So’nggi yangiliklar

01:50Дерби олдидан "Манчестер Сити"нинг 4 футболчиси сафга қайтди  1 01:08Жанлуижжи Доннарумма: "Пеп мени жамоасида кўришни истаётганини айтди. Бу мени ғурурлантирди"  1 00:46Расман: Онана - "Трабзонспор" дарвозабони!  16 00:15"Вест Хэм" дербидан олдин мухлисларга тақиқ қўйди  0 23:44Доннарумма "Манчестер Сити"да қайси рақамда ўйнайди?  0 23:29"Реал" "Ливерпуль" марказий ҳимоячисини текинга қўлга киритмоқчи  0 22:57"Атлетик" "Ал Насср" футболчисини рўйхатдан ўтказди  0 22:32УЕФА 2026/27 мавсумидаги еврокубоклар финаллари ўтадиган стадионларни эълон қилди  2 22:16Отабек Нарзуллаев: "Бу мавсум давомидаги энг муҳим учрашувлардан бири бўлди"  0 21:45Элдор Мойлиев: "Футболда ютган жамоага юқори баҳо қўйилади"  1 21:18"Бунёдкор" стадионини ўз ҳолатига қайтариш ишлари бошланди  22 20:49Рональдиньонинг ўғли Чемпионшип жамоасида ўйнайди  4 20:22Суперлига. "Машъал" Ғузорда "Шўртан"дан устун келди  7 19:53Виктор Гёкереш – Португалия чемпионатида мавсумнинг энг яхши футболчиси  0 19:24"Арсенал" икки етакчиси билан шартномани узайтирмоқчи  3

Pele JCH-2014 vaqtida Braziliya termasini qo'shiq aytib qo'llab-quvvatlaydi Yangiliklar

Pele JCH-2014 vaqtida Braziliya termasini qo'shiq aytib qo'llab-quvvatlaydi

Jahon futboli afsonasi Pele futbol bo'yicha Braziliya terma jamoasini 2014 yilgi jahon chempionati vaqtida qo'llab-quvvatlash maqsadida qo'shiq kuylaydi.
Bu haqda Agence France-Presse axborot agentligi xabar bermoqda.

Baxtiyorligimdan ko'zimga yosh keldi, futbol biznin qonimizga singib ketgan, – deb Pele qo'shiqning birinchi qatorini jurnalistlarga o'qib berdi. U qo'shiqning nomini malum qilishdan bosh tortdi, biroq yaqin vaqt ichida elon qilinishini aytib o'tdi.

JCH-2014ning qo'shiqlari rasmiy to'plamidan hozirgacha Rikki Martin, SHakira, Pitbull va Jennifer Lopesning qo'shiqlari o'rin olib ulgurgan.

Men Rikki Martinning qo'shig'ini eshitib ko'rdim, u menga yoqmadi, – dedi Pele. Uning so'zlariga ko'ra, qo'shiqda jamoa qanday qiyinchiliklarni boshdan kechirgani eslab o'tilishi kerak. Sobiq futbolchi Braziliya terma jamoasi qanday natija qayd etishidan qatiy nazar uni qo'llab-quvvatlashga chaqirdi.

O'tgan hafta Braziliyada jahon chempionatini o'tkazish uchun haddan tashqari ko'p harajat qilinayotganiga qarshi ommaviy norozilik namoyishlari bo'lib o'tgandi. Hozirgacha musobaqani tashkil etish uchun 11 milliard dollar sarflandi. Korrupciya, stadionlar qurilishi uchun haddan tashqari katta xarajatlar – bunga futbolchilarning aloqasi yo'q. Bu ularning aybi emas, – deya qayd etdi Pele.

Avvalroq Pele mashhur One Direction musiqiy guruhiga azo bo'lish istagini bildirgandi. Guruh koncerti vaqtida 73 yoshli braziliyalik sahnaga chiqib, guruhning ashaddiy ishqibozi ekanligini va ushbu guruhda gitarachi sifatida qatnashish istagi borligini malum qilgandi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика