Peres shov-shuvli transfer uchun bankdan katta miqdorda kredit oldi
16 avg 2019 00:05
Yangiliklar
Peres shov-shuvli transfer uchun bankdan katta miqdorda kredit oldi
Real rahbari Florentino Peres Ispaniyadagi banklarning biridan katta miqdorda kredit oldi, deya xabar beradi Sport.es
Manbada mablag'ning aniq sonlari keltirilmagan. Biroq, qayd etilishicha, ushbu pullar PSJ forvardi Neymarning transferi uchun sarflanadi.
Aytilishicha, keyingi hafta Peres parijliklar bilan muzokaralarning so'nggi bosqichiga o'tadi.
Tahminlarga ko'ra, «qirollik klubi» braziliyalik futbolchi uchun PSJga 120 mln. evro to'lab, klub azolaridan yana kimnidir qo'shib beradi. O'z navbatida, kelishuv summasi yanada oshishi kutilmoqda.
Fikrlar