"Paxtakor" O'zbekiston chempionatida 2000-golini urdi
04 iyu 2022 21:13
Yangiliklar
"Paxtakor" O'zbekiston chempionatida 2000-golini urdi
"SHerlar"ning O'zbekiston chempionatidagi ilk golini Oleg Sinelobov 1992 yil Kosonsoyda "Kosonsoychi" jamoasi darvozasiga urgan. 100-gol esa SHuhrat Maqsudov hisobiga yozilgan. Himoyachi bo'lishiga qaramay, Ulug'bek Ro'zimov ikki bor yubiley gollari muallifiga aylangan. Zayniddin Tojiev va Aleksandr Geynrix ham shunday natijaga erishgan. Geynrix "Paxtakor"ning 1000-golini urgani etiborga molik. 2005 yil Toshkentda "Metallurg"ga qarshi bellashuvda u bunday natijaga muvaffaq bo'lgan. Marat Bikmaev "Andijon" bilan bahsda 1800-to'pni kiritgandi. "Buxoro" bilan bahsda 2020 yil Igor Sergeev 1900-to'pni kiritgan. Bekobodda "Metallurg"ga qarshi bellashuvda esa Aziz Turg'unboev 2000-gol muallifiga aylandi.
Quyida yubiley gollar mualliflari bilan tanishing.
1 - Oleg Sinelobov
100 - SHuhrat Maqsudov
200 - Ulug'bek Ro'zimov
300 - Ulug'bek Ro'zimov
400 - Samad Narziqulov
500 - Igor SHkvirin
600 - Soli Qurbonov
700 - Leonid Koshelev
800 - Server Jeparov
900 - Zayniddin Tojiev
1000 - Aleksandr Geynrix
1100 - Ixeruome Uche
1200 - Zayniddin Tojiev
1300 - Aleksandr Geynrix
1400 - SHerzod Karimov
1500 - Oybek Qilichev
1600 - Stanislav Andreev
1700 - Igor Sergeev
1800 - Marat Bikmaev
1900 - Igor Sergeev
2000 - Aziz Turg'unboev
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Cуперлига. "Нефтчи" Фарғонада "Сурхон"ни мағлуб этиб, чемпионлик учун курашни давом эттирадиган бўлди
Месси МЛСдаги танаффус пайтида Саудия Арабистони клубига ўтмоқчи эди, аммо саудияликлар бунга рози бўлишмаган
Суперлига. "Шўртан" голларга бой ўйинда ОКМКни мағлуб этди
ЎзФҲМ Найим Қосимовга финалдаги ҳаракатлари учун неча баҳо қўйгани маълум
Fikrlar