So’nggi yangiliklar

09:23"Реал" футболчиси Африка Миллатлар Кубогида рекорд ўрнатди  0 08:57"Манчестер Сити" "Рома"дан ҳимоячи олиб келмоқчи  0 08:41Расман. Шаҳбоз Умаров "Бунёдкор" футболчиси  1 08:30"Машъал" етакчиларидан бири фаолиятини Тошкентда давом эттиради  2 07:59Скалони Мессининг 2026 йилги Жаҳон чемпионатида иштирок этиши ҳақида: У ўзи қабул қилиши керак бўлган қарорни қабул қилсин  1 07:29U-23 Осиё кубоги. Бугун Эронга қарши ўйнаймиз  4 02:37Саудия Арабистони. "Ал Иттиҳод"дан йирик ғалаба, Бенземадан хет-трик!  0 02:30Бундеслига. Франкфуртда "отишма": "Айнтрахт" - "Боруссия" Д учрашувида 6 та гол урилди  0 02:02Африка Миллатлар кубоги. Марокаш ярим финалда!  1 01:25"Ювентус" "Манчестер Сити" футболчисини текинга қўлга киритмоқчи  2 00:47Испания Суперкубоги финалини ким бошқаради?  2 00:20Майкл Оуэн: "Муҳим ўйинларда Гёкерешга маҳорат етишмаяпти"  2 23:55А Сериянинг декабрь ойидаги энг яхши мураббийи маълум қилинди  0 23:23Сульшер МЮга қайтса, қанча маош олади?  0 23:05Африка Миллатлар кубогидаги илк ярим финалчи маълум!  1

PREVYU. "Nasaf" va "Navbahor" boshlab bergan tantanani "Paxtakor" Toshkentda davom ettiradimi? Yangiliklar

PREVYU. "Nasaf" va "Navbahor" boshlab bergan tantanani "Paxtakor" Toshkentda davom ettiradimi?

Bu olamda ilojsiz ish yo'qligini va har qanday jamoaga qarshi o'ynab ochko olish mumkinligini "Navbahor" isbotladi. "Nasaf" esa Iordaniyadan ortga g'alaba shukuhi bilan qaytdi. Sizningcha bu bilan hammasi to'xtadimi?

Yo'q, O'zbekistonning amaldagi chempioni, OCHLda uchrashuvlar o'tkazish bo'yicha rekordchisi "Paxtakor" katta yo'lga chiqmoqda. Bu yo'l bir qancha to'siqlardan iborat. Yo'lingga g'ov bo'lganlarni esa sen yanchib tashlab, oldinga intilishda davom etishing kerak. "SHerlar"ning ilk raqibi notanish bo'lmagan "Al Ayn" jamoasi.  

Pakhtakor Tashkent

AFC Champions League Grp. A . 1-tur

19/09/2023, 20:00

3
:
0
Tugadi

Al-Ain

Kodjo Laba - 11', Khalid Al Baloushi - 25', Kodjo Laba - 66'

45'
90'
46'  Dostonbek Tursunov (Shahzod Azmiddinov)
59'  Diyor Kholmatov (Pulatkhoja Kholdorkhonov)
62'  Shahzod Azmiddinov
68'  Khoziakbar Alidzhanov
72'  Azizbek Turgunbaev (Dilshod Saitov)
81'  Pulatkhoja Kholdorkhonov
82'  Sardor Sabirkhodjaev (Bekhruz Askarov)
88'  Przemyslaw Banaszak
11'  Kodjo Laba
11'  Bandar Al Ahbabi
25'  Khalid Al Baloushi
25'  Kodjo Laba
43'  Kouame Autonne
46'  Khalid Al Baloushi (Mohammed Al Baloushi)
62'  Mohammed Al Baloushi
64'  Yahia Nader (Falah Waleed)
66'  Kodjo Laba
66'  Yong-Woo Park
80'  Yong-Woo Park
81'  Soufiane Rahimi (Ahmed Barman)
81'  Kodjo Laba (Eisa Khalfan)
84'  Bandar Al Ahbabi
90'  Ahmed Barman
90'  Kaku (Hazem Mohammad)

Jamoalarning OCHLdagi ishtirokiga nazar

"Paxtakor" bu borada ikki marotaba yarim final marrasigacha etib kelgan. 2002/2003 yilgi mavsumda "BEK Tero Sasana" finalga chiqishga yo'l qo'ymagan bo'lsa, 2004 yil "Seognam" "sherlar"ni to'xtatgan. "Al Ayn" musobaqa yangi nom olgan OCHLning ilk mavsumida bosh sovringa ega chiqqan. SHuningdek, amirliklar 2005 va 2016 yil finalda mag'lubiyatga uchragan.  

O'zaro o'yinlar va o'zbek klublarining "Al Ayn"ga qarshi natijalari

Ushbu jamoaga qarshi "SHerlar" 4 marta to'qnash kelishgan. 2010 yil Al Aynda 1:0, Toshkentda 3:2 hisobida g'alabaga erishilgan. Odil Ahmedov Osiyo CHempionlar ligasida xet-trik qayd etgan tarixdagi birinchi o'zbekistonlik futbolchi hisoblanadi. U buni aynan "Al Ayn" bilan uchrashuvda amalga oshirgan. 2015 yil esa Toshkentda raqib 1:0 hisobida zafar quchgan bo'lsa, mehmonda 1:1 natijasi qayd etilgan. O'zbek klublaridan faqat "Paxtakor" "Al Ayn"ni mag'lub etishning uddasidan chiqqan. 

SHu kungacha mamlakatimizdan 5ta jamoa "Al Ayn" bilan kuch sinashgan. "Mashal", "Paxtakor", "Nasaf", "Lokomotiv", "Bunyodkor" o'z imkoniyatlarini sinab ko'rgan. Bu bahslarda yurtimiz sharafini himoya qilayotgan jamoalar 2 bor g'alaba qozongan, 4ta durang qayd etgan, 7 bor  mag'lub bo'lgan.

O'zbek klublaridan so'nggi bor "Bunyodkor" 2020 yil pley-off doirasida "Al Ayn"ga qarshi o'ynagan va 0:1 hisobida mag'lub bo'lgan. 


Quyida barcha o'yinlar natijalari bilan tanishishingiz mumkin. 

22 mart 2006

"Mashal" - "Al Ayn" 1–1  

17 may 2006

"Al Ayn" - "Mashal" 2-1


24 fevral 2010

"Al Ayn" - "Paxtakor" 0–1  

13 aprel 2010

"Paxtakor" - "Al Ayn" 3–2  


18 mart 2015

"Paxtakor" - "Al Ayn" 0–1

7 aprel 2015

"Al Ayn" - "Paxtakor" 1–1


19 aprel 2016

"Nasaf" - "Al Ayn" 1–1

3 may 2016

"Al Ayn" - "Nasaf" 2–0  


23 avgust 2016

"Al Ayn" - "Lokomotiv" 0–0

13 sentyabr 2016

"Lokomotiv" - "Al Ayn" 0–1


28 fevral 2017

"Bunyodkor"- "Al Ayn" 2:3

8 may 2017

"Al Ayn" - "Bunyodkor" 3:0


28 yanvar 2020

"Al Ayn" - "Bunyodkor" 1:0


So'nggi uchrashuv

OCHL. 4-tur. "B" guruhi

“AL AYN” – “PAXTAKOR” 1:1

7 aprel 2015. Dubay. “Xazza Bin Zayd” stadioni. 20:15

Hakamlar: Fahad Jobir Al Marri (Qatar), Saud Ahmad Al Maqaleh (Qatar), Yosir Tulefat (Bahrayn), Ali Reda (Livan)

Nazoratchi: Halil Al Gamdi (Saudiya Arabistoni)

Uchrashuv komissari: Vinsent Yuen (Gonkong)

Gollar: Kembo Ekoko 19, - 1:0 (Rashid Eysa) - Igor Sergeev 45+1, - 1:1 (Merzlyakov).

"Al Ayn": 17.Xolid Eysa, 5.Ismoil Ahmad, 8.Rashid Eysa (11.Said Al Xatiri, 70), 9.Jires Kembo Ekoko, 10.Umar Abdulrahmon, 16.Muhammad Abdulrahmon (18.Diaki Ibrohim, 75), 19.Muhanad Salim, 20.Hilol Said, 23.Muhammad Ahmad G'arib, 29.Li Myung Ju, 50.Muhammad Fayoz.

Zaxira: 15.Xolid Abdulrahmon, 21.Favzi Fayoz, 22.Mahmud Al Tenaji, 43.Rayan Yaslam Al Jaberi, 44.Faris Juma.

"Paxtakor": 12.Aleksandr Lobanov, 2.Egor Krimec, 7.Kaxi Maxaradze (5.Akbar Ismatullaev, 88), 8.SHerzod Karimov, 10.Jamshid Iskanderov, 11.Igor Sergeev (9.Jaloliddin Masharipov, 60), 15.Javohir Sohibov, 23.Aleksandr Merzlyakov, 24.Davronbek Hoshimov, 28.Stanislav Andreev (18.Bahodir Pardaev, 74), 29.Vladimir Kozak.

Zaxira: 1.Nikita Ribkin, 4.Adnan Oraxovac, 6.Murod Xolmuhammedov, 16.Navro'zbek Alimov.

Ogohlantirishlar: Ismoil Ahmad 5, Kembo Ekoko 76 - Kozak 56

Zayniddin Tojiev "qirol sher"

Hozirga qadar Zayniddin Tojiev ushbu turnirda "SHerlar" safida eng ko'p gol muallifiga aylangan - 13ta. Igor Sergeev hisobida esa 12 gol mavjud. Anvar Soliev 9, Server Jeparov 8, Leonid Koshelev, Odil Ahmedov va Dragan CHeran hisobiga esa 7tadan to'p yozilgan. Quyida ushbu musobaqada "Paxtakor" uchun 3 va undan ko'p gol urgan futbolchilar ro'yxati bilan tanishing.

13 - Zayniddin Tojiev

12 - Igor Sergeev

9 - Anvar Soliev

8 - Server Jeparov

7 - Leonid Koshelev, Odil Ahmedov, Dragan CHeran

5 - Aleksandr Geynrix

4 - Temurxo'ja Abduxoliqov, Marat Bikmaev, SHerzod Karimov, Jaloliddin Masharipov

3 - Dilshod SHarofetdinov, Stanislav Andreev, Gochguli Gochguliev, Kaxi Maxaradze, Eren Derdiyok.


"Al Ayn" ustozi Kumanning yordamchisi, "Ayaks" sobiq murabbiyi 

Amirlik klubini bugungi kunda niderlandiyalik murabbiy Alfred SHryoder boshqarmoqda. Tajribali mutaxassis "Al Ayn" boshqaruvini qo'lga olgunga qadar "Ayaks", "Xoffenxaym", "Barselona" jamoalarida assistent va bosh murabbiy sifatida faoliyat olib borgan. 2022 yilgi mavsumda esa Belgiyaning "Bryugge" klubi bilan 18-chempionlikni qo'lga kiritgan. Erik Ten Xag, Yulian Nagelsman, Ronald Kuman kabi murabbiylar bilan ishlagani kerakli tajriba borligidan dalolat beradi. O'tgan mavsumda esa "Ayaks" uning qo'l ostida uchinchi o'rinni egalladi. 


Ichki chempionatdagi o'yinlar. "Paxtakor" chempionlik sari, "Al Ayn" esa...

BAA chempionati start olganiga ko'p bo'lmadi va jamoalar endigina 2ta uchrashuv o'tkazishga ulgurdi. "Al Ayn" 6 ochko bilan ikkinchi o'rinda ketmoqda. BAA Liga kubogida ham jamoa muvaffaqiyatli ishtirokini davom ettiryapti.

"Paxtakor" o'zining navbatdagi chempionligiga katta qadam tashlagan. Makskim SHackix shogirdlari Superligadagi so'nggi 4ta uchrashuvning 3tasida g'alaba qozondi, 1ta bahsda durang qayd etdi. Oldinda ularni "So'g'diyona", OKMK va "Andijon" bilan o'yinlar kutib turibdi. 


Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика