So’nggi yangiliklar

00:50"Бавария" "Ливерпуль"га Диас учун 70 миллион евро ва бонуслар таклиф қилади  0 00:15"Аталанта" Ретегини 65 млн. еврога сотди  0 00:12МЮ "Брентфорд"нинг энг яхши тўпурари Мбемони 65+6 миллион фунтга сотиб олди  2 23:48Сауль Туркияга кўчиб ўтиш фикридан қайтди. Нега?  0 23:13As ўқувчиларининг 72% "Реал" Винисиус билан шартнома узайтиришини хоҳламайди  1 22:45"Реал" ва яна бир қатор жамоалар клублар ўртасидаги ЖЧ ҳар 2 йилда ўтказилишини хоҳлашмоқда, ФИФА эса...  2 22:15Луиджи Ди Бияджо: "Мусобақага қийин ҳолатда тайёргарлик кўрмоқдамиз"  3 21:47"Барселона" 2025 йилда "Камп Ноу"да ўйнай олмаслиги мумкин  3 21:36Дмитрий Плетнёв - "Динамо" футболчиси  4 20:45Назорат учрашуви. "Қизилқум" Про лига жамоасига йирик ҳисобда мағлуб бўлди  0 20:18"Манчестер Сити" "Ньюкасл"нинг 22 ёшли ҳимоячиси учун 65 миллион фунт таклиф қилишга тайёр  6 20:00"Арсенал" ҳимоячиси Саудия Арабистони клублари қизиқишини инкор этди  1 19:38"Манчестер Сити" футболчисини 40 млн еврога сотмоқчи  0 19:16"Сурхон" тажрибали дарвозабонини "Хоразм"га ижарага берди  7 18:55Оливер Кан телевидениега қайтмоқда  3

PREVYU. "Al Hilol" - "Navbahor". Startda salobatli Saudiya sinovi Yangiliklar

PREVYU. "Al Hilol" - "Navbahor". Startda salobatli Saudiya sinovi

Bu musobaqa tarixda ko'plab jamoalarni o'z bag'riga chorladi, jarayon esa hamon davom etmoqda.

Avvalgi yillarda qo'shni mamlakatlardan "Istiqlol", "Ahal" bu musobaqa tamini tatib ko'rishdi. Ular qitaning klublar o'rtasidagi nufuzli turnirida qatnashgan ekan nima uchun bizniki qatnashmasin? Demak, kutib oling "Navbahor" OCHLdagi yurishini boshlamoqda. Biroq startdayoq kuchli raqib - "Al Hilol". Lekin bu kurrayi zaminda ilojsiz ish bormidiki, buning uddasidan chiqishni imkoni bo'lmasa?

Al Hilal

Ali Al-Bulayhi - 90'

AFC Champions League Grp. D . 1-tur

19/09/2023, 00:00

1
:
1
Tugadi

Navbahor Namangan

Toma Tabatadze - 52'

45'
90'
60'  Neymar
74'  Yasir Al Shahrani (Nasser Al Dawsari)
74'  Salman Al-Faraj (Mohamed Kanno)
89'  Ruben Neves (Abdullah Al-Hamdan)
89'  Saud Abdulhamid (Mohammed Al Burayk)
90'  Ali Al-Bulayhi
90'  Michael
28'  Filip Ivanovic
52'  Toma Tabatadze
52'  Abrorbek Ismoilov
54'  Asad Sobirzhonov (Doniyor Abdumannopov)
61'  Abrorbek Ismoilov
71'  Abrorbek Ismoilov (Temurkhuja Abdukholiqov)
83'  Ibrokhim Yuldoshev (Jasur Yakhshiboev)
83'  Toma Tabatadze (Luka Cermelj)

O'zaro o'yinlar

Jamoalar OCHL doirasida ilk marotaba uchrashmoqda. Biroq bunga qadar "Al Hilol" va "Navbahor" klublar o'rtasidagi Osiyo chempionatining 1997\1998 yilgi mavsumi guruh bosqichida o'zaro to'qnash kelishgan. Mazkur bahsda "lochinlar" 1:3 hisobida engilgan. 

Guruh bosqichi (Livanda markazlashgan turnir)

1-tur

"Al Ansor" (Livan) 0:0 "Navbahor"

2-tur

"Al Hilol" (Saudiya Arabistoni) 3:1 "Navbahor"

3-tur

"Persepolis" (Eron) 1:1 "Navbahor"

Navbahor" ikki ochko bilan guruhda uchinchi bo'lgan. Yarim finalga guruhdan "Persepolis" (7 ochko) va "Al Hilol" (6 ochko) yo'l olgan. 

"Al Hilol" o'zbek klublariga qarshi 

"Mashal", "Paxtakor", "Bunyodkor", "Lokomotiv" va OKMK "Al Hilol" bilan o'yinlarda ishtirok etishgan. "Navbahor" bu borada O'zbekistonning oltinchi jamoasi sifatida tarixga kirdi. Saudiya Arabistoni grandini yaqin tarixda faqatgina "Mashal" va "Lokomotiv" mag'lub etishni uddasidan chiqqan. Mehmonda esa barcha jamoalarimiz ortga g'alabasiz qaytishga majbur bo'lgan. "Navbahor" esa yuqoridagi ikki jamoaning natijasini takrorlashga  va yangi tarixni yozishga harakat qilib ko'radi. Umid qilamizki, futbolchilarimiz Benzema yoki Neymar bilan suratga tushish uchun emas, g'alaba uchun borishadi. 

2006 yil

"Al Hilol" - "Mashal" 5:0

"Mashal" - "Al Hilol" 2:1

2007 yil 

"Paxtakor" - "Al Hilol" 0:2

"Al Hilol" - "Paxtakor" 2:0

2009 yil 

"Paxtakor" - "Al Hilol" 1:1

"Al Hilol" - "Paxtakor" 2:0

2010 yil 

"Al Hilol" - "Bunyodkor" 3:0

2014 yil 

"Bunyodkor" - "Al Hilol" 0:1

"Al Hilol" - "Bunyodkor" 3:0 

2015 yil 

"Al Hilol" - "Lokomotiv" 3:1

"Lokomotiv" - "Al Hilol" 1:2

2016 yil 

"Paxtakor" - "Al Hilol" 2:2

"Al Hilol" - "Paxtakor" 4:1

2016 yil 

"Al Hilol" - "Lokomotiv" 0:0

"Lokomotiv" - "Al Hilol" 2:1

2020 yil

"Paxtakor" - "Al Hilol" 0:0

"Al Hilol" - "Paxtakor" 2:1

2021 yil 

"Al Hilol" - OKMK 2:2

OKMK - "Al Hilol" 0^3

 

"Al Hilol"da mag'lubiyatsiz, "Navbahor"da g'alabasiz seriya 

"Al Hilol" bu mavsum Saudiya Arabistoni Premer Ligasida mag'lubiyatsiz odimlamoqda, 6ta o'yin 5 g'alaba va 1 durang. Jamoa so'nggi marotaba 12 avgust kuni Arab klublari kubogida "Al Nassr"ga mag'lub bo'lgan. So'nggi uchrashuvda Neymar debyut qilgan qarama-qarshilikda "Al Riyod" yirik 6:1 hisobida taslim qilindi. 

"Navbahor" esa Superligada 4ta uchrashuvdan beri g'alaba qozona olmayapti. Samvel Babayan shogirdlari g'alabalarni faqat kubokda qo'lga kiritmoqda va so'nggi o'yinda ular "Surxon"dan ustun keldi (2:0). "Lochinlar" OCHL guruh bosqichiga pley-offda "Al Vakra"ni taslim qilgan holda etib keldi.

Tarkibdagi yo'qotishlar

"Al Hilol" safida Saudiya Arabistoni futbolining yulduzi Salim Al Davsari diskvalifikaciya sabab maydonga tushmaydi. "Navbahor"dan Yovan Jokich va Davron Hoshimov jarohat sabab uchrashuvni oynaiy jahon orqali tomosha qilishga majburlar. 

Eng qimmat futbolchilar

Raqiblarda 6 xonali sondan iborat narxlardagi futbolchilar bir nechtani tashkil qiladi. Saudiya Arabistoni futboli bugungi kunda sarflayotgan pullar oldida bu tabiiy hol. "Al Hilol"da narxi bo'yicha Neymar cho'qqini egallab turibdi, 60 million evro. Bu degani "Paxtakor"ning umumiy tarkibidagi narxidan deyarli 5 barobar yuqori. "Navbahor"da eng qimmat futbolchilar ro'yxatini Jamshid Iskanderov boshqarib turibdi, 850 ming evro. Keyingi o'rinda Oston O'runov, 800 ming evro.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика