So’nggi yangiliklar

14:29Қирғиз Республикаси терма жамоаси CAFA мусобақаси учун таркибини эълон қилди  0 14:16Лутфулла Тўраев "Бунёдкор"га қайтди  2 13:52"Жиззахда Абрамов, Ғузорда Лушчан жамоасининг имконияти юқори" — Павел Соломин   1 13:2944 ёшли дарвозабон жаҳон рекордини янгилади  1 12:46"Осасуна" мураббийи "Реал"га қарши баҳсдаги четлатиш ҳақида: "Бу мен учун қизил карточка эмас"  14 12:35Ўмон терма жамоаси CAFA турнири учун таркибини эълон қилди  2 12:08Собиқ ҳакам: "Мбаппе билан боғлиқ вазиятда пенальти йўқ эди"  22 11:36"Навбаҳор" охирги маротаба Ғузорда қачон ғалаба қозонган?  4 10:50Гвардиола келажаги ҳақида фикр билдирди  7 10:21ПСЖ ва "Атлетико" япониялик футболчи учун курашмоқда  1 09:52"Тоттенхэм" Англия терма жамоаси аъзосининг транферини якунлади  3 09:23Моуринью нима учун ўзини дунёнинг энг яхши мураббийларидан бири деб билишини тушунтирди  15 08:54"Ньюкасл" Исак бўйича расмий баёнот берди  3 08:25Муҳаммад Салоҳ тарихий натижа қайд этди  4 07:56ЦСКА тасдиқлади  16

PREVYU. NASAF - LOKOMOTIV Yangiliklar

PREVYU. NASAF - LOKOMOTIV

15-turning eng markaziy o'yini Qarshidagi "Markaziy" stadionida "Nasaf" va "Lokomotiv" o'rtasida bo'lib o'tadi.
Nasaf (Qarshi) – Lokomotiv (Toshkent)
10 avgust. Qarshi. “Markaziy” stadion. 19:30
Hakamlar:
R. Ermatov (Toshkent), A. Rasulov (Toshkent), J. Saidov (Toshkent), D. Pislegin (Toshkent)
Nazoratchi: A. Abdullaev (Toshkent).

Bu ikki klubning yo'llari oliy liga o'yinlarida 19 bor kesishgan. Ustunlik “Nasaf” tomonida. 11ta o'yinda qarshiliklarning qo'li baland kelgan bo'lsa, 3ta uchrashuvda “Lokomotiv” g'olib bo'lgan. Besh uchrashuvda g'olib aniqlanmagan. To'plar nisbati ham “Nasaf” foydasiga. “Ajdarlar” shu kunga qadar o'zaro o'yinlarda 28ta gol kiritib o'z darvozalaridan 14 marta to'p olib chiqishgan. O'zaro o'inlarda “Nasaf” 38 ochkoni, “temiryo'lchilar” esa 14 ochkoni qo'lga kiritishgan.

“Nasaf” oliy ligada “Lokomotiv” ustidan 5:1 hisobida g'alaba qozongan. Bu o'zaro o'yinlardagi vohaliklarning eng yirik g'alabasi hisoblanadi. “Lokomotiv”ning o'zaro o'yinlardagi bu raqib ustidan erishgan eng yirik g'alabasi esa 2:0 bo'lib turibdi.

2-turda Toshkentda bo'lib o'tgan o'yinda hisobni mezbonlar vakili Ibrohim Rahimov ochgandi. Bunga “ajdarlar” uchrashuvning asosiy vaqtiga qo'shib berilgan ikkinchi daqiqada Ilhom SHomurodov tomonidan urilgan gol bilan javob berishgan – 1:1.  

Qarshida o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
25.05.2013 Nasaf - Lokomotiv 2:1
17.11.2012 Nasaf - Lokomotiv 0:2
26.10.2010 Nasaf - Lokomotiv 2:0
11.04.2009 Nasaf - Lokomotiv 1:1
18.11.2008 Nasaf - Lokomotiv 1:0

O'zaro o'yinlar haqida fakt:  Qarshida bo'lib o'tgan 9ta o'yinning 7tasida “Nasaf”ning qo'li baland kelgan. Bitta o'yinda “Lokomotiv” uch ochko egasiga aylangan. Yana bitta uchrashuvda g'olib aniqlanmagan.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика