So’nggi yangiliklar

02:05ЕЧЛ. "Бавария" Мюнхенда "Челси"ни мағлубиятга учратди  17 02:05ЕЧЛ. "Ливерпуль" охирги дақиқалардаги гол эвазига камбэк қилаёзган "Атлетико"ни таслим этди. ПСЖ ва "Интер" ўз ўйинларида ғалаба қозонишди  23 00:53"Реал"нинг Хёйсенни четлатилиши бўйича берган апелляцияси рад этилди  0 00:30ОЧЛ-2. "Аркадағ" - "Андижон" 0:0  3 23:54ОЧЛ 2. Эроннинг "Истиқлол" клуби "Ал Васл"га ўта йирик ҳисобда мағлуб бўлди. Ўзбек футболчилари қайдномада йўқ эди  1 22:53ОЧЛ 2. "Андижон"нинг гуруҳидаги иккинчи ўйинда ҳам дуранг қайд этилди  22 22:32Тақиқланган модда Мудрикнинг қонига терма жамоа йиғини пайт тушгани маълум бўлди  0 22:02Анри "Арсенал" ҳақида: "Уларда деярли иккита жамоа мавжуд. Бу йил албатта бирор нарса ютиш шарт"  3 21:10Хейсен «Сосьедад»га қарши ўйиндаги ўз четлатишини ВАР бекор қилиши керак эди деб ҳисоблайди  6 20:38ОЧЛ-2. "Андижон" меҳмонда "Аркадағ" билан дуранг ўйнади  125 19:36Гвардиола «Ман Сити»ни ЧЛда ғолибликка даъвогар деб ҳисобламайди: «Аниқ йўқ. Фақат лаҳзалардан роҳатланиб, бу ерда бўлганимиздан хурсандмиз»  6 18:31Собиқ ҳакам Буррул «Реал»нинг иккинчи пенальтиси ҳақида: «Нотўғри белгиланган. Ўйинчи йиқилди, қўл ҳаракати табиий»  35 17:29"Қизилқум" майдондан чиқишни хоҳламаган футболчи билан шартномани бекор қилди  14 17:15Қайси клуб ҳозирги таркиби учун энг кўп пул сарфлаган?  9 16:50Пролига 15-турида ишловчи расмийлар  0

PFL: "Bobur Arena" sektorlari o'yin payti kuzatuv kameralari yordamida nazorat qilinadi Yangiliklar

PFL: "Bobur Arena" sektorlari o'yin payti kuzatuv kameralari yordamida nazorat qilinadi

Superliga 8-turidan o'rin olgan "Andijon" - "Metallurg" uchrashuviga qo'shib berilgan daqiqalarda ayrim futbol muxlislari tomonidan stadionga turli buyumlar uloqtirildi.

Bu kabi holat "Bobur Arena"da ilk bor kuzatilayotgani yo'q.

Oqibatda Liga mazkur masalani Tartib-intizom qo'mitasiga oshirdi hamda qo'mita yig'ilishida bevosita o'z mutaxassislari bilan ishtirok etdi. Sir emaski, Andijon o'tgan mavsumning so'nggi uy uchrashuvini muxlislarsiz tribunada o'tkazishga majbur bo'lgandi. SHuningdek, bu yil 6-turdan o'rin olgan "So'g'diyona"ga qarshi bellashuvda Liga texnik zonaga tutash sektorlarga futbol muxlislarining kirishiga ruxsat bermadi.

Afsuski, bu kabi holatlarning oqibatlariga qarshi kurashish natijasida bellashuvlarni xush kayfiyat va katta qiziqish bilan kuzatib borayotgan futbol muxlislari ham jabr chekmoqda. Ammo unutmaslik kerak-ki, Liga uchun uchrashuvlarni o'tkazishda birinchi navbatda jamoat tartibi va fuqarolar xavfsizligi muhim hisoblanadi. Futbol muxlislarining soni ko'p bo'lishidan esa birinchi navbatda mezbon futbol klubi manfaatdordir.

Qo'mita azolari hamda Liga mutaxassislari mazkur masala yuzasidan fikr almashdi. Yakunda "Metallurg" bilan o'yindagi tartibsizlik uchun "Andijon" futbol klubiga nisbatan jarima intizom chorasi qo'llanildi. SHuningdek, "Bobur Arena"da o'tadigan Liga bayrog'i ostidagi musobaqalarda "Andijon" futbol klubi muxlislar joy oladigan tribunalarni monitoring qilib borishda katta masuliyatni o'z zimmasiga olishi kerak bo'ladi. Qo'mita va Liga talabi bilan klub stadion texnik zonasi hamda unga qarama-qarshi sektorlarning har birini o'yin davomida suratga tushirib borish uchun videokameralardan foydalanish tizimini yo'lga qo'yishi va uchrashuv yakunida kerakli kadrlarni taqdim etib borishi lozim.

Bu bilan muxlislik madaniyatiga rioya qilmayotgan, ommaviy tadbirlarni o'tkazish qoidalarini buzayotgan va oqibatda jamoat tartibiga putur etkazayotgan kimsalar shaxsiga oydinlik kiritish ko'zda tutilgan. Yuqoridagi kabi holatlar videotasvirga tushirilgach, huquqni muhofaza qiluvchi organlar yordamida qoidabuzarlar shaxsiga aniqlik kiritilib, ularni jiddiy javobgarlikka tortish choralari ko'riladi. Bu kabi holatlar ommaviy tartibsizliklar keltirib chiqarishi ehtimoli bor ekanligi inobatga olinib, Liga hamda klub huquqni muhofaza qiluvchi organlardan qoidabuzarga nisbatan qatiy chora ko'rish, ularning stadionlarga kirishini taqiqlash kabi jazo choralarini so'raydi.

O'z navbatida Liga andijonlik barcha faol futbol muxlislariga murojaat qiladi. Biz "Bobur Arena" stadionidagi go'zal muhit, uning muxlislar bilan to'lib toshishidan manfaatdormiz va buning uchun klub hamda muxlislar etakchilari bilan hamkorlikda ishlashga tayyormiz. O'z navbatida ulardan mana shunday muhit davom etishi yo'lida birlashish, qoidabuzarlarni aniqlashga ko'maklashish masalasida hamkorlik qilishni so'raymiz. Bu kabi kimsalar shaxsiga oydinlik kiritilib, ularga nisbatan tegishli jazo choralarining ko'rilishi "Bobur Arena" stadioniga muxlislar tashrifi bilan bog'liq muammo bo'lmasligida asosiy omil hisoblanishini bildiramiz.

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика