So’nggi yangiliklar

18:06"Портсмут" — "Арсенал". Таркиблар маълум  0 17:36"Барса”, ПСЖ, "Интер”, "Юве”, "Монако" ва "Порту" клублари россиялик футболчига қизиқмоқда  0 16:58Наманган вилояти ҳокими "Навбаҳор" стадионини кўздан кечирди  2 16:01Бугун Испания Суперкубоги финали доирасида “Эл класико” бўлиб ўтади  30 15:42Хулиан Альварес АПЛга қайтиши мумкин  1 14:58"Манчестер Юнайтед”, "Реал" ва "Арсенал" грециялик футболчи учун даъвогар  1 14:10Каору Митома - "Манчестер Юнайтед"нинг трансфер мақсади  1 13:42Ван де Вен "Ливерпул"га ўтишга рози бўлди  3 13:18Суперлига-2026. Мавсумни ким қаерда бошлайди?  4 12:49Бугунги ўйинлар: “Интер” — “Наполи”, “Бавария” уйда, “Милан” сафарда ва бошқалар  1 12:45"Арсенал" Барколя учун курашга қўшилди  1 11:34Абрахам АПЛга қайтиши мумкин  5 10:39"Манчестер Сити" 40 йиллик натижани такрорлади  1 10:04Невилл МЮ учун идеал мураббий ким эканлигини айтди  6 09:28Анвар Раҳимов - "Локомотив" U-21 жамоаси бош мураббийи!  3

Predrag Rogan: "Qizil kartochka rejalarimizni o'zgartirib yubordi. Biz yaxshi tayyorgarlik ko'rgandik" Yangiliklar

Predrag Rogan: "Qizil kartochka rejalarimizni o'zgartirib yubordi. Biz yaxshi tayyorgarlik ko'rgandik"

Superliganing 4-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" - "Dinamo" (2:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Predrag Rogan fikrlarini bildirib o'tdi.

"Ilk navbatda "Bunyodkor"ni g'alaba bilan tabriklayman. O'yinda ko'p xato qildik. Futbolchimiz o'sha vaziyatda nima uchun bunday qildi, bilmadim. Xotirjam bo'lish kerak edi.

Ikkinchi taymda ham pressingda o'ynashga harakat qildik. Qizil kartochka rejalarimizni o'zgartirib yubordi. Bir kishi kam bo'lib pressing uyushtirish qiyin edi. Biz avvalgi bvhslarda ham shu tarzda o'yin namoyish etgandik. Jamoa biroz yosh, ularga moslashib ketish uchun biroz vaqt kerak. 

O'z darvozamizdan to'p o'tkazib yuborgach, ustunlikni raqibga berib qo'ydik. Bu haqda shogirdlarimga ham aytib o'tdim. Maydonda bazi fikrlarimni ularga etkazishda muammoga duch kelmoqdaman. Bolalarga xotirjamlik etishmayapti. Futbolchilar hissiyotga berilib ketishdi. Hali bu jihat ustida ham ko'p ishlashimiz kerak. "Bunyodkor"ga qarshi yaxshi tayyorgarlik ko'rgandik, ularda kuchli futbolchilar bor. Biz ularga qarshi pressing bilan o'ynamoqchi edik.  

Hakamlar haqida hech narsa deyolmayman. VAR futbol adolatli bo'lishi uchun yordam bermoqda. Hakamga etirozim yo'q, balki o'z futbolchilarimdan ko'nglim to'lmadi. Hakamlarning ishini baholash mening vazifam emas. 

"Dinamo" muxlislariga ham rahmat aytmoqchiman. Ular chinakam tomoshabin ekanligiga shubham yo'q, biz bilan Jizzaxga ham, Toshkentga ham uzoq yo'l bosib kelib, jamoani qo'llab-quvvatlashdi", - dedi Rogan.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика