ynayapti va CHempionlar ligasida bir nechta muhim gollarga mualliflik qildi.


Alvaro Morata o'syapti. Mavsum boshida bir oy jarohatini davoladi, ammo keyinroq hujumchi o'z kuchini ko'rsatib qo'ydi. O'ylashimcha, u o'sishda davom etadi.

Bu CHempionlar ligasi yarim finali va masuliyat yukini xis qilyamiz. Jamoamizni noodatiy o'yin kutib turibdi. Bu bosqchigacha etib kelganimizdan juda xursandman. Ertaga kerakli natijaga erishib, final yo'llanmasini qo'lga kiritamiz deb o'ylayman.

Statistika - bu shunchaki statistika. Biz esa 90 daqiqa o'ynashimiz kerak. Madridliklar g'alaba qozonishni istyapti, ammo ular ehtiyotkorlik bilan harakat qilishadi. Biz o'z o'yinimizda hech narsani o'zgartirmaymiz. Raqib boshlang'ich tarkibida doimo 5 nafar hujumkor o'yinchi bo'ladi, shu sabab xatosiz o'ynashimiz lozim".




Jamoalarning so'nggi uchrashuvlari:

"Real" - "Valensiya" 2:2 (Pepe 56, Isko 84; Alkaser 19, Fuego 26)

"Yuventus" - "Kalyari" 1:1 (Pogba 45; Rossettini 85)


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика