"Paxtakor" 8 yanvardan yig'inga kirishadi
06 jan 2022 16:31
Yangiliklar
"Paxtakor" 8 yanvardan yig'inga kirishadi
Toshkentning "Paxtakor" jamoasi 8 yanvar sanasidan yangi mavsumga tayyorgarlik jarayonini boshlaydi.
Milliy terma jamoaning BAAda o'tadigan yig'inida qatnashadigan 8 nafar "Paxtakor" futbolchilari - Farruh Sayfiev, Hojiakbar Alijonov, Odil Hamrobekov, Doston Hamdamov, Abror Ismoilov, Hojimat Erkinov, Sardor Sobirxo'jaev va SHerzod Temirov jalb etilgan. Ushbu futbolchilar fevral oyidan klub ixtiyoriga qaytishadi. Qolgan futbolchilar esa Toshkentda mavsumga hozirlikni boshlashadi. 5-20 fevral kunlari Turkiyaning Belek shahrida xorij yig'ini o'tkaziladi. Ushbu yig'in davomida Rossiya, Gruziya va Ukrainaning "Dinamo" klublariga qarshi uchta nazorat o'yini o'tkazish rejalashtirilgan.
10 fevral
"Paxtakor" - "Dinamo" Moskva
15 fevral
"Paxtakor" - "Dinamo" Tbilisi
19 fevral
"Paxtakor" - "Dinamo" Kiev
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади
Шавкат Мирзиёев Янги Тошкентда барпо этиладиган 55 минг ўринли стадион қурилишига тамал тоши қўйди
Ла Лига. "Сельта" ва "Барселона" ўртасидаги ўйинда 6 та гол урилди, Де Йонг майдондан четлатилди
Суперлига. Бугун 3 та учрашув бор
Fikrlar