So’nggi yangiliklar

18:38Артета Зинченкони "Арсенал"дан кетмасликка кўндирди  0 18:16Расман: Валижон Раҳимов – "Бунёдкор" аъзоси!  1 17:56"Челси" "Аталанта" ҳимоячисини сотиб олмоқчи  0 17:28Расман: Феликс Роналдунинг жамоадошига айланди  1 17:06Расман: Олимпиада бронза медали соҳиби "Машъал"га ўтди  3 16:37"Ал Насср" "Челси" ҳимоячисига даъвогар  1 16:15Сўнгги мавсумини Туркияда ўтказган дарвозабон "Андижон"га келмоқда  5 16:02Расман: "Пахтакор" Турғунбоевни сафига қўшиб олди  5 15:49Расман: Рустам Турдимуродов – "Сурхон" аъзоси!  6 15:32Грилиш "Манчестер Сити"да машғулотларни давом эттирмоқда  0 15:10Мираброр Усмонов Кубоги-2025 мусобақаси тақдирлаш маросимидан ГАЛЕРЕЯ  1 14:55Аёллар Осиё Кубогига қуръа ташланди: Ўзбекистон КХДР билан беллашади  2 14:37БУМ! Ўзбекистон МТЖ ноябрь ойида Тошкентда жаҳон чемпионига қарши ўйнайди  27 14:26Ўзбекистон U-23 терма жамоаси хотира турнирида Японияга имкониятни бой берган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 14:13"Арсенал" Салиба билан шартномани узайтириш жараёнини тезлаштирди  2

"Paxtakor" maydonidan yana quruq qo'l bilan qaytish - "Qizilqum"ning Toshkentdagi birinchi va yagona g'alabasi qanday bo'lgandi? Yangiliklar

"Paxtakor" maydonidan yana quruq qo'l bilan qaytish - "Qizilqum"ning Toshkentdagi birinchi va yagona g'alabasi qanday bo'lgandi?

Teglar :  PaxtakorQizilqum
Kecha Toshkentdagi "Paxtakor" - "Qizilqum" uchrashuvi bilan Superliganing 5-turiga yakun yasaldi.

Aytish mumkinki shu kuni maydonda daraja, futbolchilarning saviyasi va mahorati bobida "Paxtakor" yaqqol ustunligini ko'rsatdi (3:1). Asror Aliqulov va "Qizilqum" uchun esa bu yil o'ziga hos sinovli mavsum bo'lmoqda. Yangi jamoa, yangi murabbiy va avvalgi yillardan butkul farqli tarkib. Qaysidir manoda navoiyliklarning "sherlar"dan uchralgan mag'lubiyati odatiy hol sifatida qabul qilindi. To'g'rida bungacha ham, bundan kuchli tarkib bilan ham uch ochko olishni uddasidan chiqa olishmagan. "Qizilqum"ning Toshkentdagi yagona g'alabasiga esa 22 yil to'ldi. 2001 yilgi mavsumda Sergey SHevchenko boshchiligidagi jamoa bu ishni uddasidan chiqqandi. Undan bir yil oldin ham SHevchenko poytaxtdan "Paxtakor" maydonidan 1 ochko bilan qaytgan. Ushbu mutaxassis ketma-ket ikki yil "sherlar"dan safarda ochko olgan ilk murabbiy hisoblanadi. 

Oliy liga (Superliga) - 2001. 20-tur

PAXTAKOR - QIZILQUM 1:2

31.07.2001. 7 000 tomoshabin. 

Gollar: Nematullo Qutiboev - Spartak Murtazoev, Arslon Tolipov

"Paxtakor": Oleg Belyakov, Qayrat O'taboev, Konstantin Sosenko, Gennadiy SHaripov, Vladislav Lyutiy (Muxtor Qurbonov 76), Vladimir Baranov (Leonid Koshelev 40), Andrey Vlasichev, Bahodir Seytkamolov, SHuhrat Rahmonqulov, Aleksey Jdanov (Igor SHkvirin 61), Nematullo Qutiboev

"Qizilqum": Boris Beloshapka, Ruslan Vagapov, Pavel Gulmanov, Davron Odilov, Murod SHaripov (Damir Idrisov, 72), Sergey Dub, Aleksey Nikolaev, Spartak Murtazoev, Rinat Bayramov (Ulug'bek Usmondiyorov, 86), SHerzod Nazarov (G'airbek Xudoyberganov, 64), Arslon Tolipov


2001 yil "Qizilqum" 6, "Paxtakor" 2 o'rinni egallagan. "Neftchi" esa hozigacha so'nggi bo'lib turgan chempionlikni qo'lga kiritgan. Yuqoridagi natija faqat g'alaba edi. 2010 yil esa "oltin izlovchilar" Toshkentdan 0:0 hisobida bir ochko bilan ortga ravona bo'lgan. Bu esa hozirgacha jamoaning "Paxtakor" maydonidan qo'lga kiritgan so'nggi ochkosi bo'lib turibdi. Keyingi 14 uchrashuvning barida mezbonlarning qo'li baland kelgan. Ayrim holatlar bo'lganki, mehmondo'stlikni juda maromiga etkazgan, 8:0, 7:0, 6:1, 6:0 kabi yirik hisoblarda yutuqqa erishgan. O'zaro o'yinlarning so'nggi 5tasida amaldagi chempionlar 16ta gol urgan va darvozasidan 3ta to'p olib chiqqan. 


Oliy liga (Superliga) - 2010. 13-tur

PAXTAKOR - QIZILQUM 0:0

13.06.2010. "Paxtakor" stadioni

"Paxtakor": Timur Jo'raev, Kamoliddin Tojiev, Aleksandr Kleckov, G'ulom O'runov (Akmal Xolmatov, 5) (Sanat SHixov, 63) Murod Xolmuhammedov, Odil Ahmedov, Darko Markovich, Stanislav Andreev, Artur Gevorkyan (SHerzod Karimov, 78) Milorad Yanush, Aleksandr Geynrix 

"Qizilqum": Andrey Melnichuk, SHerzod SHaripov, Andrey Eroxin, SHavkat Nasibullaev, Jasur Xasanov, Vadim Lyubinskiy, Ahrol Riskullaev, Leonid Koshelev, SHerali Jo'raev (Sobir Usmonxo'jaev, 76) Rufat Israilov, Vladimir Postolatev (Anton Lisyuk, 88)

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика