So’nggi yangiliklar

01:50Дерби олдидан "Манчестер Сити"нинг 4 футболчиси сафга қайтди  2 01:08Жанлуижжи Доннарумма: "Пеп мени жамоасида кўришни истаётганини айтди. Бу мени ғурурлантирди"  1 00:46Расман: Онана - "Трабзонспор" дарвозабони!  18 00:15"Вест Хэм" дербидан олдин мухлисларга тақиқ қўйди  0 23:44Доннарумма "Манчестер Сити"да қайси рақамда ўйнайди?  1 23:29"Реал" "Ливерпуль" марказий ҳимоячисини текинга қўлга киритмоқчи  0 22:57"Атлетик" "Ал Насср" футболчисини рўйхатдан ўтказди  0 22:32УЕФА 2026/27 мавсумидаги еврокубоклар финаллари ўтадиган стадионларни эълон қилди  2 22:16Отабек Нарзуллаев: "Бу мавсум давомидаги энг муҳим учрашувлардан бири бўлди"  0 21:45Элдор Мойлиев: "Футболда ютган жамоага юқори баҳо қўйилади"  2 21:18"Бунёдкор" стадионини ўз ҳолатига қайтариш ишлари бошланди  22 20:49Рональдиньонинг ўғли Чемпионшип жамоасида ўйнайди  4 20:22Суперлига. "Машъал" Ғузорда "Шўртан"дан устун келди  7 19:53Виктор Гёкереш – Португалия чемпионатида мавсумнинг энг яхши футболчиси  0 19:24"Арсенал" икки етакчиси билан шартномани узайтирмоқчи  3

PREVYU. "Olmaliq" - "Neftchi" Yangiliklar

PREVYU. "Olmaliq" - "Neftchi"

Igor SHkvirin boshchiligidagi "Olmaliq" o'z uyida Murod Ismoilov ustozlik qilayotgan "Neftchi"ni qabul qiladi.
Olmaliq – Neftchi
26 sentyabr 2014 yil. Olmaliq. “OKMK” stadioni. 17:30
Hakamlar:
D.Pislegin, X.SHodmonov, B.Norsafarov, D.Karimov
Nazoratchi: D.Roman.

“Olmaliq” va “Neftchi” oliy ligada 13 marta to'qnash kelishgan. Ushbu o'yinlardan 8tasida farg'onaliklar g'olib bo'lishgan. 2ta o'yin durang hisobida yakunlangan, “Olmaliq” hisobida 3ta g'alaba mavjud.

“Neftchi” shu kungacha o'zaro o'yinlarda “Olmaliq” darvozasiga 26ta to'p kiritgan, Toshkent viloyati klubi esa “Neftchi” darvozasiga 12ta gol urgan. “Olmaliq”  o'zaro o'yinlarda 11 ochko ishlab olgan bo'lsa, “Neftchi” 26 ochkoni qo'lga kiritgan. “Neftchi”ning oliy ligada “Olmaliq” ustidan erishgan eng yirik g'alabasi 4:0 ni tashkil qiladi. “Olmaliq”ning yirik g'alabasi esa 3:1.
 
Birinchi davrada vodiyda bo'lib o'tgan o'yinda uchta gol urilgan. Uning dastlabkisini Nosir Otaqo'ziev mehmonlar darvozasiga urgan. Bunga ikkinchi bo'lim boshida Diyor Turopov o'z goli bilan javob bergandi. Uchrashuvdagi so'nggi golni “Neftchi” hujumchisi Ro'zimboy Ahmedov “Olmaliq” darvozasiga urgandi – 2:1.

Olmaliqda o'tgan barcha uchrashuvlar:
25.05.2013 Olmaliq - Neftchi 3:1
15.03.2012 Olmaliq - Neftchi 0:0
05.03.2011 Olmaliq - Neftchi 2:1
26.10.2010 Olmaliq - Neftchi 0:1
16.04.2009 Olmaliq - Neftchi 1:0
25.06.2008 Olmaliq - Neftchi 0:0

O'zaro o'yinlar haqida fakt: Olmaliqda bu jamoalar o'rtasidagi uchta o'yinda Igor SHkvirin shogirdlari g'alaba qozonishgan. Farg'onaliklar faqat bir marta ushbu jamoa maydonidan g'alaba bilan vodiyga qaytishgan. Qolgan ikki bahsda g'olibni aniqlashning imkoni bo'lmagan. So'nggi uch yilda “Neftchi” Olmaliqda g'alaba qozona olmagan.  
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика