"Paxtakor-79" xotirasi yodga olindi
11 avg 2022 14:53
Yangiliklar
Botkin qabristonida 1979 yil hayotdan ko'z yumgan jamoa vakillarini xotirlash tadbiri o'tkazildi.
Unda futbol jamoatchiligi, mutaxassislar, faxriylar, "Paxtakor" rahbariyati va asosiy tarkib vakillari, muxlislar jam bo'lishdi. Marosimni olib borgan taniqli sport sharhlovchisi Mirzahakim To'xtamirzaev o'sha "Paxtakor" butun O'zbekistonni dunyoga tanitgani, muxlislar yoqimtoyiga aylanib, ularning faxri bo'lgani, fojia sababli o'zbek futboli katta yo'qotishga uchragani to'g'risida to'xtalib o'tdi.
SHundan keyin o'zbek futboli afsonalari Birodar Abduraimov va To'lagan Isoqov, "Paxtakor" FK raisi o'rinbosari Dilshod Karimov va jamoa bosh direktori Dmitriy Adisman, futbol muxlislari so'zga chiqib, shonli jamoa xotirasi haqida so'zlab o'tishdi.
Xotira tadbiridan suratlarni to'liq ravishda saytimizning maxsus bo'limi orqali tomosha qiling >>>>> FOTOGALEREYA
Foto: Jahongir Fayzullaev























Xotira tadbiridan suratlarni to'liq ravishda saytimizning maxsus bo'limi orqali tomosha qiling >>>>> FOTOGALEREYA
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar