So’nggi yangiliklar

18:29"Арсенал" янги мавсум учун уй либосини тақдим этди  0 18:07"Нефтчи" бош менежери Грузия клуби академиясида бўлди  0 17:47Ўзбекистон U-16 терма жамоасининг CAFA U-17 мусобақасида қатнашадиган таркиби маълум  1 17:22Винисиус Жуниор футбол империясини кенгайтирди: "Реал" вингери Бразилиянинг "Атлетик" клубини сотиб олди  1 16:54"Тоттенхэм" футболчиси операция қилинди ва МЮ билан ўйинни ўтказиб юборади  0 16:26​Алонсо "Реал"га қайси футболчиларни олиб келмоқчи?  5 15:52Расман: "Андижон"ни икки мураббий тарк этди  1 15:29Аморим МЮ ходимларининг Европа Лигаси финалига сафари учун пул тўлади  4 15:01Сеск Фабрегас "Комо"да қолади: Клуб "Байер" ва бошқа даъвогарлар таклифини рад этди  1 14:20"Нефтчи" "Оқ-тепа"ни йирик ҳисобда мағлуб этиб, плей-оффга чиққан ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  1 13:51Рафинья: "Олтин тўп" мақсад эмас, асосийси – жамоавий ғалабалар"  14 13:23U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичига қачон қуръа ташланиши эълон қилинди  3 12:54Криштиану Роналдунинг ўғли Португалия терма жамоасида 7-рақам остида дебют қилди  4 12:30Марказий Осиё. "Қайрат" кубокни тарк этди, "Истиқлол" очко йўқотди, Туркманистонда эса 4 тур кейинги ўйинлар ўтказилди  1 11:59Гвардиола "Барселона" футболчисини Де Брюйнега ўринбосар деб билмоқда  7

"Paxtakor" cho'kyapti... Yangiliklar

"Paxtakor" cho'kyapti...

"Kema kapitani" uyg'onishi kerak. CHempionlik qo'ldan ketmoqda...

11 turda 20 ochko to'plagan amaldagi chempion 1-davrani oxiriga etkazib qo'yish uchun "Metallurg" va "So'g'diyona" sinovidan o'tishi kerak. Oldingi yillar bilan solishtirsak, "sherlar" yomon mavsum o'tkazishmoqda. Bu nimalarda ko'rinadi?

1. Natija

Jamoa ayni paytda Superligada 5-bo'lib turibdi. Qoldirilgan o'yinlarni yutsa, medallar zonasiga ko'tariladi. Yoki aksincha...

Qoldirilgan uchrashuvlar tufayli yuzaga kelgan jadvaldagi chigallik mavjud holatni tushunishni qiyinlashtiryapti. SHuning uchun "Paxtakor"ning dastlabki 11 o'yinini avvalgi yillar bilan solishtiramiz.

Piter Xyuistra davrida "sherlar" 11 turning to'qqizini 3 ochko bilan yakunlab, 2 marta durangga rozi bo'lishgan. Hozir esa poytaxt grandining aktivida 5 tadan g'alaba va durang, 1 mag'lubiyat bor (SHota davrida butun mavsum bo'yi buncha ochko yo'qotilmagan).

2. Himoyadagi tartibsizlik

Qishda tajribali Krimec va Anzur Ismoilovning o'rni legionerlar bilan to'ldirildi. Garchi "sherlar" Superligada eng kam to'p o'tkazib yuborgan bo'lsa ham, ularning aksari mudofaa chizig'i vakillarining aybi bilan paydo bo'ldi va ochko yo'qtolishiga olib keldi. "Paxtakor" himoyasiga asl bahoni xalqaro maydon qo'yib berdi — 6 o'yinda 15 gol.

Bu muvaffaqiyatsizlikda asosiy gunohkor sifatida Oleksey Larin va Kamen Hadjiev ko'rsatilmoqda. Darhaqiqat, markazda risoladagidek sherik topolmayotgan SHerzod Azamov ancha qiynalib qoldi. SHuningdek, o'z poziciyasida haqiqiy monopolga aylantirilgan Sayfiev va Alijonovda shasht ancha pasayganini ham unutmaslik kerak. Bunda to'g'ri futbolchilarni transfer qilolmagan, Hojiakbarga bittagina raqobatchi topib berolmagan rahbariyat aybdor.

3. Oldingi chiziqda parokandalik

2 yildirki, jamoa Sergeevning o'rnini to'ldira olmayapti. Hujumlarni yakunlash bo'yicha muammolar ortgandan ortyapti. "Paxtakor" sermahsullik borasida "Bunyodkor" va "Qizilqum"dan ham yomonroq natija qayd etyapti (Superligada 7-ko'rsatkich). Buni mavsum avvalida taklif qilingan forvardlar o'zini ko'rsata olmayotgani bilan izohlash mumkin.

Fakt: "Paxtakor" tarixda 3 marta chempionatning dastlabki 11 turida 15 tadan kamroq gol urgan. Va har gal chempionlikni raqiblari ("Navbahor" va "Bunyodkor")ga boy bergan.

4. Bir kishiga bog'lanish

Masharipov bilan Sergeev ketganidan keyin hujumdagi masuliyatning katta qismi CHeranning gardanida qolib ketdi. Gollarning asosiy qismini serbiyalik futbolchi urayotganini qo'ya turing, jamoa u maydonga tushmagan o'yinlarni yutolmayapti. Yani, Dragansiz "Paxtakor" Superligada autsayderga aylanib qoladi.

Tarkibda chempionat tarixidagi eng kuchli legionerlardan biri bo'lishi, o'yin uning atrofiga qurilishi yaxshi, albatta. Lekin CHeranning yoshi (deyarli 35) inobatga olinsa, tezroq yangi lider topish zarurati anglashiladi.

5. Murabbiy faktori

"SHerlar" rahbariyati Xyuistrani ketkazib, yanglishgandi. Keyin xatoni xato bilan tuzatishga urinib ko'rishdi. O'zbekistonning eng kuchli futbolchilari yig'ilgan "Paxtakor"ga bosh murabbiy sifatida Slovakiya chempionatidagi 21 o'yindan tashqari hech qanday tajribasi bo'lmagan, buning ustiga, 2 yildan beri ishsiz yurgan Slavche Voyneski olib kelindi. 

Muxlislaru jurnalistlar bir yonga, futbolchilar orasida ham makedoniyalik mutaxassisga ishonmayotgan va uning almashtirilishini xohlayotganlar talaygina. Hattoki, buni Voyneskining yuziga aytganlar ham bo'ldi.

Echim

"Paxtakor"ni avvalgidek "yirtqich" jamoaga aylantirib, chempionatni yutish uchun bir nechta aqlli transferlar kerak bo'ladi. Birinchi navbatda shogirdlarini ham qoyil qoldira bilmayotgan Voyneski bilan yo'llar ayrilishi lozim. Uning o'rnini klubdagi yulduzlardan kattaroq va tajribaliroq mutaxassis egallasa, ichkaridagi muhit ancha o'zgaradi.

SHuningdek, bazi poziciyalar kuchaytirilishi kerak. Jamoani Sardor Rashidov bilan Hojimat Erkinov tark etdi. Abror Ismoilov va Dostonbek Hamdamov 2-davrada Toshkentda qolishsa, ajab emas. Eshitishimizga qaraganda, Ruslanbek Jiyanovni ham "Paxtakor"ga qaytarish bo'yicha harakatlar boshlangan. 

Bundan tashqari, chempionlik kurashida juda kuchli markaziy hujumchi va himoyachilar kerak bo'ladi. O'zbekistonda bundaylarni topish qiyin. Borlari ham arzon emas. Buyog'iga Maksning mahoratiga bog'liq.

obuna bo'ling → "Futbol ANALIZI"

Muallif :
Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика