Pepe Reyna "Real"ga o'tishi mumkin
22 avg 2019 18:57
Yangiliklar
Pepe Reyna "Real"ga o'tishi mumkin
"Real" jamoadan ketishi mumkin bo'lgan Keylor Navas o'rniga nomzodlar qidirmoqda.
Nomzodlar orasida esa "Milan" darvozaboni Pepe Reyna ham bor.
Oldinroq, Madrid klubi ukrainalik darvozaboni Andrey Luninni "Valyadolid"ga ijaraga berib yuborgan edi.
Endilikda jamoaga ikkinchi darvozabon kerak. Reyna ham "Milan"da aynan shu rolni bajarmoqda. Hozirda milanliklarning asosiy posboni Janluiji Donnarumma sanaladi.
36 yoshli Pepe Reyna o'tgan mavsum "Milan"da 12ta o'yinda maydonga tushib, 15ta gol o'tkazib yuborgan.
Posbon bundan oldin "Liverpul", "Napoli", "Vilyarreal", "Barselona" va "Bavariya" klublari sharafini himoya qilgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Осиё чемпионига айланган U-17 терма жамоасининг 5 нафар футболчиси "Андижон"да!
Сергеев келажаги бўйича бир қарорга келди
Черан "Андижон" таклифини рад этди ва бошқа бир жамоага ўтмоқда
Роналду нима учун овоз бермади? Португалия сардори FIFA The Best маросимини ўтказиб юборди
Fikrlar