So’nggi yangiliklar

01:50Дерби олдидан "Манчестер Сити"нинг 4 футболчиси сафга қайтди  1 01:08Жанлуижжи Доннарумма: "Пеп мени жамоасида кўришни истаётганини айтди. Бу мени ғурурлантирди"  1 00:46Расман: Онана - "Трабзонспор" дарвозабони!  16 00:15"Вест Хэм" дербидан олдин мухлисларга тақиқ қўйди  0 23:44Доннарумма "Манчестер Сити"да қайси рақамда ўйнайди?  0 23:29"Реал" "Ливерпуль" марказий ҳимоячисини текинга қўлга киритмоқчи  0 22:57"Атлетик" "Ал Насср" футболчисини рўйхатдан ўтказди  0 22:32УЕФА 2026/27 мавсумидаги еврокубоклар финаллари ўтадиган стадионларни эълон қилди  2 22:16Отабек Нарзуллаев: "Бу мавсум давомидаги энг муҳим учрашувлардан бири бўлди"  0 21:45Элдор Мойлиев: "Футболда ютган жамоага юқори баҳо қўйилади"  1 21:18"Бунёдкор" стадионини ўз ҳолатига қайтариш ишлари бошланди  22 20:49Рональдиньонинг ўғли Чемпионшип жамоасида ўйнайди  4 20:22Суперлига. "Машъал" Ғузорда "Шўртан"дан устун келди  7 19:53Виктор Гёкереш – Португалия чемпионатида мавсумнинг энг яхши футболчиси  0 19:24"Арсенал" икки етакчиси билан шартномани узайтирмоқчи  3

Prevyu. "Nasaf" - "Bunyodkor" Yangiliklar

Prevyu. "Nasaf" - "Bunyodkor"

Oliy liganing 8-turidan o'rin olgan eng markaziy o'yin bugun Qarshidagi "Markaziy" stadionida bo'lib o'tadi.
Nasaf (Qarshi) – Bunyodkor (Toshkent)
19 may. Qarshi. "Markaziy" stadioni. 19:00
Hakamlar:
V. Ceytlin (Toshkent), H. SHodmonov (Buxoro), A. Capenko (Toshkent viloyati), O. Tuychiboev (Toshkent)
Nazoratchi: G'. Karimov (Toshkent).

“Nasaf” va “Bunyodkor” oliy ligada jami 14 bora to'qnash kelishgan. Natijalar “Bunyodkor”ning ustunligini ko'rsatmoqda. SHu kunga qadar “Bunyodkor” 8ta o'yinda g'alaba qozongan. Beshta o'yin durang bilan yakunlangan. “Nasaf” bugunga qadar “Bunyodkor”ni faqat bir marta mag'lubiyatga uchratgan. “Bunyodkor” 23ta to'p kiritgan, “Nasaf” esa toshkentliklar darvozasini 5 bora aniq nishonga olgan. “Qaldirg'ochlar” o'zaro o'yinlarda 29 ochko ishlab olishgan bo'lsa, “ajdarlar”ning ushbu ko'rsatkichi 8taga teng.

“Bunyodkor”ning o'zaro o'yinlarda “Nasaf" ustidan qozongan eng yirik g'alabasi - 5:0 ga teng. “Nasaf”ning yagona va shu bilan birga yirik g'alabasi – 1:0.

2012 yilda ikkala jamoa o'z maydonidagi o'yinlarda uch ochkoni qo'lga kiritgan. Mart oyida Toshkentda bo'lib o'tgan bahsda Oleksandr Pishur, Fozil Musaev va Alibobo Rahmatullaev tomonidan urilgan gollar “Nasaf”ning yirik mag'lubiyatiga zamin yaratgandi – 3:0. Qarshida Artur Gevorkyan tomonidan penaltidan urilgan gol “ajdarlar”ga tarixiy g'alabani keltirgandi – 1:0. Aynan shu g'alaba “Nasaf”ning oliy ligada “Bunyodkor” ustidan qozonilgan dastlabki g'alaba bo'ldi.

Qarshida o'tgan so'nggi besh uchrashuv:  
03.11.2013  Nasaf – Bunyodkor  1:0
26.08.2012  Nasaf – Bunyodkor  0:0
13.08.2011  Nasaf – Bunyodkor  0:0
02.10.2010  Nasaf – Bunyodkor  0:1
03.07.2009  Nasaf – Bunyodkor  1:2

O'zaro o'yinlar haqida fakt: Bu jamoalar Qarshida jami 7 bor kuch sinashishgan. To'rtta o'yin durang natijasi bilan o'z yakuniga etgan. Ikki marta “qaldirg'ochlar” Qarshidan g'alaba bilan qaytishgan. "Nasaf" o'z uyida bu raqibni bir marta mag'lub etgan. Oxirgi uchta bahsda “Bunyodkor” safarda umuman gol ura olmagan.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика