So’nggi yangiliklar

13:30МЮ Шешко бўйича таклифини оширди  0 12:59Италияда жамоа Б Серияга тушиб кетса футболчиларнинг маоши автоматик тарзда сезиларли даражада камаяди  0 12:19"Ал Ҳилол" "Ливерпуль" ҳужумчиси бўйича келишувга эришди  2 11:49Мураббий илк бор ҳакамларни тайинлаш қўмитасига киритилди   1 11:32"Реал" тарбияланувчиси энди асосий жамоа билан шуғулланади ва 9-рақамни олади  1 10:42Рахим Стерлинг фаолиятини бошқа бир Лондон клубида давом эттириши мумкин  3 10:10АПЛнинг 4 та клуби ПСЖ ҳужумчисига қизиқиш билдирмоқда  1 09:37Зидан келаси йил мураббийликка қайтади  5 09:06Шукрон Йўлдошев: “Жамоамизни муҳим баҳс кутиб турибди”  2 08:35Сон МЛС тарихидаги энг қиммат трансферга айланади  1 08:04Португалия футболи афсонаси 53 ёшида юрак хуружидан вафот этди  1 07:37Суперлига. "Пахтакор" — ОКМК 1:2. Фламарионнинг голи ҳисобга олинмади  5 07:28Суперлига. Бугун 17-тур давом эттирилади  6 01:50U21 биринчилиги. Пешқадам "Навбаҳор"дан кичик, "Андижон"дан 7:2 ҳисобидаги ғалаба ва бошқа натижалар  5 01:30Заид Таҳсин: "ОКМКдан устун эдик. "Пахтакор" аъзоси бўлиш шараф"  3

Prevyu. Janubiy Koreya - Qatar Yangiliklar

Prevyu. Janubiy Koreya - Qatar

Teglar :  Janubiy KoreyaQatar
Ertaga JCH-2018 saralashi doirasida Janubiy Koreya va Qatar o'rtasidagi o'yin bo'lib o'tadi.

“A” guruhida dastlabki bellashuv aynan mana shu jamoalar o'rtasida Suvonda o'tkaziladi. Avvalgi turda Suriyaga qarshi bahsda kutilmaganda ochko yo'qotgan koreyslar endi bunday xatoni takrorlamaslikka urinishlari turgan gap. Qolaversa, 5 kundan keyin Uli SHtilike jamoasini Eron bilan mehmonda kechadigan o'yin kutib turibdi. Koreyaning Evropada o'ynayotgan futbolchilari tobora yaxshi holatga kirib borishmoqda. Bu esa mezbonlarga qo'l kelishi tabiiy.

Qatar yaqindagina murabbiyini almashtirdi. Xorse Fossati hamyurti Xose Karreno o'rnini egalladi. Qatarliklar oldingi bahslarda so'nggi daqiqalarda o'tkazib yuborilgan to'plar oqibatida mag'lubiyatga uchrashgandi. Fossatining qanday o'zgarishlar qilganini Koreyadagi uchrashuv ko'rsatadi. Bellashuvdan oldin koreyslarning imkoniyatini ancha yuqori baholay olamiz. CHunki bu jamoa o'z maydonida deyarli xatolarga yo'l qo'ymaydi. Qatar ketma-ket uchinchi mag'lubiyatni tan olgan taqdirda guruhdagi ahvolini ancha yomonlashtirib qo'yadi. Son Xyon Minni zararsizlantirishni uddalay olishsa, mehmonlar ijobiy natijaga umid qilishlari mumkin. Aks holda, Doxaga quruq qo'l bilan qaytishlariga to'g'ri keladi.

Jamoa yulduzlari: Son Xen Min - Sebastyan Kuintana


JANUBIY KOREYA – QATAR
6 oktyabr 2016. Suvon. "World Cup 2002" stadioni. 16:00
Bosh hakam:
Mohd Amirul Izvan Yoqub (Malayziya)


Reyting: -10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика