Pele: "Neymarga terma jamoa etakchisi sifatida qaramaslik kerak"
09 may 2014 02:02
Yangiliklar


Pele: "Neymarga terma jamoa etakchisi sifatida qaramaslik kerak"
Braziliyalik afsonaviy futbolchi Pele Luis Felipe Skolari tanlagan tarkib haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
O'ylashimcha, Skolari o'z ishini yaxshi bajardi. U hammasini kutilganidek amalga oshirdi. Hech qanday syurprizlar bo'lmadi.
Lekin jamoaga tajribaliroq futbolchilarni jalb qilsa maqsadga muvofiq bo'lardi. kaka va Robino singari futbolchilarning boy tajribasi jamoaga ko'proq foyda keltirardi.
Umuman olganda, murabbiyning tanlovi yomon emas.
Bu tarkibdan hech bir futbolchini chiqarib yubora olmasdim, yaxshisi turnirga 24 futbolchini olardim.
Neymarga terma jamoa etakchisi sifatida qaramaslik kerak. Yaxshisi Tiago Silva yoki Fredga suyanish lozim.

Fikrlar