So’nggi yangiliklar

14:29Қирғиз Республикаси терма жамоаси CAFA мусобақаси учун таркибини эълон қилди  0 14:16Лутфулла Тўраев "Бунёдкор"га қайтди  2 13:52"Жиззахда Абрамов, Ғузорда Лушчан жамоасининг имконияти юқори" — Павел Соломин   1 13:2944 ёшли дарвозабон жаҳон рекордини янгилади  1 12:46"Осасуна" мураббийи "Реал"га қарши баҳсдаги четлатиш ҳақида: "Бу мен учун қизил карточка эмас"  14 12:35Ўмон терма жамоаси CAFA турнири учун таркибини эълон қилди  2 12:08Собиқ ҳакам: "Мбаппе билан боғлиқ вазиятда пенальти йўқ эди"  21 11:36"Навбаҳор" охирги маротаба Ғузорда қачон ғалаба қозонган?  4 10:50Гвардиола келажаги ҳақида фикр билдирди  7 10:21ПСЖ ва "Атлетико" япониялик футболчи учун курашмоқда  1 09:52"Тоттенхэм" Англия терма жамоаси аъзосининг транферини якунлади  3 09:23Моуринью нима учун ўзини дунёнинг энг яхши мураббийларидан бири деб билишини тушунтирди  15 08:54"Ньюкасл" Исак бўйича расмий баёнот берди  3 08:25Муҳаммад Салоҳ тарихий натижа қайд этди  4 07:56ЦСКА тасдиқлади  16

PREVYU. NAVBAHOR - BUXORO Yangiliklar

PREVYU. NAVBAHOR - BUXORO

Oliy liganing 15-turida "Navbahor" klubi o'z maydonida "Buxoro" klubi bilan kuch sinashadi.
Navbahor (Namangan) – Buxoro (Buxoro)
10 avgust. Namangan. “Barkamol avlod” stadioni
Hakamlar:
H. Ro'ziev (Toshkent), A. Usmonov (Toshkent), T. Gaynulin (Toshkent), A. Rahimov (Andijon)
Nazoratchi: A. Arutyunov (Toshkent).

Bu ikki klubning yo'llari oliy liga o'yinlarida 43 bor kesishgan. Ustunlik “Navbahor” tomonida. 43 o'yindan 22tasida vodiyliklarning qo'li baland kelgan bo'lsa, 14ta uchrashuvda “Buxoro” g'olib bo'lgan. Yana 7 uchrashuvda g'olib aniqlanmagan. To'plar nisbati ham “lochinlar” foydasiga. Namanganliklar shu kunga qadar o'zaro o'yinlarda 79ta to'p kiritib o'z darvozalaridan 50 marta to'p olib chiqishgan. O'zaro o'ynlarda “Navbahor” 73 ochkoni, “Buxoro” esa 49 ochkoni qo'lga kiritgan.

“Navbahor” oliy ligada “Buxoro” ustidan 6:1 hisobida g'alaba qozongan. Bu o'zaro o'yinlardagi namanganliklarning eng yirik g'alabasidir. “Buxoro”ning o'zaro o'yinlardagi “Navbahor” ustidan erishgan eng yirik g'alabasi 3:0 bo'lib turibdi.

Dastlabki davrada Vobkentda tashkil etilgan bahsda mehmonlar zafar quchishgan. Elyor Jahonov birinchi bo'limda, Baxtiyor Yoqubov esa ikkinchi bo'limda “Buxoro” darvozasiga gol urishgan – 0:2.

“Navbahor” maydonida o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
14.09.2013 Navbahor - Buxoro 2:3
28.04.2012 Navbahor - Buxoro 1:1
10.06.2011 Navbahor - Buxoro 1:0
23.03.2009 Navbahor - Buxoro 1:1
02.11.2008 Navbahor - Buxoro 0:1

O'zaro o'yinlar haqida fakt: Vodiyda bo'lib o'tgan 21ta o'yinning 15tasida mezbonlar, 3tasida mehmonlar g'olib bo'lishgan. 3ta uchrashuvda g'olib aniqlanmagan. Oxirgi ikki o'yinda “Navbahor” o'z uyida ushbu raqibni mag'lub eta olmagan.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика