So’nggi yangiliklar

13:33Ўзбекистон U-18 Тошкентда йиғин ўтказади. Таркиб маълум  0 13:03"Ливерпуль" 90 млн евро эвазига ҳужумчи харид қилиши мумкин  1 12:38Де Бруйне "Наполи"да нечинчи рақамни олди?  0 12:14"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги ҳужумчини ўз сафига қўшиб олмоқчи  1 11:32"Интер"нинг асосий трансфер мақсади маълум қилинди  0 11:07Тома Табатадзе "Бухоро"га ўтиши мумкин  1 10:07Месси пеналтисиз голлар бўйича Роналдуни ортда қолдирди  25 09:52"Ньюкасл" Исакни сотиш ниятида эмас — клуб унинг нархини 173 миллион еврога кўтарди  3 09:24"Барселона" "Реал" юлдузини кўзламоқда — футболчи билан алоқа ўрнатилди  27 08:48"Нефтчи" таркибига нигериялик футболчи қўшилди  6 08:26Эрон клуби Одил Ҳамробеков трансфери учун "Бунёдкор"га қанча тўлади?  1 07:52"Интер Майами" "Ред Буллз"ни 5:1 ҳисобига ютди — Мессидан дубль  25 07:10"Бунёдкор" дарвозабони ОКМКга ўтди  0 00:44"Барселона" Рэшфордни 30-35 млн еврога сотиб олиш ҳуқуқига эга бўлади. МЮ 50 млн хоҳлаганди  3 00:12"Реал" ярим ҳимоячисини 20 млн еврога сотмоқчи  1

PREVYU. "Mashal" - "Dinamo" Yangiliklar

PREVYU. "Mashal" - "Dinamo"

Samarqandning "Dinamo" klubi 21-turda Muborakda "Mashal" mehmoni bo'ladi.
Mashal – Dinamo
26 sentyabr 2014 yil. Muborak. Bahrom Vafoev nomidagi stadion. 17:00
Hakamlar:
B.Namozov, A.Usmonov, T.Gaynulin, I.Ibragimov
Nazoratchi: R.Aytekov

Bu ikki klub oliy ligada 27 bor kuch sinashishgan. Natijalar “Mashal”ning ustunligini ko'rsatmoqda. Muborakliklar 13 o'yinda g'alaba qozonishgan, 2 uchrashuv durang bilan yakunlangan. “Dinamo” ham  13 bora raqibini mag'lub etgan. To'p kiritish borasida tenglik – 33:33. O'zaro o'ynlarda “gazchilar” 41 ochko,  “Dinamo” esa o'z hisobiga 38 ochko yozib qo'ygan.

“Mashal”ning “Dinamo” ustidan qozongan eng yirik g'alabasi – 4:1. “Dinamo”ning “Mashal” ustidan o'zaro o'yinlardagi eng yirik muvaffaqiyati esa 5:0 ni tashkil qiladi.

Birinchi davrada “Mashal” Samarqanddan g'alaba bilan qayta olgan. Dastlabki bo'lim so'nggida Abdulla Nabiev hisobni ochgandi. Biroq hakam tomonidan qo'shib berilgan daqiqalarda Jamshid Hasanov mezbonlar darvozasiga gol urib hisobni tenglashtirgandi. Ikkinchi bo'lim oxirida Zafar To'raev “Dinamo”ni mag'lubiyatini taminlagan golni urgandi – 1:2.  

Muborakda o'tgan so'nggi besh uchrashuv:

05.10.2012 Mashal - Dinamo 2:0
19.03.2011 Mashal - Dinamo 1:0
13.06.2010 Mashal - Dinamo 2:1
06.03.2009 Mashal - Dinamo 1:0
28.09.2008 Mashal - Dinamo 1:1

O'zaro o'yinlar haqida fakt:  Muborakda bo'lib o'tgan 13ta o'yinning 10tasida mezbonlar g'alaba qozonishgan. Faqat bitta o'yin durang bilan tugagan. Yana ikkita uchrashuvda esa “Dinamo” safardan uch ochko bilan qaytgan.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика