"Portu" darvozaboni ECHLda rekord qo'ydi
27 okt 2022 11:39
Yangiliklar
"Portu" darvozaboni ECHLda rekord qo'ydi
"Portu" darvozaboni Diogu Koshta "Bryugge" futbolchisi Noa Langning penaltidan tepgan to'pini qaytardi va jamoasining 4:0 hisobida g'alaba qozonishiga yordam berdi.
Etiborlisi, "Bryugge" ikki marta zarba berdi (Xans Vaneken va Noa Lang) – Koshta birinchi zarbani qaytardi, biroq hakam qaytadan tepishni aytdi. Keyingi zarba ham Diogu tomonidan bartaraf qilindi. "Portu" darvozaboni uchun bu penalti CHempionlar Ligasi guruh bosqichida qaytarilgan uchinchi standart bo'ldi. Avvalroq u "Bayer" bilan 2 ta o'yinda 11 metrlikni bartaraf qilgan edi.
SHu tariqa, Diogu Koshta bir mavsum natijasiga ko'ra ushbu ko'rsatkich bo'yicha turnir rekordchisiga aylandi. Hisob-kitoblar 2003/2004 yilgi mavsumdan boshlab olib borilmoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ-2. "Андижон" Қатарда "Ал Аҳли"га ютқазди ва мусобақа билан хайрлашди
Самвел Бабаян: “Сабр қилсак, “Андижон” фахрланадиган даражадаги жамоага айланади”
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Расман: Драган Черан — "Андижон" футболчиси!
Fikrlar