So’nggi yangiliklar

08:10Файзуллаевнинг трансфери иккинчи бўлди  2 07:35Суперлига. Бугун Жиззахда ва Наманганда ўйинлар бор  2 06:35Суперлига. "Машъал" — "Шўртан" 2:1   0 01:50Дерби олдидан "Манчестер Сити"нинг 4 футболчиси сафга қайтди  4 01:08Жанлуижжи Доннарумма: "Пеп мени жамоасида кўришни истаётганини айтди. Бу мени ғурурлантирди"  2 00:46Расман: Онана - "Трабзонспор" дарвозабони!  20 00:15"Вест Хэм" дербидан олдин мухлисларга тақиқ қўйди  0 23:44Доннарумма "Манчестер Сити"да қайси рақамда ўйнайди?  2 23:29"Реал" "Ливерпуль" марказий ҳимоячисини текинга қўлга киритмоқчи  1 22:57"Атлетик" "Ал Насср" футболчисини рўйхатдан ўтказди  0 22:32УЕФА 2026/27 мавсумидаги еврокубоклар финаллари ўтадиган стадионларни эълон қилди  2 22:16Отабек Нарзуллаев: "Бу мавсум давомидаги энг муҳим учрашувлардан бири бўлди"  0 21:45Элдор Мойлиев: "Футболда ютган жамоага юқори баҳо қўйилади"  2 21:18"Бунёдкор" стадионини ўз ҳолатига қайтариш ишлари бошланди  22 20:49Рональдиньонинг ўғли Чемпионшип жамоасида ўйнайди  6

Prevyu. "Neftchi" - "Olmaliq" Yangiliklar

Prevyu. "Neftchi" - "Olmaliq"

Oliy liganing 8-turida "Neftchi" o'z uyida "Olmaliq"ni qabul qiladi.
Neftchi (Farg'ona) – Olmaliq (Olmaliq)
16 may. Farg'ona. "Neftchi SK" stadioni. 17:00
Hakamlar:
R. Ermatov (Toshkent), A. Rasulov (Toshkent), J. Saidov (Toshkent), A. Ergashev (Toshkent)
Nazoratchi: A. Hotamov (Toshkent).

“Neftchi” va “Olmaliq” oliy ligada 12 marta to'qnash kelishgan. Ushbu o'yinlardan 7tasida farg'onaliklar g'olib bo'lishgan. 2ta o'yin durang hisobida yakunlangan, “Olmaliq” hisobida 3ta g'alaba mavjud.

“Neftchi” shu kungacha o'zaro o'yinlarda “Olmaliq” darvozasiga 24ta to'p kiritgan, Toshkent viloyati klubi esa “Neftchi” darvozasiga 11ta gol urgan. “Olmaliq”  o'zaro o'yinlarda 11 ochko ishlab olgan bo'lsa, “Neftchi” 23 ochkoni qo'lga kiritgan. “Neftchi”ning oliy ligada “Olmaliq” ustidan erishgan eng yirik g'alabasi 4:0 ni tashkil qiladi. “Olmaliq”ning yirik g'alabasi esa 3:1.
 
O'tgan yil har ikkala jamoa o'z maydonidagi bahsda g'olib chiqqan. Olmaliqdagi uchrashuvda mezbonlar Evgeniy Gogol va Sanjar SHoahmedov (2ta) tomonidan urilgan gollar evaziga g'alaba qozonishgan. Hozirda “Olmaliq”da o'ynayotgan SHezod Hakimov yagona javob to'pini kiritgandi – 3:1. Farg'onada tashkil etilgan uchrashuvda “Neftchi” yirik g'alabaga erishgan. G'ulom O'runov, Nosir Otaqo'ziev, Mirzakamol Kamolov va Sardor Mirzaevning gollariga “Olmaliq” umuman javob bera olmagan – 4:0.

Farg'onada o'tgan barcha uchrashuvlar:
14.09.2013 Neftchi - Olmaliq 4:0
21.11.2012 Neftchi - Olmaliq 4:2
05.11.2011 Neftchi - Olmaliq 4:1
20.03.2010 Neftchi - Olmaliq 3:0
10.10.2009 Neftchi - Olmaliq 2:1
28.08.2008 Neftchi - Olmaliq 4:1

O'zaro o'yinlar haqida fakt: Farg'onada bu jamoalar o'rtasidagi barcha o'yinlarda “Neftchi” g'alaba qozongan. “Olmaliq” bugunga qadar Farg'onada bir ochko ham ololmagan. Oxirgi uch yilda “Neftchi” o'z mayida Igor SHkvirin shogirdlari darvozasiga 4tadan gol urgan.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика