So’nggi yangiliklar

13:14"Реал" ёки Аргентина? Мастантуоно олдида қийин танлов  0 12:48Дембеле "Олтин тўп"нинг муқобилини қўлга киритди  0 12:16"Бавария" ноябрда 3 асосий ўйинчиси сафга қайтишидан умидвор  0 11:45"Сўғдиёна" 6 йилдан буён Жиззахда ОКМКни ютолмаяпти  2 11:21Про лига. 14-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди  1 10:52"Ливерпуль" Салоҳга ўринбосар сифатида кўраётган футболчисига 100 миллион евро тўлашга тайёр  3 10:44"Сурхон" Наманганда нечта ғалабага эришганини биласизми?   4 10:21Антони Марсьяль фаолиятини Мексикада давом эттиради  2 09:502026 йилги УEФА Суперкубоги қайси стадионда бўлиб ўтиши маълум  0 09:18"Рома"нинг собиқ устози Эронни бошқариши мумкин  17 08:43Sofascore. "Бани Яс" мағлуб бўлди. Мозговой неча баҳо олди?  1 08:10Файзуллаевнинг трансфери иккинчи бўлди  3 07:35Суперлига. Бугун Жиззахда ва Наманганда ўйинлар бор  4 06:35Суперлига. "Машъал" — "Шўртан" 2:1   0 01:50Дерби олдидан "Манчестер Сити"нинг 4 футболчиси сафга қайтди  6

Prevyu. "Metallurg" - "Bunyodkor" Yangiliklar

Prevyu. "Metallurg" - "Bunyodkor"

Oliy liganing 22-turini ochib beruvchi o'yin "Metallurg" va "Bunyodkor" o'rtasida bo'lib o'tadi.
METALLURG – BUNYODKOR
1 oktyabr 2014 yil. Bekobod. "Metallurg" stadioni. 16:00
Hakamlar:
O.Tolibjonov, R.Fozilov, R.G'ofurov, I.Garmashov.
Nazoratchi: A.Xotamov.

“Metallurg“ hamda “Bunyodkor“shu kunga qadar o'zaro 15 marotaba kuch sinashishgan. Natijalar “Bunyodkor”ning ustunligini ko'rsatmoqda. Toshkentliklar 13ta o'yinda g'alaba qozonishgan. Ikkita o'yinda “Metallurg”ning qo'li baland kelgan. To'plar nisbati ham “Bunyodkor” foydasiga 37-14. O'zaro o'yinlarda “Bunyodkor” 39 ochoni qo'lga kiritgan bo'lsa, “Metallurg” 6 ochkolik bo'lgan.

“Bunyodkor”ning “Metallurg” ustidan qozongan eng yirik g'alabasi – 4:0. “Metallurg”ning  “qaldirg'ochlar” ustidan qozongan eng yirik g'alabasi esa – 2:1 ni tashkil etadi.

9-turda “Bunyodkor” o'z maydonida “Metallurg” darvozasiga javobsiz ikki to'p kiritgandi. “Qaldirg'ochlar” tarkibida Oleksandr Pishur va Sardor Rashidov o'zini ko'rsatgandi – 2:0.

Bekobodda o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
17.08.2013 Metallurg - Bunyodkor 2:3
27.09.2012 Metallurg - Bunyodkor 1:3
23.10.2011 Metallurg - Bunyodkor 2:1
19.03.2010 Metallurg - Bunyodkor 0:1
25.06.2009 Metallurg - Bunyodkor 0:4

O'zaro o'yinlar haqida fakt : “Metallurg” o'z maydonida faqat bir bor (2011 yil) “Bunyodkor”dan ustun kelgan. Qolgan 6ta o'yining barchasiga “Bunyodkor” Bekoboddan uch ochko bilan qaytgan. Oxirgi ikki o'yinda “qaldirg'ochlar” safarda ushbu jamoa darvozasiga 3tadan gol urishgan.  
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика