So’nggi yangiliklar

15:17Расман: Пиоли янги жамоасини қабул қилиб олди  0 14:29Сергеев, Дориев, Мозговой... Суперлиганинг 1-давра рамзий терма жамоаси  6 14:16Шойқулов "Андижон"дан кетди  0 13:46Итальян клуби Санчо учун МЮга 10+5 млн евро таклиф қилди  1 13:17"Ювентус" Рэшфорд билан шартнома имзоламоқчи  1 12:26Зинченко Лондоннинг бошқа клубига ўтиши мумкин  0 11:58"Ньюкасл" 55 млн фунтлик трансферни амалга оширди  1 11:32"Реал" Мак Аллистерга қизиқмоқда, аммо...  2 11:00Родриго “Арсенал“га ўтиши учун аниқ бир талабни қўйди  11 10:34А Сериянинг яна бир тўпурари Саудияга йўл олиши мумкин  1 09:24Допинг сабаб икки йил футбол ўйнамаган жаҳон чемпиони Б Серия жамоасига ўтди  1 08:55“Реал“ ҳужумчиси икки ойга сафдан чиқди  2 08:27Томас Мюллер фаолиятини Европанинг кутилмаган жамоасида давом эттириши мумкин  1 07:58“Реал“ 90 миллионга таянч ярим ҳимоячи сотиб олмоқчи  5 07:32Луи ван Гал саратон касаллигини енгганини эълон қилди  1

"Paxtakor" darvozasiga urilgan gol to'g'ri bekor qilindimi? Superliganing 15-turida hakamlik muhokamasi Yangiliklar

"Paxtakor" darvozasiga urilgan gol to'g'ri bekor qilindimi? Superliganing 15-turida hakamlik muhokamasi

"Championat.Asia"ning hakamlik bo'yicha eksperti, rossiyalik sobiq hakam Anatoliy Sinyaev ("Alyo, ref!" telegram kanali) o'z hakamlar jamoasi bilan Superliganing 15-tur o'yinlaridagi bahsli epizodlarni ko'rib chiqdi.


✅ "So'g'diyona" - "Qo'qon-1912"
https://youtu.be/YpkxXObQZZo?t=48
Hakam penaltini "So'g'diyona" foydasiga to'g'ri belgiladi. Bu erda biz ehtiyotsizlikdan "klassik" folni ko'ramiz. "So'g'diyona" hujumchisi to'xtab, harakat yo'nalishini keskin o'zgartirib, to'pni o'z ostiga olib qo'yganidan so'ng, "Qo'qon-1912" himoyachisi o'ylamasdan harakat qiladi va chap oyog'i bilan hujumchining o'ng oyog'iga zarba berdi va to'pga o'ynamadi. Kartochkalarsiz penalti.

❌  "Surxon" - "Buxoro"
https://youtu.be/pXr4axQudwA?t=118
Bu erda "Buxoro" foydasiga penalti belgilanishi kerak edi. "Surxon" futbolchisi oldinda tavakkal qilib podkat qiladi. Sakrash fazasi bor, oyoq uzatilgan, u maysada cho'zilmaydi, balki jarohat etkazish xavfi bilan yuqoridan pastga harakatlanadi. Yakkakurashga kirishish intensivligi yuqori, tikanlar bor. Himoyachining xatti-harakatlarini "o'ylamay qilingan xatti-harakat" deb tavsiflash mumkin, chunki u kontaktning oqibatlarini yumshatishga harakat ham qilmaydi. VAR epizodga aralashib, bosh hakamni monitor yoniga chaqirishi kerak edi.

✅❓ "Andijon" - "Bunyodkor"
https://youtu.be/VN3icFl9Y3Q?t=183
"Bunyodkor" hujumchisi va "Andijon" himoyachisi o'rtasida qoidabuzarlik hisoblanmaydigan o'zaro va engil kontaktlar mavjud. Shundan so'ng hujumchi darvozaga zarba berish bilan o'z harakatini yakunlaydi. Tasvir sifati pastligi sabab "Andijon" darvozabonining joylashuvini aniq belgilab bo'lmayapti. Vaziyat "chegaraviy," shuning uchun hakamlarning o'yinni davom ettirish va VARning vaziyatga aralashmaslik qarorini qo'llab-quvvatlayman.


❌ "Dinamo" - "Nasaf"
https://youtu.be/Az_UCqtPpUk?t=147
Mavjud takrordan kelib chiqib, qoidabuzarlik jarima maydonchasi chizig'igacha bo'lganini his qilish mumkin. Shu bilan birga, hakamning imo-ishorasiga ko'ra, u avval jarima to'pi belgilagan, keyin esa qarorini o'zgartirgan. Yana boshqa takrorlarni ko'rsak yaxshi bo'lardi, albatta. Shuningdek, hakamning yomon poziciyasini ham qayd etaman. "Dinamo" futbolchisi maydon markaziga yaqinlashgan to'p uchun yakkakurashda g'alaba qozongach, hakam jarima maydoni tomon tezlashishi kerak edi. Epizodni "kesib" ko'rish uchun biroz chapga siljigan maqul. U turgan joydan turib, o'yinchilarning orqa tomonidagi vaziyatni ko'rdi.
Umuman, bunday vaziyatlarda qo'pollikni aniqlash assistentlarning vijdoniga havola. Ular bu chiziqni yaxshi ko'rishadi, bu ularning masuliyat zonasi. Yomon poziciyaga qaramay, bosh hakam fol qayd etdi, ammo aynan qaerda fol bo'lganini ko'rish (jarima maydoni oldidami yoki ichida) unga juda qiyin. Bu erda assistent bosh hakamga yordam berishi kerak edi.

✅ "Paxtakor" - "Navbahor"
https://youtu.be/aieO1ctYDcI?t=156
Nazarimda, hakam "Navbahor"ning golini to'g'ri bekor qilyapti, VAR esa vaziyatga to'g'ri aralashyapti. "Paxtakor" darvozaboni to'p bilan o'ynagandan so'ng, "Navbahor" hujumchisi o'ng qo'lini tirsagidan bukib, to'pni oldinga yuqoriga siljitadi, shu bilan birga to'p ustidan nazoratni qo'lga kiritadi va darhol gol uradi. Qo'l bilan o'yin bor, qo'l bilan o'ynalgan zahoti gol urilmoqda - bu qoidabuzarlik.

Shu tariqa, 15-tur o'yinlarida hakamlar ikkita qo'pol xatoga yo'l qo'yishdi - "Surxon" - "Buxoro" o'yinida belgilanmagan penalti va "Dinamo" - "Nasaf" o'yinida belgilangan penalti. Shuningdek, "Andijon" - "Bunyodkor" uchrashuvidagi epizodda ham sifatsiz translyaciya tufayli hakamning qarori to'g'ri yoki noto'g'riligini ekspertimiz aniqlay olmadi.
 

Reyting:    

Fikrlar

+11   
09 iyu 12:40:37
Saidjahon
Динамо Насаф уйинида пенальти йук эди.Пахтакор Навбахор учрашувида туп кулга текканди иккала жамоага хам мухлислик киламан лекин голни хисобга олинмаганини тугри деб уйлайман.
+8   
09 iyu 13:22:43
Jasur Qalandarov
Hop shu Navbahor urgan goli tugri bekor qilingan bulsa unda nega Nasaf Pahtakor uyinidagi pahtakorning 2-goli bekor qilinmadi poytaht jamoalariga hamma narsa mumkin ekanda. Hammasiga tupurdim superligangni ham hakamlaringni ham
+8   
09 iyu 12:44:07
Dilshod 441
ПФЛ динамо насаф уйини нега варсиз утказилганига нега халигача тушунтириш бермаяпти
+7   
09 iyu 12:38:01
ilhom sidikov
Динамо Насаф пенальти йук эди
+6   
09 iyu 13:59:00
Холмирзаев Комил
Dilshod 441 foydalanuvchining fikriga javob berish
ПФЛ динамо насаф уйини нега варсиз утказилганига нега халигача тушунтириш бермаяпти
ВАР БУЛГАНДА БУ ПЕНАЛТИНИ БЕЛГИЛАШГА АСОС БУЛМАСДИ БУ ХОЛАТДА ОЧИКЧАСИГА ХАЛКНИ УСТИДАН КУЛИШ БУЛАРДИ ВАР СИЗ ЭСА ПАРДАНИ ОРКАСИДАН ТУРИБ ФУТБОЛНИ УСТИДАН КУЛИШ БУЛЯПТИ
+6   
09 iyu 13:42:01
Sodiq Nazarov
"Динамо" - "Насаф" ўйинида пенальти бормиди? ЎзФҲМ экспретлар комиссияси жавоб берди:

Бу вазиятда ўйин қоидаси жарима майдони ташқарисида бузилган, бош ҳакам дастлаб жарима зарбаси белгилаган ва кейин қанот ҳакамининг берган маълумотига асосан 11 метрлик жарима зарбасини белгилаган. Чунки қанот ҳаками ўйин қоидаси жарима майдони ичида бузилди деб маълумот берган. "Динамо" - "Насаф" ўйинидаги бош ҳакам Рустам Лутфуллин ва қанот ҳаками Руслан Серазетдинов жуда паст баҳо олишган.


Ҳакамларга жуда енгил жазо тайинланган кескинроқ жазо берилиши шарт бошқаларга ўрнак бўлиши учун акс ҳолда бошқа ҳакамлар ҳам бемалол бунақа буюртмаларни бажаришлари мумкин

+6   
09 iyu 13:37:09
{ CHELSEA }
Bir narsa qiziqda, nimaga koʻpincha Paxtakor oʻyinlarida bahsli vaziyat boʻlaveradi...
+6   
09 iyu 13:25:24
Jasur Qalandarov
Porahur ifloslar
+6   
09 iyu 13:18:23
Ravshan Nabiyev
Бу порахурга Бир нарса дейиш кийен нагли 38 млн ахолини кузини шамалаб турибди пенальти деб.Олга порахурлар.
+5   
09 iyu 15:42:56
Аслиддин
Yunusov foydalanuvchining fikriga javob berish
Qolni bukmasdan qanday qilib xujumchi yugurlashi mumkun axr inson yugurganda qol xarakatlanadiku keyin topga atayin tegmadi darvozabondan keldi top!
Футбол коидаларини 12 бандида хужум килаеткан жамоани уйинчисини кулига туп тегса кулни кандай холатда эканлигидан катиий назар коида бузилишига асос булади.Хатто кул табиий холатда булса хам.
+5   
09 iyu 14:03:20
Odilbèk0177
BXZ BXZ foydalanuvchining fikriga javob berish
Ку́пчилик эмас айрим виждонига курт тушганлари лекин Навбахорни хакийкий мухлислари у́ша пайтни у́зида тан олди ва гол хисобланмагани ту́гри дейишди .
Тугри ман хам Навбахорчи манимча жарима майдон ичида хар кандай вазиятда кулга тегса гол бекор килинади
+4   
09 iyu 13:47:54
BXZ BXZ
W. W. W Uz foydalanuvchining fikriga javob berish
Навбахорни купчилик мухлислари кул билан уйналганини тан олмаётган эди.
Ку́пчилик эмас айрим виждонига курт тушганлари лекин Навбахорни хакийкий мухлислари у́ша пайтни у́зида тан олди ва гол хисобланмагани ту́гри дейишди .
+3   
09 iyu 13:35:17
Sho'rqosim
Navbahor o'yinchisini qo'liga tekgani rost lekin bir tomondan qo'l tanani ichida edi. Golni inobatga olish kerak edi.
+2   
09 iyu 13:32:13
Saidjahon
Yunusov foydalanuvchining fikriga javob berish
Qolni bukmasdan qanday qilib xujumchi yugurlashi mumkun axr inson yugurganda qol xarakatlanadiku keyin topga atayin tegmadi darvozabondan keldi top!
Умумий коида буйича бундай пайтда туп кулга теккан хисобланади чунки коида хужум килаётган жамоа томонидан бузилган агар химояланаётган жамоа булганда жарима белгиланмас эди.
+2   
09 iyu 12:45:51
Yunusov
Qolni bukmasdan qanday qilib xujumchi yugurlashi mumkun axr inson yugurganda qol xarakatlanadiku keyin topga atayin tegmadi darvozabondan keldi top!
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика