So’nggi yangiliklar

12:16"Бавария" ноябрда 3 асосий ўйинчиси сафга қайтишидан умидвор  0 11:45"Сўғдиёна" 6 йилдан буён Жиззахда ОКМКни ютолмаяпти  2 11:21Про лига. 14-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди  0 10:52"Ливерпуль" Салоҳга ўринбосар сифатида кўраётган футболчисига 100 миллион евро тўлашга тайёр  3 10:44"Сурхон" Наманганда нечта ғалабага эришганини биласизми?   3 10:21Антони Марсьяль фаолиятини Мексикада давом эттиради  2 09:502026 йилги УEФА Суперкубоги қайси стадионда бўлиб ўтиши маълум  0 09:18"Рома"нинг собиқ устози Эронни бошқариши мумкин  16 08:43Sofascore. "Бани Яс" мағлуб бўлди. Мозговой неча баҳо олди?  1 08:10Файзуллаевнинг трансфери иккинчи бўлди  3 07:35Суперлига. Бугун Жиззахда ва Наманганда ўйинлар бор  4 06:35Суперлига. "Машъал" — "Шўртан" 2:1   0 01:50Дерби олдидан "Манчестер Сити"нинг 4 футболчиси сафга қайтди  6 01:08Жанлуижжи Доннарумма: "Пеп мени жамоасида кўришни истаётганини айтди. Бу мени ғурурлантирди"  2 00:46Расман: Онана - "Трабзонспор" дарвозабони!  24

Prevyu: “Paxtakor” – “SHabab Al Ahli” Yangiliklar

Prevyu: “Paxtakor” – “SHabab Al Ahli”

10 fevral kuni CHempionlar ligasidagi o'yin bilan jamoamiz 2020 yilgi mavsumni boshlaydi.

Ketma-ket uchinchi mavsum “Paxtakor” mavsumni xalqaro maydondagi ishtiroki bilan boshlab beradi. Ilk o'yin bu safar BAAning eng kuchli jamoalaridan biri, ayni paytda o'z chempionatida ishonch bilan peshqadamlik qilayotgan “SHabab Al Ahli” jamoasiga qarshi bo'lib o'tadi. Dubay shahrining ushbu klubi oxirgi yillarda mavqeini mustahkamlab, sovrinlarni qo'lga kiritib kelmoqda.

“Paxtakor” mazkur o'yinga tayyorgarlik doirasida Toshkent va BAAning Abu Dabi amirligida o'tgan yig'in, shuningdek, nazorat uchrashuvlari o'tkazdi. BAAdagi yig'inda “Rostov” (1:1), “Jilina” (0:0) va “Suvon Samsung” (1:0) bilan bellashuvlar tashkil etildi. “SHabab Al Ahli” esa BAA chempionati uchrashuvlarida maydonga tushdi.

“SHerlar” bu raqibga qarshi 6 uchrashuvda maydonga tushgan. Ulardan ikkitasi “SHabab” va to'rttasi “Ahli”ga qarshi o'tkazilgan. Hozirgi jamoa ushbu klublar, shuningdek, “Dubay” jamoasi birlashuvidan tashkil topgan. “SHabab” bilan 1:0 va 1:2 hisoblari qayd etilgan. “Ahli” esa 3:2, 1:0, 2:1 va 2:0 hisoblarida dog'da qoldirilgan. Demak, umumiy hisobda 6 bahsdan 5tasida "Paxtakor" ustun kelgan. Raqib darvozasiga 10 to'p kiritilib, 5 gol o'tkazib yuborilgan.

O'yinni jamoalardan diskvalifikaciya sababli o'tkazib yuborishga majbur futbolchilar mavjud emas.

“Paxtakor” va “SHabab Al Ahli” jamoalari o'rtasidagi bellashuv 10 fevral, dushanba kuni 16:00da “Paxtakor” stadionida boshlanadi. Muhim bahsda "Paxtakor"ni stadionda qo'llab-quvvatlang!

Pakhtakor Tashkent

Jaloliddin Masharipov - 18', Dragan Ceran - 70'

AFC Champions League Grp. B . 1-tur

10/02/2020, 16:00

1
:
2
Tugadi

Shabab Al-Ahli Dubai FC

Pedro Conde - 67'

45'
90'
18'  Jaloliddin Masharipov
56'  Sardor Sabirkhodjaev
61'  Odildzhon Khamrobekov
70'  Dragan Ceran
73'  Igor Sergeev (Eren Derdiyok)
81'  Sherzod Azamov (Anzur Ismailov)
90'  Farrukh Sayfiev (Vladimir Kozak)
42'  Pedro Conde
67'  Pedro Conde
73'  Ismail Al Hamadi (Ahmed Khalil)
74'  Azizjon Ganiev (Harib Abdalla Suhail)
84'  Majed Hassan (Eid Khamis Eid)

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика