So’nggi yangiliklar

15:40Тошкент футболи — 100 ёшда  0 15:18МЮ истеъдоди атрофида ажиотаж: 12 та клуб у учун саф тортди  1 14:50Гвардиола "Манчестер Сити" ҳимоячисини мақтади  1 14:22Ла Лигада навбатдаги истеъфо  0 13:53Ван Дейк Салоҳ билан суҳбати ҳақида гапирди  2 13:24"Эмери эффекти": "Астон Вилла" клуб рекордини ўрнатди  9 12:56Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади  14 12:28Мадрид клуби "Манчестер Юнайтед" ҳимоячисини кузатмоқда  2 11:57Ўзбекистоннинг икки гранди МТЖ аъзосига қизиқмоқда  16 11:31Водий клуби "Нефтчи" легионерига кўз тикди  4 10:44Педри Мессининг 15 йил аввал ўрнатган рекордини янгилади  2 10:16"Ливерпуль" собиқ устози Саудия клубини бошқаришга розилик берди  2 09:48Пеп Гвардиола Алекс Фергюсоннинг Премер-лигадаги рекордини янгилади  3 09:20"Реал Мадрид" саккиз нафар футболчисини сотишга тайёр - DC  3 08:53Нури Шаҳин кечаги ғалабадан сўнг ўз фикрларини билдириб ўтди  4

"Paxtakor" bosh murabbiyi: "Bizni yaxshi darajadagi raqib bilan keskin o'yin kutmoqda" Yangiliklar

"Paxtakor" bosh murabbiyi: "Bizni yaxshi darajadagi raqib bilan keskin o'yin kutmoqda"

Xabaringiz bor, ertaga, 4 fevral kuni "Paxtakor" Qatarda "Al Garafa"ga qarshi Elit CHempionlar Ligasi 7-tur o'yinida maydonga tushadi.

Bugun mazkur bellashuvdan oldin matbuot anjumanida "sherlar" bosh murabbiy Pedru Moreyraga hujumchi Igor Sergeev hamroh bo'ldi.

"Biz mazkur uchrashuvga tayyorgarlikni yaxshi o'tkazdik deb o'ylayman. Bir oy yangi mavsumga hozirlik jarayonida bo'ldik. Mashg'ulotlarda imkon qadar ishladik. Bizni mavsumdagi birinchi rasmiy o'yin kutib turibdi. Raqib esa mavsumining qizg'in pallasida. Bizni keskin bahs kutib turibdi. Yaxshi o'yin namoyish qilib, ijobiy natijaga erishishga intilamiz.

Raqibni o'rganib chiqdik. "Garafa" yaxshi saviyadagi futbolchilarga ega jamoa. Portugaliyalik murabbiy Pedru Martins boshchiligida ular hujumkor futbol ko'rsatishmoqda. Raqibimiz juda kuchli jamoa", - dedi murabbiy.

"Turkiyadagi yig'inda bir oy mashq qildik. O'ylashimcha, jismonan va ruhan o'yinga tayyormiz. Jamoadagi muhit ajoyib holatda. Ertaga muhim bellashuv bo'ladi. Biz maydonda borimizni berishga harakat qilamiz. Uyga ijobiy natija bilan qaytishni xohlaymiz.

"Garafa" yaxshi shakllangan jamoa, tarkibida ko'plab xorijlik va mahalliy yuqori saviyali futbolchilar bor. Biz mavsumni endi boshlaymiz. Imkon qadar eng yaxshi o'yinimizni ko'rsatishga urinamiz", - dedi Igor Sergeev.

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика