So’nggi yangiliklar

02:40А Серия. "Интер" қийин ўйинда Бергамода "Аталанта"ни минимал ҳисобда мағлуб этди ва жадвалда биринчи ўринга кўтарилиб олди  3 01:49Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди  9 23:30АПЛ. Грейнинг голи "Тоттенхэм"га Лондон дербисида ғалаба тақдим этди  0 23:12Дембеле Globe Soccer Awards томонидан йилнинг энг яхши футболчиси деб топилди  5 22:11Дембеле, Ямал, Мбаппе, Хакими, Холанд, Педри, Доннарумма ва Кейн IFFHS’нинг 2025 йилги терма жамоасида  7 22:05А Серия. Хойлунднинг дубли "Наполи"га муҳим ўйинда ғалаба келтирди  2 21:3730 декабрь - ОЧЛ 2 қуръаси  1 20:45Артём Довбик Испанияга қайтиши мумкин  0 20:21Эрон Про лигаси. "Истиқлол" ўз уйида мағлубиятга учради, Машарипов қайдномадан ўрин олди  3 20:10БАА Про лигаси. "Дибба" ўз уйида "Ал Васл"га мағлуб бўлди, Абдуллаев ўйинда тўлиқ ҳаракат қилди  0 19:54"Бавария" икки муҳим ўйинчиси билан шартномани узайтиради  0 19:01Раҳим Стерлингга АПЛдан янги даъвогар пайдо бўлди  2 18:32А Серия. "Милан" ўз уйида "Верона"ни мағлуб этди  4 16:15"Ливерпуль” Родриго учун қанча тўлашга тайёрлиги маълум бўлди  3 15:492025 йилнинг "энг яхши ёш футзалчиси" Абдулборий Илёсов: "Бу соврин мени янада кучлироқ қилади"  2

Penalti bormidi? Sobirjonovning o'zi javob berdi Yangiliklar

Penalti bormidi? Sobirjonovning o'zi javob berdi

O'zbekiston kubogichorak finali doirasidagi "Navbahor" - "Paxtakor" uchrashuvidan keyin mezbonlar vingeri Asadbek Sobirjonovning fikrlari bilan qiziqdik.

— O'tgan yilgi finalchiga qarshi o'ynash qiyin bo'lmadimi?

— Zo'r o'yin, maydonni har bir qarichida kurash bo'ldi. Muxlislar ajoyib atmosfera yaratib berishdi. Taktik jihatdan to'g'ri harakatlandik. SHu tufayli to'pni "Paxtakor" nazorat qilsa ham, golli vaziyatlarni biz ko'proq yaratdik. Yirik hisob qayd etilishi ham mumkin edi.

— "Navbahor" 17-turdagi o'yinga nisbatan yaxshiroq ko'rindi. Bu holatni nima bilan izohlaysiz?

— To'g'ri, oldingi o'yinimizda bir qancha xatolarga yo'l qo'ygandik. CHorak finalga tayyorlanish asnosida murabbiylar o'sha bahsni tahlil qilib, barchasini o'zimizga tushuntirishdi. Kechagi bahsda yigitlar ham 2 hissa kuch sarflaganini aytish kerak.

— G'alabada muxlislarning o'rni qanchalik ahamiyatli? O'yinning Namanganda o'tkazilishi ham raqibga qiyinchilik tug'dirdimi?

— Albatta, jamoa muxlislarining hissasi ham juda katta. Guvohi bo'ldingiz, butun o'yin davomida raqibga bosim o'tkazishdi. "Paxtakor" futbolchilarida shuning hisobiga bazi vaziyatlarda xato yuz berdi. SHu tomondan qarasak, Namanganda o'ynash istalgan jamoa uchun qiyin.

— 2-penalti sizga nisbatan ishlatilgan foldan keyin belgilandi. O'yin o'tib ketdi. Rostini ayting, Aliboev to'pga ulgurmadimi?

— Video orqa tomondan olingani va kadr sifati pastligi tufayli aniq ko'rinmagan bo'lishi mumkin. Lekin raqib "podkat" tashlayotgan paytda men vaziyatni his qilib, to'pni yopishga ulgurgandim. Zarba chap oyog'imga bo'ldi va yiqilish jarayonida koptokni men tepib yubordim.

Faxriddin suhbatlashdi

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика