So’nggi yangiliklar

09:49Тожикистон терма жамоасига янги бош мураббий тайинланди  1 09:39Мадрид клублари МЮ хавбеки учун курашади  0 09:09Флик ваъда берди  6 08:41Франция термасининг октябрь ойи йиғини учун қайдномаси эълон қилинди  0 08:14"Пахтакор"нинг асосий футболчиси учун мавсум якунланди  1 07:45Суперлига. Бугун 24-турга старт берилади  8 07:07Омар Момани Каннаваронинг Ўзбекистон МТЖ бош мураббийи бўлишига атаб карикатура чизди  32 06:26ФИФА Жаҳон Чемпионати учун расмий ўйин тўпи — "TRIONDA"ни тақдим этди  3 01:57Европа лигаси. "Астон Вилла"да ғалаба, "Ноттингем Форест"да мағлубият ва бошқа натижалар  2 01:25Погба Франция термасига қайтадими? Дешам жавоб берди  1 00:51"Лилль" дарвозабонидан супер қаҳрамонлик!  6 00:28ОФФА Президенти Ровшан Нажаф ФИФА Президентига миннатдорлик билдирди  0 00:15Конференциялар лигаси. "Кристал Пэлас" тарихий ўйинда ишончли ғалаба қайд этди  1 23:53Европа лигаси. "Бетис"да ғалаба, "Рома" ўз майдонида ютқазди ва бошқа натижалар  0 23:25Муҳим ўйинлар олдидан "Ливерпуль"да жуда жиддий йўқотиш бор  4

Prevyu. "Andijon" - "Neftchi" Yangiliklar

Prevyu. "Andijon" - "Neftchi"

Teglar :  AndijonNeftchi
Mavsumdagi navbatdagi vodiy derbisida "Andijon" va "Neftchi" klublari to'qnash kelishadi.

Andijon (Andijon) – Neftchi (Farg'ona)
9 aprel 2016. Andijon. "Sog'lom Avlod" stadioni. 17:00
Hakamlar:
V. Agishev (Toshkent), T. Gaynulin (Toshkent), V. Lushin (Gulistan), A. Rubakov (Toshkent)
Nazoratchi: A. Arutyunov (Toshkent).

“Andijon” va “Neftchi” oliy ligada 44 bor kuch sinashishgan. Katta ustunlik “Neftchi” tomonida. 32ta o'yinda “Neftchi” raqibni mag'lub etgan. Etti o'yinda “burgutlar”ning qo'li baland kelgan. Yana besh uchrashuvda durang natija qayd etilgan. “Neftchi” o'zaro o'yinlarda 90 bor raqib darvozasiga yo'l topa olgan. “Andijon” esa 36 marta gol ura olgan. “Neftchi” o'zaro o'yinlarda 101 ochkoni qo'lga kiritgan bo'lsa, andijonliklar hisobida 26 ochko mavjud. “Neftchi”ning “Andijon” ustidan qozongan eng yirik g'alabasi – 7:1. “Burgutlar”ning eng yirik g'alabasi esa - 2:0.

O'tgan mavsum Andijondagi bahsda mehmonlar g'alaba qozonishgan. Sardor Rahmonov, SHerzod Hakimov, Akmal Xolmatov va Murod Bobojonovning gollari "Neftchi"ga yirik g'alabani keltirgandi - 4:0. Farg'onada esa "burgutlar" zafar quchishgan. "Neftchi"ning sobiq hujumchisi Anvar Berdievning urgan goli "Andijon"ga 3 ochko keltirgandi - 1:0.

Andijonda o'tgan oxirgi besh uchrashuv:
30.05.2015  Andijon – Neftchi  0:4
22.06.2014  Andijon – Neftchi  1:3
29.04.2012  Andijon – Neftchi  1:0
27.07.2010  Andijon – Neftchi  1:0
19.09.2009  Andijon – Neftchi  3:2

O'zaro o'yinlar haqida fakt:  “Andijon” o'z maydonida anchayin kuchli raqiblarni ham mag'lub eta olishini bilamiz. Ammo “Neftchi” ularga juda noqulay raqibdir. “Andijon”ning o'z maydonida “Neftchi”ga qarshi o'tkazgan barcha o'yinlari natijalari quyidagicha: 6 g'alaba, 4 durang, 11 mag'lubiyat.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика