PFL: Temurxo'ja Abduholiqov 3ta o'yinga diskvalifikaciya qilindi
29 avg 2015 16:33
Yangiliklar
PFL: Temurxo'ja Abduholiqov 3ta o'yinga diskvalifikaciya qilindi
CHempionat
Qizilqumga qarshi 18-tur o'yinida raqibiga oyoq bilan zarba bergani uchun Dinamo himoyachisi Akmal Bozorov uchta o'yinga chetlatildi va jarimaga tortildi.
Olmaliq hujumchisi SHavkat Salomov hamda Mashal darvozaboni Botir Nosirov 19-tur doirasidagi Olmaliq – Mashal uchrashuvi yakunlangach o'zaro janjallashgani uchun jarimaga tortildilar va ogohlantirilishdi. SHunga o'xshash holat takrorlanadigan bo'lsa jiddiy chora ko'riladi.
Kubok
Nasafga qarshi O'zbekiston Kubogi ½ finali dastlabki uchrashuvida hakamni haqorat qilgani uchun maydondan chetlatilgan Lokomotiv hujumchisi Temurxo'ja Abduholiqov 3ta o'yinga diskvalifikaciya qilindi va jarimaga tortildi.
Birinchi Liga
Xotira-79 hujumchisi D. Abdujabborov ikkinchi bosqich 1-turidan o'rin olgan Zomin klubiga qarshi uchrashuvdagi agressiv hatti-harakatlari uchun 3ta o'yinga diskvalifikaciya qilindi.
Xotira-79 hujumchisi Sohib Abdullaev ikkinchi bosqich 1-turida Zominga qarshi o'yinda uchrashuv hakamini haqorat qilgani uchun 3ta o'yinga diskvalifikaci qilindi.
Xotira-79 klubi boshlig'i Ilxom Otavaliev Zominga qarshi ikkinchi bosqich 1-tur uchrashuvi yakunlangach hakamga oyog'i bilan zarba bergani uchun 2015 yilgi mavsum oxirigacha diskvalifikaciya qilindi.
Obod himoyachisi Kamoliddin Tojiboev ikkinchi bosqich 1-turida Kosonsoyga qarshi uchrashuvda to'p uchun kurashda raqibiga nisbatan atayin zarba bergani uchun ikkita o'yinga chetlatildi va jarimaga tortildi.
Nasaf-2 hujumchisi S. Esibaev ikkinchi bosqich 1-turi doirasidagi Yozyovon-Lochinlariga qarshi uchrashuvdagi agressiv hatti-harakatlari uchun 3ta o'yinga chetlatildi.
Paxtakor-2 hujumchisi Behzod G'anijonov Nasaf-2 klubiga qarshi ikkinchi bosqich 3-tur uchrashuvida hakamni haqorat qilgani uchun 3ta o'yinga chetlatildi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Тимур Кападзе: "Атрофдаги воқеалардан жуда чарчадим"
Славен Билич Ўзбекистон терма жамоаси бош мураббийига айланиши мумкин
Суперлига. "Насаф" "Бухоро"ни йирик ҳисобда мағлуб этди
“Бу оптимал таркиб эмас. Ҳакам қарорлари тўғри эди, мағлубиятни тан ола билиш ҳам керак" — Санъат Шихов Эрон билан ўйин ҳақида
Fikrlar