So’nggi yangiliklar

10:53Роберто Манчини Россия клубида иш бошлаши мумкин  1 10:24Жароҳати сабаб янги мавсум стартини ўтказиб юборадиган футболчилардан иборат рамзий жамоа  1 09:55Превью. Бугун "Сўғдиёна" Тошкентда "шерлар" меҳмони бўлади  2 09:26"Андижон" футболчилари ОЧЛ 2 қуръасидан олдин ўз фикрларини билдиришди  4 08:57"Манчестер Сити" футболчисини 70 миллион еврога сотмади  2 08:28Александер Исак "Ньюкасл"га бойкот эълон қилди  8 07:59Бугун "Насаф" ва "Андижон" халқаро майдондаги рақибларини билиб олишади  11 07:30Суперлига. Бугун 19-турга старт берилади  3 01:47"Челси" Гарначо учун 30 миллиондан кўп тўламоқчи эмас  1 01:11Эрик тен Хаг: "Фақатгина Гарри Поттер катта тезликда яхши жамоа ташкил қилиши мумкин"  6 00:11Санчога харидор топилди  0 23:52"Реал"нинг янги футболчиси: "Мен учун энг зўр футболчи - Месси"  20 23:22Конференциялар лигаси саралаши. "Сабаҳ" вазифани уддалай олмади  3 22:59Ринат Дасаев: "Ўзбекистонга Жаҳон чемпионатида омад тилайман"   3 22:38Тимур Кападзе: "Майдонга Дасаевга гол ураман деб тушган эдим"   1

"Paxtakor": Tarbiyalanuvchilarimiz xalqaro turnirlarda ishtirok etishadi Yangiliklar

"Paxtakor": Tarbiyalanuvchilarimiz xalqaro turnirlarda ishtirok etishadi

Teglar :  Paxtakor
Yaqinlashib kelayotgan kunlarda "Paxtakor" akademiyasining 3 yosh toifasidagi tarbiyalanuvchilari xalqaro musobaqalarda qatnashishadi.

Dilshod Nuraliev boshqarayotgan 2002 yil tarbiyalanuvchilari 25 martdan 1 aprelga qadar Rossiyaning Sochi shahrida bo'lib o'tadigan sport ustasi va 1960 yilgi Evropa chempioni Valentin Bubukin xotirasiga bag'ishlangan turnirda ishtirok etadi.

25-30 mart kunlari Qozog'istonning Olma-Ota shahrida 2003 yilda tavallud topgan yoshlarimiz davlat arbobi Nurlan Kapparov xotirasiga o'tkaziladigan musobaqada kuchlarini sinab ko'rishadi. Dmitriy An shogirdlari turnirda "Qayrat", "Jasqiran", "Zenit", Turkmaniston, Tojikiston, Xitoy va Qirg'iziston vakillari bilan bellashadi.

Stanislav Kudryashov boshqarayotgan 2001 yil jamoasi 3-8 aprel kunlari Krasnodarda Sergey Vaxrushev xotira turnirida qatnashadi. Musobaqada "Krasnodar", "CHertanovo", "Rubin", BATE, "Lokomotiv", "Septembri" Sofiya va "Galatasaroy" jamoalari tarbiyalanuvchilari ishtirok etishlari ham mo'ljallangan.


Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика