So’nggi yangiliklar

01:47"Челси" Гарначо учун 30 миллиондан кўп тўламоқчи эмас  0 01:11Эрик тен Хаг: "Фақатгина Гарри Поттер катта тезликда яхши жамоа ташкил қилиши мумкин"  0 00:11Санчога харидор топилди  0 23:52"Реал"нинг янги футболчиси: "Мен учун энг зўр футболчи - Месси"  2 23:22Конференциялар лигаси саралаши. "Сабаҳ" вазифани уддалай олмади  2 22:59Ринат Дасаев: "Ўзбекистонга Жаҳон чемпионатида омад тилайман"   1 22:38Тимур Кападзе: "Майдонга Дасаевга гол ураман деб тушган эдим"   1 22:14Доннарумма "Сити"да қанча маош олади?  5 21:53Расман: Мастантуоно - "Реал" футболчиси!  4 21:29Конференциялар лигаси саралаши. "Астана" сўнгги босқич олдидан мағлуб бўлди  6 21:04"Манчестер Юнайтед" футболчиси фаолиятини "Вест Бромвич"да давом эттириши мумкин  0 20:39Ўзбекистон терма жамоаси афсоналари Россия фахрийлари билан дуранг ўйнади  17 20:25"Манчестер Сити" ва Абдуқодир Ҳусанов 2025/26 йилги мавсум учун учинчи либосини тақдим этди   4 19:56"Барселона" Майамида ташкил этиладиган "Вильярреал"га қарши ўйин ортидан 5 млн евро ишлаб олади  0 19:25"Манчестер Юнайтед"нинг Лига кубоги 2-босқичидаги рақиби аниқланди  2

Prevyu. "Barselona" mo'jizaga qodirmi? Yangiliklar

Prevyu. "Barselona" mo'jizaga qodirmi?

Evropa chempionlar ligasining nichorak final doirasidagi yana ikkita to'qnashuvning javob o'yinlari bo'lib o'tadi.


O'tgan safar Parijda sharmandali mag'lubiyatni qabul qilib olgan "Barselona" "Kamp Nou"da PSJ bilan hisob-kitob qilib olishga shaylangan. Lissabonda esa "Benfika" "Borussiya D" ustidan o'zi uchun kerakli, yani 1:0 hisobidagi g'alabani rasmiylashtirgandi. Tomas Tuxel shogirdlari bugun "Signal Iduna Park"da tafovutni yo'qqa chiqarishga, chorak final chiptasini qo'lga kiritishga bor kuchlarini sarf etishadi.

"Barselona" - PSJ to'qnashuvida ko'p masala birinchi o'yindayoq hal etilgandek. Lekin "Barselona" futbolchilari, murabbiylar shtabi hamda muxlislari hali chorak final yo'llanmasidan umidlarini uzishmagan. Ular ham "Arsenal" ishqibozlari singari mo'jiza ruy berishiga ishonib "Kamp Nou"dagi bahsni kutishmoqda. "Barselona" o'z uyidagi o'yinlarda yirik hisobda g'alaba qozonishi odatiy holat hisoblanadi. Bu ularning qo'llaridan keladigan ish. Lekin bu hisobdagi g'alabalar asosan La Liga doirasidagi uchrashuvlarda hamda ECHLning guruh bosqichidagi nisbatan kuchsizroq jamoalarga qarshi bahslarda kuzatiladi. Hozirgi "Barselona" La Ligada "Selta" yoki "Alaves" singari jamoalarni o'zi istagan hisobda tor-mor keltirishi mumkin. Lekin Unai Emeri qo'l ostidagi PSJni "Kamp Nou"da uyatli holatga tushirib qo'yishi birmuncha qiyin vazifa. Mavsum yakuniga etganidan keyin jamoadan ketishini malum qilgan Luis Enrike albatta bu bahsda barcha imkoniyatlarni ishga solishga urinib ko'radi.


"Barselona"ga kamida to'rtta gol va o'z darvozasi dahlsizligi kerak bo'ladi. Kataloniyaliklar nafaqat kamida to'rtta gol urishlari muhim, balki o'z darvozalari qulfini buzmaslikka ham nihoyatda katta etibor qaratishlari zarur. Aks holda barcha qilingan yoki urilgan gollar havoga uchib ketishi aniq. PSJ birgina gol urib, o'yindagi mavjud kichik intrigani ham yo'qqa chiqarishi oson. Istaymizmi-yo'qmi, "Barselona" hakam hushtagi yangrashi bilan hujumga o'tishga majbur bo'ladi. Bu esa PSJga hujumda ancha kenglik taqdim etishi tabiiy. Parijliklar safida esa barcha chiziqlarda yuqori saviyadagi va yuksak mahoratli futbolchilari, ijrochilar etarli. Qisqa qilib aytiladigan bo'lsa, "Barselona" bajarilishi nihoyatda qiyin bo'lgan vazifani uddalashga urinib ko'radi. PSJ esa chorak final chiptasini qo'lga kiritish uchun "Kamp Nou" maydonida 90 daqiqa munosib to'p surishi kerak bo'ladi.

"Barselona"ga shunchaki g'alaba emas, balki o'ta yirik hisobdagi g'alaba zarur. PSJni esa mag'lubiyat, durang yoki g'alaba ham qanoatlantiradi.

"Barselona" "Kamp Nou"da mo'jiza qayd etishi uchun PSJ nihoyatda bo'sh va o'zining eng yomon o'yinlaridan birini o'tkazishi lozim.

Bu juftlikda ko'p narsa malum. Faqat rasmiy tasdiq bo'lishi uchun yana 90 daqiqa kutishga to'g'ri keladi. Aynan shu vaqt oralig'ida "Barselona" fantastik "kambek"ni sodir etishga imkoniyati bor. Uddalay olsa, "Kamp Nou"da 8-mart  bayrami yana bayramga ulanib ketadi.

Dortmundda esa "Borussiya D" Portugaliyadagi o'yin shunchaki tasodif bo'lganini isbotlashga harakat qiladi. Lissabondagi uchrashuvda katta tashabbus va ustunlikka ega bo'lgan Tuxel jamoasi yakunda birgina gol evaziga mag'lubiyatga uchragandi. "Arilar" esa yuzaga kelgan bir qator vaziyatlardan unumli foydalana olishmagandi. Kamida belgilangan penaltidan ham samara chiqara olishmagandi. "Benfika" maydonidagi alamli uchrashuv tufayli ham "Borussiya"ning ko'zi qonga to'lgan. Jamoaning kayfiyati yuqori. O'tgan haftada chempionat doirasida "Bayer" tor-mor keltirildi. "Signal Iduna Park"da yig'iladigan muxlislar endi jabrdiyda rolida "Benfika"ni ko'rishni juda istashmoqda va bunga ishonishmoqda ham.



Evropa chempionlar ligasi

Nimchorak final. Javob o'yinlari.
"Barselona" - PSJ
"Kamp Nou" stadioni.
Bosh hakam
: Deniz Aytekin (Germaniya).
Birinchi uchrashuv: (0:4)

"Borussiya D" - "Benfika"
"Signal Iduna Park" stadioni.
Bosh hakam
: Martin Atkinson (Angliya).
Birinchi uchrashuv: (0:1)

Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика