So’nggi yangiliklar

01:50Дерби олдидан "Манчестер Сити"нинг 4 футболчиси сафга қайтди  2 01:08Жанлуижжи Доннарумма: "Пеп мени жамоасида кўришни истаётганини айтди. Бу мени ғурурлантирди"  1 00:46Расман: Онана - "Трабзонспор" дарвозабони!  18 00:15"Вест Хэм" дербидан олдин мухлисларга тақиқ қўйди  0 23:44Доннарумма "Манчестер Сити"да қайси рақамда ўйнайди?  1 23:29"Реал" "Ливерпуль" марказий ҳимоячисини текинга қўлга киритмоқчи  0 22:57"Атлетик" "Ал Насср" футболчисини рўйхатдан ўтказди  0 22:32УЕФА 2026/27 мавсумидаги еврокубоклар финаллари ўтадиган стадионларни эълон қилди  2 22:16Отабек Нарзуллаев: "Бу мавсум давомидаги энг муҳим учрашувлардан бири бўлди"  0 21:45Элдор Мойлиев: "Футболда ютган жамоага юқори баҳо қўйилади"  1 21:18"Бунёдкор" стадионини ўз ҳолатига қайтариш ишлари бошланди  22 20:49Рональдиньонинг ўғли Чемпионшип жамоасида ўйнайди  4 20:22Суперлига. "Машъал" Ғузорда "Шўртан"дан устун келди  7 19:53Виктор Гёкереш – Португалия чемпионатида мавсумнинг энг яхши футболчиси  0 19:24"Арсенал" икки етакчиси билан шартномани узайтирмоқчи  3

PREVYU. "Bunyodkor" - "Nasaf" Yangiliklar

PREVYU. "Bunyodkor" - "Nasaf"

Oliy liganing 21-turining dastlabki o'yini Toshkentda "Bunyodkor" va "Nasaf" o'rtasida kechadi.
Bunyodkor – Nasaf
25 sentyabr 2014 yil. Toshkent. “Jar” stadioni. 18:00
Hakamlar:
M.Ismoilov, M.Saidqosimov, A.Capenko, I.Xudoydotov
Nazoratchi: R.Serazetdinov.

“Bunyodkor” va “Nasaf” oliy ligada jami 15 bora to'qnash kelishgan. Natijalar “Bunyodkor”ning ustunligini ko'rsatmoqda. SHu kunga qadar “Bunyodkor” 8ta o'yinda g'alaba qozongan. Beshta o'yin durang bilan yakunlangan. “Nasaf” bugunga qadar “Bunyodkor”ni ikki marta mag'lubiyatga uchratgan. “Bunyodkor” 23ta to'p kiritgan, “Nasaf” esa toshkentliklar darvozasini 7 bora aniq nishonga olgan. “Qaldirg'ochlar” o'zaro o'yinlarda 29 ochko ishlab olishgan bo'lsa, “ajdarlar”ning ushbu ko'rsatkichi 11taga teng.

“Bunyodkor”ning o'zaro o'yinlarda “Nasaf" ustidan qozongan eng yirik g'alabasi – 5:0 ga teng. “Nasaf”ning yirik g'alabasi esa – 2:0.

8-turda Qarshida kechgan o'yinda mezbonlar g'alaba qozonishgan. Dastlabki bo'limda Ilhom Yunusov, ikkinchi bo'limda Ilhom SHomurodov “Bunyodkor” darvozasini ishg'ol qilishgandi – 2:0.
 
Toshkentda o'tgan so'nggi besh uchrashuv:  

08.03.2013 Bunyodkor - Nasaf 3:0
16.06.2012 Bunyodkor - Nasaf 0:0
11.06.2011 Bunyodkor - Nasaf 2:1
28.07.2010 Bunyodkor - Nasaf 5:0
24.08.2009 Bunyodkor - Nasaf 2:1

O'zaro o'yinlar haqida fakt: Bu jamoalar Toshkentda jami 7 bor kuch sinashishgan. SHundan 6tasida “qaldirg'ochlar” g'alabaga erishishgan. “Nasaf” poytaxtda ushbu jamoani umuman mag'lub eta olmagan. Faqat 2012 yilda safardan durang bilan qaytgan. “Ajdarlar” Toshkentdagi bahslarda “Bunyodkor” darvozasiga ikkita gol urishgan.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика