So’nggi yangiliklar

12:22Палмер Бруну Фернандешга эҳтимолий ўринбосар сифатида кўрилмоқда  0 11:55Рейндерс кўприк тагида ташлаб кетилган чақалоқни боқиб олди  3 11:23Ўзбекистонлик ҳакамлар Осиё Кубогининг навбатдаги ўйинида ишлайди  0 10:43Грузия МТЖ собиқ футболчиси "Бухоро" билан шартнома имзолади  2 10:14"Манчестер Юнайтед" клубнинг антирекордини такрорлади  3 09:52"Челси" собиқ футболчиси ҳаёт билан видолашиш арафасида эканини маълум қилди  3 09:25Расман. "Бухоро" деярли 2 метрлик легионер футболчи билан шартнома имзолади  4 08:58"Эл класико"да "Барселона"га мағлуб бўлган Алонсо ўйиндан сўнг нималар деди?  14 08:31"Хоразм"нинг ўтган мавсум тўпурари фаолиятини легионер сифатида давом эттиради  2 08:04Флик ғалабадан сўнг нималар деди?  11 08:00Эл класико. "Барселона" - "Реал Мадрид" 3:2  1 07:40"Реал Мадрид" собиқ футболчиси "Локомотив" билан музокара олиб борди  3 07:14Финалнинг энг яхши футболчиси ким бўлди?  3 02:50А Серия. "Милан" "Фиорентина" билан, "Интер" "Наполи" билан дуранг ўйнади, "Лацио" эса меҳмонда "Верона"дан устун келди  3 02:05"Барселона" Испания Суперкубоги финалида "Реал"ни мағлуб этиб, бош совринни қўлга киритди  245

Predrag Rogan: "Doimgidek vaziyatlardan foydalana olmayapmiz" Yangiliklar

Predrag Rogan: "Doimgidek vaziyatlardan foydalana olmayapmiz"

Superliganing 3-turidan o'rin olgan "Dinamo" – "Qizilqum" (0:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar ustozi Predrag Rogan fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Qizilqum" va "Dinamo" futbolchilarini yaxshi o'yin bilan tabriklayman. Doimgidek birinchi bo'limda juda yaxshi vaziyatlarga ega bo'ldik. Avvalgi turlarga qaraganda shogirdlarimning o'yini kuchaydi. G'alaba qozonishni istagandik. Ammo bu – futbol. Raqib safida sifatli o'yinchilar borligini bilardik. Tajribali ijrochilarga qarshi o'ynash oson bo'lmadi.  Natijadan qoniqish hosil qildim", – deydi Rogan. 

- Superligada gol urmagan faqat "Dinamo" qoldi. To'pning darvozaga kirishida omad etishmayaptimi yoki yana boshqa omillar ham bormi?

- Omaddan tashqari sifat ham muhim. Masalan, "Paxtakor", "So'g'diyona"ga qarshi o'yinlarda yoki mana bugun qulay vaziyatlarni ko'kka sovurdik. SHunga qaramay, qo'llab-quvvatlagan muxlislarga rahmat aytaman. Men bunday ishqibozlarni ko'rmaganman. Hattoki mashg'ulotlarimizni etiborsiz qoldirishmadi. Ishlashda davom etishimiz kerak. 

- SHohmalik Komilovning holati haqida nima deya olasiz?

- Unda jarohat bor. O'ylaymanki, oraliqdagi tanaffusda u tiklanishga ulguradi. "Bunyodkor"ga qarshi bahsgacha maydonga tushishga tayyor bo'lsa kerak.





Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика