So’nggi yangiliklar

00:11Санчога харидор топилди  0 23:52"Реал"нинг янги футболчиси: "Мен учун энг зўр футболчи - Месси"  1 23:22Конференциялар лигаси саралаши. "Сабаҳ" вазифани уддалай олмади  1 22:59Ринат Дасаев: "Ўзбекистонга Жаҳон чемпионатида омад тилайман"   1 22:38Тимур Кападзе: "Майдонга Дасаевга гол ураман деб тушган эдим"   1 22:14Доннарумма "Сити"да қанча маош олади?  4 21:53Расман: Мастантуоно - "Реал" футболчиси!  4 21:29Конференциялар лигаси саралаши. "Астана" сўнгги босқич олдидан мағлуб бўлди  6 21:04"Манчестер Юнайтед" футболчиси фаолиятини "Вест Бромвич"да давом эттириши мумкин  0 20:39Ўзбекистон терма жамоаси афсоналари Россия фахрийлари билан дуранг ўйнади  12 20:25"Манчестер Сити" ва Абдуқодир Ҳусанов 2025/26 йилги мавсум учун учинчи либосини тақдим этди   4 19:56"Барселона" Майамида ташкил этиладиган "Вильярреал"га қарши ўйин ортидан 5 млн евро ишлаб олади  0 19:25"Манчестер Юнайтед"нинг Лига кубоги 2-босқичидаги рақиби аниқланди  2 18:58"Манчестер Сити"нинг янги футболчиси 10-рақамли либосни олади  1 18:30"Одил Аҳмедов ФА" U-16 "Реал", "Динамо" Тбилиси ва "Црвена Звезда" билан ўйнайди   3

Prevyu. A Seriya: Rimda markaziy bahs bo'ladi Yangiliklar

Prevyu. A Seriya: Rimda markaziy bahs bo'ladi

Italiya chempionatining 27-turi bugun ajoyib bahs orqali start oladi.


Luchano Spaletti boshchiligidagi Rimning "Roma" jamoasini og'ir imtihon kutmoqda. Ularga bugun o'z uylarida "Napoli" jamoasi qarshilik qiladi. Turnir jadvalida yonma-yon ketayotgan ushbu ikki "qo'shnilar" o'rtasidagi bellashuv qaysidir manoda kim chempionlik uchun "Yuventus"ga oxirigacha qarshilik qilishiga oydinlik kiritib berishi mumkin. "Roma" ayni paytda 5 ochkolik farq bilan "Napoli"dan tepada. Agarda mazkur bahsda rimliklarning qo'llari baland keladigan bo'lsa, unda "Napoli" chempionlik uchun kurashdan chiqib ketadi va kumush medalini qo'lga kiritish ham birmuncha qiyinlashadi. Aksincha bo'ladigan bo'lsa, unda "Roma" va "Napoli"ning o'zaro raqobati yanada oshadi.
Bu o'yin Luchano Spaletti va Mauricio Sarrining ham alohida hisob-kitob qilib olishlariga imkoniyat yaratadi. Bu ikki murabbiyning to'qnashuvini kuzatish yanada maroq bag'ishlaydi. Ushbu jamoalarning birinchi davradagi o'yinida "Roma" mehmonda bo'lishiga qaramasdan ishonchli (3:1) g'alabaga erishgandi. O'sha uchrashuv alamini olish ilinjisida ham bugun "Napoli" ikki hissa kuch bilan harakat qiladi.

A Seriyada hozirda yaqqol autsayder bo'lib turgan "Peskara" ushbu turda "Sampdoriya"ga safar qiladi. Elitada qolish uchun kurashayotgan "Peskara" uchun har bir o'yindagi ochkolar oltinga teng. "Sampdoriya" esa turnir jadvalining qoq markazida joylashgan va shu hududda qolishni ko'zlamoqda. Buning uchun jamoa hech bo'lmaganda o'z uyidagi uchrashuvlarda kerakli natijalarni qayd etishi lozim bo'ladi. Bu jamoalarning birinchi davradagi uchrashuvida tomonlar murosa ko'chasini tanlashgandi. Bu safar endi o'yin nima bilan yakun topadi? Bu savolga "Stadio Luiji Ferraris" stadionida bo'ladigan bahsdan keyin javob olamiz.

Montella qo'l ostidagi "Milan" bu turda "Kevo" bilan bellashadi. To'rt uchrashuvdan buyon mag'lubiyat nimalagini bilmay kelayotgan "Milan"dan muxlislar bu safar "Kevo" ustidan qozoniladigan g'alabani intiqlik bilan kutishmoqda. Evropa chempionlar ligasi uchun beriladigan yo'llanma uchun oxirigacha kurashishni ko'zlayotgan jamoa uchun buyog'iga har bir o'yinning qiymati juda yuqori bo'ladi. "Kevo" esa joriy mavsumda A Seriyaning haqiqiy o'rtamiyona jamoasi bo'lib turibdi. Bu jamoa istalgan raqibga muammo tug'dirishi va o'zidan kuchsiz jamoalarga ochko ulashishi mumkin. Eng qizig'i, bu jamoalarning oxirgi 13ta o'yinidan buyon "Kevo" "Milan" qarshiligini enga olgani yo'q.


Italiya A Seriyasi, 27-tur.

"Roma" - "Napoli" (19:00)
"Stadio Olimpiko" stadioni.
Bosh hakam
: Luka Banti.



"Sampdoriya" - "Peskara" (22:00)
"Stadio Luiji Ferraris" stadioni.
Bosh hakam
: Fabricio Paskua.



"Milan" - "Kevo" (00:45)
"San Siro" stadioni.
Bosh hakam: Fabio Mareska.


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика