So’nggi yangiliklar

20:30Суперлига. "Навбаҳор" – "Сурхон" (матнли трансляция)  18 20:26Суперлига. "Сўғдиёна" ОКМКга 4 та гол урган оқшомда Бошкович илк бор Қосимовни мағлуб этди  34 19:50Моуриньюга АПЛдан янги вариант пайдо бўлди  0 19:19Баллак Чемпионлар Лигасининг жорий мавсумдаги асосий фаворитларини айтди  4 18:49Тармоқларда ЖЧ-2026 тўпининг суратлари айланмоқда  0 18:16"Андижон"нинг бўлажак рақиби ишончли ғалабага эришди  3 17:50Гвардиола: "3 нафар футболчимиз МЮга қарши аниқ ўйнолмайди. Стоунзнинг майдонга тушиши сўроқ остида. Қолганлар ўйинга тайёр"  5 17:07Руслан Жиянов: "Ота-онам ва тоғам Олимпиада ва ЖЧ йўлланмасини қўлга киритадиган терма жамоа сафида ўйнаш насиб этсин, деб дуо қилишарди"  12 16:40АПЛда август ойининг энг яхши мураббийи аниқланди  1 16:08Ўзбекистон қизиқиш билдирган мураббийга энди Чехия ҳам даъвогар  16 15:48АПЛда август ойининг энг яхши футболчиси маълум  1 15:30"Машъал" ўз уйида меҳмон бўлган "Шўртан"ни ютган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 15:09"Монако" бош мураббийи Погба қачон майдонга тушишга тайёр бўлишини айтди  1 14:40"Ювентус" ҳужум чизиғини нигериялик тўпурар билан кучайтирмоқчи  0 14:11"Бургос" билан музокаралардан қочган Очоа Кипр жамоасига ўтди  0

"Paxtakor": O'zbekiston Kubogi. Nimchorak finaldagi raqib "Qo'qon-1912" Yangiliklar

"Paxtakor": O'zbekiston Kubogi. Nimchorak finaldagi raqib "Qo'qon-1912"

10 may kuni O'zbekiston Kubogining nimchorak final dastlabki uchrashuvlari bo'lib o'tadi.
"Paxtakor" bu safar birinchi liganing sharqiy mintaqasida peshqadamlik qilayotgan "Qo'qon-1912" jamoasi mehmoni bo'ladi. Oliy ligaga chiqishni oldiga asosiy maqsad qilib qo'ygan qo'qonliklar hozircha mag'lubiyatsiz odimlashmoqda. Kubokning avvalgi bosqichida bu jamoa "Neftchi"dan penaltilar seriyasida ustun kelgandi.

Mavsumni Tohir Kapadze qo'l ostida boshlagan "Qo'qon-1912"ga bir necha hafta oldin Rustam Abdullaev bosh murabbiy etib tayinlandi. Jamoa tarkibida Andrey Baklanov, Aziz Ashurov, Jalil Kimsanov, Xurshid Uzoqboev, Nodir Qo'ziboev, Ali Yo'ldoshev, Aziz To'xtaboev singari oliy ligada o'zlarini ko'rsatgan futbolchilar bor.

SHu paytga qadar jamoalar kubok bahslari doirasida to'qnash kelishmagan. Oliy ligadagi 18 uchrashuvning 11tasida "Paxtakor", 5tasida "Qo'qon-1912" zafar quchgan. 2 o'yinda durang qayd etilgan. Jamoamiz 53 bor, raqib 30 marta to'p kiritgan. Oxirgi marta 2003 yilda oliy ligada o'yinlar bo'lib o'tgan. O'shanda jamoalar o'z maydonlarida zafar quchgan. Toshkentda 5:1, Qo'qonda 3:2 hisobi kuzatilgan.

Ushbu juftlikda o'zbek futbolining ilk tashkil topgan jamoasi va eng sovrindor jamoasi bahs olib boradi. 10 may, shanba kuni Qo'qon shahridagi markaziy stadiondagi uchrashuv soat 17:00da boshlanadi.


QO'QON-1912 - PAXTAKOR

Hakamlar:
Rustam Bobomurodov (Navoiy), Fayzullo Hasanov (Namangan), Rahim G'ofurov (Namangan), Rustam Tolibjonov (Qo'qon).

Nazoratchi: Artyom Arutyunov (Toshkent).
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика