So’nggi yangiliklar

09:18"Рома"нинг собиқ устози Эронни бошқариши мумкин  5 08:43Sofascore. "Бани Яс" мағлуб бўлди. Мозговой неча баҳо олди?  1 08:10Файзуллаевнинг трансфери иккинчи бўлди  2 07:35Суперлига. Бугун Жиззахда ва Наманганда ўйинлар бор  4 06:35Суперлига. "Машъал" — "Шўртан" 2:1   0 01:50Дерби олдидан "Манчестер Сити"нинг 4 футболчиси сафга қайтди  4 01:08Жанлуижжи Доннарумма: "Пеп мени жамоасида кўришни истаётганини айтди. Бу мени ғурурлантирди"  2 00:46Расман: Онана - "Трабзонспор" дарвозабони!  21 00:15"Вест Хэм" дербидан олдин мухлисларга тақиқ қўйди  0 23:44Доннарумма "Манчестер Сити"да қайси рақамда ўйнайди?  3 23:29"Реал" "Ливерпуль" марказий ҳимоячисини текинга қўлга киритмоқчи  1 22:57"Атлетик" "Ал Насср" футболчисини рўйхатдан ўтказди  1 22:32УЕФА 2026/27 мавсумидаги еврокубоклар финаллари ўтадиган стадионларни эълон қилди  2 22:16Отабек Нарзуллаев: "Бу мавсум давомидаги энг муҳим учрашувлардан бири бўлди"  0 21:45Элдор Мойлиев: "Футболда ютган жамоага юқори баҳо қўйилади"  2

"Paxtakor" Buxoroda ochko yo'qotdi Yangiliklar

"Paxtakor" Buxoroda ochko yo'qotdi

Oliy liganing 8-turidan o'rin olgan "Buxoro" - "Paxtakor" o'yini bo'lib o'tdi.
O'yinning dastlabki 10 daqiqasida mehmonlar ikki bor burchak to'pini amalga oshirishdi. Hozircha samarasiz. 11-daqiqada Feruz Boboqulov simulyaciya uchun ogohlantirildi.

Andreevning jarimadan yo'llagan zarbasidan so'ng Korneychuk to'pni qaytarishda xatoga yo'l qo'ydi. 19-daqiqada SHerzod Karimovning chamasi 30 metrlardan yo'llagan zarbasidan so'ng to'p darvoza to'siniga tegib qaytdi.

23-daqiqada "Buxoro" qarshi hujum tashkil qildi. Ravshan Aslanov raqibning ikki futbolchisidan ajoyib tarzda qochib ketdi, biroq to'p uzatishda xatoga yo'l qo'ydi.

27-daqiqada Kvesieshvili, 31-daqiqada Krimec ogohlantirildi.

31-daqiqada Iskanderovning zarbasi Korneychukning oyoqlari orasidan o'tdi, biroq to'p posbonning baxtiga darvoza yonidan o'tib ketdi.

37-daqiqada Andreev darvozabon bilan birga bir vaziyatga chiqib ketdi va zarba berdi. Himoyachi xalal berdi va to'p noaniq ketdi. Davron Hoshimov va Jamoliddin Ubaydullaev to'qnashib ketishdi, ikkala futbolchiga shifokorlar yordam ko'rsatishdi.

Birinchi bo'lim yakunlandi.

Ikkinchi bo'lim boshlandi. 47-daqiqada Merzlyakovning kuchli zarbasidan so'ng to'pni Korneychuk qiyinchilik bilan bo'lsa ham qaytarishga erishdi.

O'yin ancha tenglashib qoldi. 63-daqiqada Kvesishevili sal qolsa o'z darvozasini ishg'ol qilib qo'yishi mumkin edi.

66-daqiqada Feruz Boboqulov Aleksandr Lobanovga nisbatan qo'pol o'ynadi.

70-daqiqda Kamoliddin Tojiev xavfli vaziyat sodir etdi. Korneychuk o'zini ko'rsatdi.

72-daqiqada ikkala jamoa safida o'zgarish sodir bo'ldi. Mezbonlar safida Baxriddin Vahobov, mehmonlar tarkibida Anvar Soliev maydonga tushdi.

Uchrashuvga 4 daqiqa qo'shildi. 90+3-daqiqada Miladinovich Vahobovni yiqitgani uchun ogohlantirildi. 25 metrlardan jarima to'pini maydon egalari amalga oshirishadi. Vahobovning zarbasi noaniq ketdi. O'yinda hisob ochilmadi.


Buxoro (Buxoro) – Paxtakor (Toshkent) 0:0
Hakamlar:
A. Asimov (Toshkent), M. Saidqosimov (Toshkent), R. SHoyahmetov (Toshkent), I. Ibrohimov (Nukus)
Nazoratchi: I. Mustafin (Toshkent).

"Buxoro": Aleksandr Korneychuk, SHavkat Raimqulov, Vitaliy Plamadela, Predrag Vuyovich, Firdavs Asadov (Ilya Ilin, 77), Feruz Boboqulov, Ravshan Aslanov, Jamoliddin Ubaydullaev (Baxriddin Vahobov, 72), Nodir Jo'raev, Oybek Nurboev.
Zaxira: Farrux Turdialiev, Aziz G'ulomxo'jaev, Suxrob Nematov, Elyor Akbarov, Akopyanc,

"Paxtakor":
Aleksandr Lobanov, Egor Krimec, Boyan Miladinovich, Kaxi Maxaradze, SHerzod Karimov (Anvar Soliev, 72), Jamshid Iskanderov (Jaloliddin Masharipov, 90+1), Igor Sergeev, Kamoliddin Tojiev, Aleksandr Merzlyakov, Davron Hoshimov, Stanislav Andreev (Vladimir Kozak, 64)
Zaxira: Nikita Ribkin, Akbar Ismatullaev, Murod Xolmuhammedov, Jamshid Boltaboev,

Ogohlantirishlar: Feruz Boboqulov 10, Egor Krimec 26, Georgiy Kvesieshvili 27, Kamoliddin Tojiev 67, Nodir Jo'raev 68, Boyan Miladinovich 90+3.



#JamoaO'YUDMUG - O'GT-NO
1Paxtakor862010 - 4620
2Lokomotiv743013 - 5815
3Bunyodkor743012 - 4815
4Nasaf74219 - 4514
5Olmaliq73319 - 6312
6Buxoro83235 - 9-411
7Metallurg831411 - 11010
8Navbahor73138 - 9-110
9Dinamo73049 - 10-19
10Qizilqum72234 - 408
11Mashal71422 - 4-27
12Andijon71154 - 10-64
13Neftchi70344 - 8-43
14So'g'diyona801710 - 22-121

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика