Pep Gvardiola: "Manchester Siti" transferlari haqida fikr bildirmayman"
11 jan 16:12
Yangiliklar
Pep Gvardiola: "Manchester Siti" transferlari haqida fikr bildirmayman"
- Butun oy davomida media bizni kim bilan bog'lasa, o'sha haqida savol berishga harakat qilasiz, shu sababli javob bermayman. Siz to'xtamasligingiz mumkin, ammo baribir javob ololmaysiz, chunki vaziyatni bilmayman.
Ha, biz bozorga chiqmasligimiz kerak, vaziyat menga yoqayotgani yo'q. Ammo barcha jarohatlarni hisobga olsak, shunga majburmiz. Buyog'iga nima bo'ladi, aytmayman, chunki bilmayman.
Klub bilan muloqotdaman, ammo nimalar bo'layotganidan xabarim yo'q.
- "Manchester Siti" Marmushga qiziqayotgani rostmi?
- Meni eshitmadingizmi? Aniq qilib aytdim, bu mavzuda gapirmayman. U boshqa klub futbolchisi.
Siz har bir matbuot anjumanida transfer oynasi haqida so'rashingiz mumkin, ammo birorta savolga javob bermayman. Bunday qilish to'g'ri emas" - dedi "Manchester Siti" ustozi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar