So’nggi yangiliklar

09:49Тожикистон терма жамоасига янги бош мураббий тайинланди  1 09:39Мадрид клублари МЮ хавбеки учун курашади  0 09:09Флик ваъда берди  6 08:41Франция термасининг октябрь ойи йиғини учун қайдномаси эълон қилинди  0 08:14"Пахтакор"нинг асосий футболчиси учун мавсум якунланди  1 07:45Суперлига. Бугун 24-турга старт берилади  8 07:07Омар Момани Каннаваронинг Ўзбекистон МТЖ бош мураббийи бўлишига атаб карикатура чизди  32 06:26ФИФА Жаҳон Чемпионати учун расмий ўйин тўпи — "TRIONDA"ни тақдим этди  3 01:57Европа лигаси. "Астон Вилла"да ғалаба, "Ноттингем Форест"да мағлубият ва бошқа натижалар  2 01:25Погба Франция термасига қайтадими? Дешам жавоб берди  1 00:51"Лилль" дарвозабонидан супер қаҳрамонлик!  6 00:28ОФФА Президенти Ровшан Нажаф ФИФА Президентига миннатдорлик билдирди  0 00:15Конференциялар лигаси. "Кристал Пэлас" тарихий ўйинда ишончли ғалаба қайд этди  1 23:53Европа лигаси. "Бетис"да ғалаба, "Рома" ўз майдонида ютқазди ва бошқа натижалар  0 23:25Муҳим ўйинлар олдидан "Ливерпуль"да жуда жиддий йўқотиш бор  4

Prevyu. "Mashal" - "Navbahor" Yangiliklar

Prevyu. "Mashal" - "Navbahor"

Teglar :  MashalNavbahor
Ushbu mavsumda bir ochko to'plagan "Mashal" va "Navbahor" klublari to'qnash kelishadi.

Mashal (Muborak) – Navbahor (Namangan)
9 aprel 2016. Muborak. Bahrom Vafoev nomidagi stadion. 16:30
Hakamlar
: T. To'xtasinov (Andijon), A. Marajabov (Andijon), Z. Abdurahmonov (Andijon), SH. Rajabov (Buxoro)
Nazoratchi: D. Roman (Toshkent).

“Mashal” va “Navbahor” oliy ligada jami 30 bora to'qnash kelishgan. Natijalar muborakliklarning ustunligini ko'rsatmoqda. “Mashal” 12ta o'yinda zafar quchgan, 7ta o'yinda durang qayd etilgan. “Navbahor” hisobi 12ta g'alaba bor. To'plar nisbatida esa “Navbahor” oldinda - 40:36. O'zaro o'yinlarda “Navbahor” 40, “Mashal” 43 ochkoni  qo'lga kiritgan.

“Navbahor”ning o'zaro o'yinlarda qozongan eng yirik g'alabasi – 8:0 ga teng. “Mashal”da bu ko'rsatkich 5:0 bo'lib turibdi.

O'tgan yil birinchi turda Namanganda o'tgan bahsda “Mashal” 2:0 hisobida g'alaba qozongan. Vladislav Ivanov va SHoxrux Dostonovning gollari Muborak klubiga uch ochko keltirgan edi. Muborakdagi o'yinda esa durang qayd etilgan. Alisher Mahmudov va SHahboz Erkinov tomonidan urilgan gollarga mezbonlar safida SHerzod Fayziev hamda Humoyun Murtazoev javob bergandi – 2:2.

Muborakda o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
03.08.2015 Mashal - Navbahor 2:2
06.06.2014 Mashal - Navbahor 3:1
30.06.2012 Mashal - Navbahor 2:0
14.06.2011 Mashal - Navbahor 2:0
31.10.2010 Mashal - Navbahor 2:0

O'zaro o'yinlar haqida fakt
: Bu jamoalarning Muborakda o'tgan o'yinlarida “Mashal” 9 bor zafar quchgan. To'rt bor g'olibni aniqlashning imkoni bo'lmagan. “Navbahor” hisobida 2ta g'alaba mavjud. So'nggi marta “Navbahor” Muborakdan 2004 yil g'alaba bilan qaytgan.

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика