So’nggi yangiliklar

14:29Қирғиз Республикаси терма жамоаси CAFA мусобақаси учун таркибини эълон қилди  0 14:16Лутфулла Тўраев "Бунёдкор"га қайтди  1 13:52"Жиззахда Абрамов, Ғузорда Лушчан жамоасининг имконияти юқори" — Павел Соломин   1 13:2944 ёшли дарвозабон жаҳон рекордини янгилади  1 12:46"Осасуна" мураббийи "Реал"га қарши баҳсдаги четлатиш ҳақида: "Бу мен учун қизил карточка эмас"  14 12:35Ўмон терма жамоаси CAFA турнири учун таркибини эълон қилди  2 12:08Собиқ ҳакам: "Мбаппе билан боғлиқ вазиятда пенальти йўқ эди"  20 11:36"Навбаҳор" охирги маротаба Ғузорда қачон ғалаба қозонган?  4 10:50Гвардиола келажаги ҳақида фикр билдирди  7 10:21ПСЖ ва "Атлетико" япониялик футболчи учун курашмоқда  1 09:52"Тоттенхэм" Англия терма жамоаси аъзосининг транферини якунлади  3 09:23Моуринью нима учун ўзини дунёнинг энг яхши мураббийларидан бири деб билишини тушунтирди  15 08:54"Ньюкасл" Исак бўйича расмий баёнот берди  3 08:25Муҳаммад Салоҳ тарихий натижа қайд этди  4 07:56ЦСКА тасдиқлади  15

PREVYU. BUNYODKOR - MASH'AL Yangiliklar

PREVYU. BUNYODKOR - MASH'AL

Toshkentdagi "Jar" stadionida "Bunyodkor" va "Mashal" klublari o'zaro kurash olib borishadi.
Bunyodkor (Toshkent) – Mashal (Muborak)
10 avgust. Toshkent. “Jar” stadioni. 19:00
Hakamlar
: A. Asimov (Toshkent), T. Galeev (Toshkent), A. Po'latov (Toshkent), D. Karimov (Toshkent)
Nazoratchi: A. Hotamov (Toshkent)

Ushbu jamoalar shu kunga qadar o'zaro 13 marta kuch sinashishgan. Natijalar “Bunyodkor”ning yaqqol ustunligini ko'rsatmoqda. “Qaldirg'ochlar” 13 bahsning barchasida g'alaba qozonishgan. Bundan tashqari “Mashal” oliy ligada hali “Bunyodkor” darvozasini ishg'ol qila olmagan. To'plar nisbati 25-0 “Bunyodkor” foydasiga. O'zaro o'yinlarda “Bunyodkor” 39 ochoni qo'lga kiritgan bo'lsa, “Mashal”da bu ko'rsatkich hozircha 0 bo'lib turibdi.

“Bunyodkor”ning “Mashal” ustidan qozongan eng yirik g'alabasi – 3:0. “Mashal” hisobida g'alaba umuman yo'qligi haqida aytib o'tdik.

2-turda Muborakda bo'lib o'tgan bahsda “qaldirg'ocholar” ikki to'p farqi bilan zafar quchishgan. Dilshod Jo'raev hisobni ochgan bo'lsa, bahs so'nggida Vohid SHodiev yakuniy natijani o'rnatgan – 0:2.

Toshkentda o'tgan barcha uchrashuvlar:
15.03.2012 Bunyodkor - Mashal 1:0
05.11.2011 Bunyodkor - Mashal 2:0
05.06.2010 Bunyodkor - Mashal 3:0
12.04.2009 Bunyodkor - Mashal 3:0
26.06.2008 Bunyodkor - Mashal 2:0
10.11.2007 Bunyodkor - Mashal 2:0

O'zaro o'yinlar haqida fakt: “Mashal” ushbu raqib darvozasiga gol ura olmagani haqida xabar berdik. Toshkentdagi o'yinlarda “qaldirg'ochlar” 13 marta gol urishgan va barcha o'yinlarda g'alaba qozonishgan.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика