So’nggi yangiliklar

15:52Эрон CAFA мусобақасида иштирок этадиган футболчилар рўйхатини эълон қилди  1 15:03Моуринью "Фенербахче" раҳбариятини танқид қилди  2 14:40Чемпионлар лигаси янги мавсумида ўйналадиган тўп намойиш этилди  0 14:25Фламарион дубль қайд этганига қарамай, танаффусда захирага олинганига муносабат билдирди  5 13:45Неъматилло Қутибаев: "Тўғрисини айтаман, "ФарДУ" бизга нисбатан яхшироқ ўйнади"  0 13:37Шавкат Юсупов: "Вазиятлар устида кўпроқ ишлашимиз керак"  1 12:55Аналитика - футбол кўзгуси...  0 12:40Моуринью "Реал" футболчисини олиб келмоқчи. "Фенербахче" "Қироллик клуби" билан боғланди  0 12:10Абдурауф Бўриев кубок финалида қайси клуб билан тўқнаш келишни исташини айтди  2 11:54Бруну Саудия ва Америка клублари таклифларини кўриб чиқади  3 10:48Рубен Аморим: "Менимча, биз ҳали тайёр эмасмиз"  4 10:22АS. "Реал" АПЛдан футболчи олиб келишни режа қилмоқда  4 09:53ПСЖ "Манчестер Сити"нинг илк таклифини қабул қилмади  3 09:25"Нефтчи" икки нафар бразилиялик билан шартнома имзолади  5 08:54EЧЛ гуруҳ босқичини ҳал қилган "Қайрат" қанча ишлаб олди?  8

Prevyu. "Nasaf" - "Metallurg" Yangiliklar

Prevyu. "Nasaf" - "Metallurg"

"Nasaf" bugun Qarshida Bekobodning "Metallurg" jamoasini sinovdan o'tkazadi.

Nasaf (Qarshi) – Metallurg (Bekobod)

15 may. Qarshi. "Markaziy" stadion. 19:00.

Hakamlar: Z. Qodirov (Navoiy), V. Lushin (Guliston), R. Nugmanov (Toshkent), E. Tursunov (Buxoro)
Nazoratchi: A. Popov (Toshkent).


“Nasaf” hamda “Metallurg” oliy ligada 34 bora to'qnash kelishgan. SHulardan 23tasida “ajdarlar” g'olib bo'lishgan, 4ta o'yinda g'olib aniqlanmagan. “Metallurg” hozirga qadar “Nasaf”ni 7 marta mag'lub etgan. To'plar nisbati “Nasaf” foydasiga 63:28 ni tashkil qilmoqda. O'zaro o'inlarda “Nasaf” 73 ochkoni, “Metallurg” esa 25 ochkoni qo'lga kiritgan.

“Nasaf”ning “Metallurg” ustidan qozongan yirik g'alabasi – 7:0ga teng. Bekobod klubi ushbu raqib ustidan qozongan eng yirik g'alabasi esa 3:0 bo'lib turibdi.

O'tgan yil  Qarshidagi bahsda hisob ochilmagan – 0:0. SHu tariqa “Nasaf” o'z maydonida bu raqibni birinchi bor mag'lub eta olmagandi. Bekobodda esa “ajdarlar” mezbonlar darvozasiga javobsiz ikki to'p kiritishgan. Maqsud Karimov va Artur Gevorkyan gol urishgandi – 0:2.

Qarshida bo'lib o'tgan so'nggi besh uchrashuv:

27.04.2014  Nasaf – Metallurg 1:0

04.05.2013  Nasaf – Metallurg 3:1

21.06.2012  Nasaf – Metallurg 1:0

29.05.2011  Nasaf – Metallurg 2:0

01.08.2010  Nasaf – Metallurg 2:0

O'zaro o'yinlar haqida fakt: “Nasaf” Qarshida bu raqib bilan bo'lib o'tgan 16ta o'yinning 15tasida g'olib bo'lgan. Bitta uchrashuvda (2014 yil) Qarshida durang kuzatilgan. Oxirgi 7ta o'yinda “Metallurg” Qarshida “ajdarlar” darvozasiga faqat bitta gol urgan.


Narzulla Saydullaev tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика