So’nggi yangiliklar

01:50Дерби олдидан "Манчестер Сити"нинг 4 футболчиси сафга қайтди  2 01:08Жанлуижжи Доннарумма: "Пеп мени жамоасида кўришни истаётганини айтди. Бу мени ғурурлантирди"  1 00:46Расман: Онана - "Трабзонспор" дарвозабони!  18 00:15"Вест Хэм" дербидан олдин мухлисларга тақиқ қўйди  0 23:44Доннарумма "Манчестер Сити"да қайси рақамда ўйнайди?  1 23:29"Реал" "Ливерпуль" марказий ҳимоячисини текинга қўлга киритмоқчи  0 22:57"Атлетик" "Ал Насср" футболчисини рўйхатдан ўтказди  0 22:32УЕФА 2026/27 мавсумидаги еврокубоклар финаллари ўтадиган стадионларни эълон қилди  2 22:16Отабек Нарзуллаев: "Бу мавсум давомидаги энг муҳим учрашувлардан бири бўлди"  0 21:45Элдор Мойлиев: "Футболда ютган жамоага юқори баҳо қўйилади"  2 21:18"Бунёдкор" стадионини ўз ҳолатига қайтариш ишлари бошланди  22 20:49Рональдиньонинг ўғли Чемпионшип жамоасида ўйнайди  6 20:22Суперлига. "Машъал" Ғузорда "Шўртан"дан устун келди  7 19:53Виктор Гёкереш – Португалия чемпионатида мавсумнинг энг яхши футболчиси  0 19:24"Арсенал" икки етакчиси билан шартномани узайтирмоқчи  3

PREVYU. "Qizilqum" - "Lokomotiv" Yangiliklar

PREVYU. "Qizilqum" - "Lokomotiv"

Oliy liganing 21-turida "Qizilqum" Navoiyda "Lokomotiv"ni qabul qiladi.
Qizilqum – Lokomotiv
26 sentyabr 2014 yil. Navoiy. “Yoshlik SM” stadioni. 18:00
Hakamlar:
R.Ermatov, A.Rasulov, J.Saidov, SH.Ro'ziqulov
Nazoratchi: B.Galeev.

Bu ikki klubning yo'llari oliy liga o'yinlarida 19 bor kesishgan. Natijalar “Loko”ning ustunligini ko'rsatmoqda. “Temiryo'lchilar” 8 marta g'alabaga erishishgan, 7ta o'yinda “Qizilqum” zafar quchgan. Yana 4ta bahsda g'olib aniqlanmagan. To'plar nisbati esa “Lokomotiv” foydasiga. Toshkentliklar shu kunga qadar o'zaro o'yinlarda 25ta gol kiritib o'z darvozalaridan 16 marta to'p olib chiqishgan. O'zaro o'inlarda “Lokomotiv” 28, “Qizilqum” 25 ochkoni qo'lga kiritgan.

“Lokomotiv” oliy ligada “Qizilqum” ustidan 5:0 hisobida g'alaba qozongan. Bu o'zaro o'yinlardagi poytaxtliklarning eng yirik g'alabasi hisoblanadi. “Qizilqum”ning o'zaro o'yinlardagi erishgan eng yirik g'alabasi esa 3:1ga teng.

Dastlabki davrada Toshkentda kechgan o'yinda tomoshabinlar 5ta gol ko'rishgan. Dastlab navoiyliklar vakili Ruslan Vagapov hisobni ochgandi. SHundan so'ng “Lokomotiv” vakillari to'rtta gol urishdi. Ivan Nagaev, Ibrohim Rahimov, Sadriddin Abdullaev va Ilhom Suyunov mehmonlar darvozasini ishg'ol qilgandi – 4:1.  

“Qizilqum” maydonida bo'lib o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
26.08.2013 Qizilqum - Lokomotiv 1:0
08.08.2012 Qizilqum - Lokomotiv 1:1
03.04.2010 Qizilqum - Lokomotiv 0:1
29.06.2009 Qizilqum - Lokomotiv 1:0
05.07.2008 Qizilqum - Lokomotiv 1:0

O'zaro o'yinlar haqida fakt: “Qizilqum” maydonida bo'lib o'tgan 9ta o'yinning 5tasida maydon egalari uch ochkoga ega bo'lishgan. Uch marta durang qayd etilgan. “Lokomotiv” faqat bir bora safardan g'olib sifatida qaytgan.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика