So’nggi yangiliklar

15:27Тожикистон футболи афсонаси Муҳсин Муҳаммадиевнинг аҳволи оғир  0 15:06Роналду ММА-промоушен акциядорига айланди  0 14:39Меньян 2026 йилда эркин агент бўлиши мумкин. Аллегри бу борада нималар деди?  0 14:14Алишер Одилов: "4 йил ичида ким билан қандай гаплашиш кераклигини билиб олдим"  1 13:48Вальверде: "Реал" мураббийлар штаби ва футболчилари аввалгидан ҳам кўпроқ иноқ"  1 13:20Манба: "Бунёдкор" легионери "Андижон"га ўтмоқда  3 12:57Тимо Вернер "Интер Майами"да Мессининг жамоадоши бўлишни истайди  1 12:29Суперлига. "Гол+пас" тизимида ким олдинда?  6 12:02"Барселона" футболчиси 2 ҳафта давомида майдонга туша олмайди  2 11:30"Барселона" Фликнинг ўрнига бошқа номзодларни кўриб чиқишни бошлади  3 11:01Алишер Одилов Россиядаги фаолияти нима учун ўхшамагани сабабини айтди  9 10:39Ўзбекистон МТЖ собиқ футболчиси фаолиятини Суперлигада давом эттиришга яқин  5 10:12Биринчи лига. Бугун финал  16 09:37Суперлига. Ҳожимат учун мавсум якунланди, "Динамо"га қарши ўйиндан олдин "Насаф"да битта йўқотиш бор  6 09:03Ўзбекистон МТЖ собиқ мураббийи фаолиятини ОКМКда давом эттиради  5

Paulu Bentu: "Qoida bo'yicha bu penalti emas edi. Hakam o'sha vaziyatda xatoga yo'l qo'ydi" Yangiliklar

Paulu Bentu: "Qoida bo'yicha bu penalti emas edi. Hakam o'sha vaziyatda xatoga yo'l qo'ydi"

JCH-2026 saralashidan o'rin olgan O'zbekiston – BAA (1:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Paulu Bentu matbuot anjumanida qatnashdi.

"Yaxshi va kurashlarga boy o'yin bo'ldi. Faqat, qiziqarli o'yin qizil kartochkaga qadar davom etdi. Ustiga-ustak darvozamizga penalti belgilandi. Mening fikrimcha birinchi bo'limda yaxshi o'ynadik, tanaffusdan keyingi dastlabki daqiqalarda ham yomon o'ynamayotgandik. Qarshi hujumlarimiz ancha xavfli chiqdi deb o'ylayman. Bir nechta yaqqol vaziyatlarga ega bo'ldik. Kecha aytib o'tganimdek, O'zbekiston milliy terma jamoasi mundialga to'g'ridan-to'g'ri chiqishga harakat qilayotgan jamoa, lekin shunga qaramay raqib bugun ko'p vaziyatlar yarata olmadi. Qizil kartochkadan so'ng o'yinni o'zgartirishning iloji yo'q edi. Chetlatishdan so'ng raqib dar hol gol urdi", - deya fikr bildirdi Paulu Bentu.

- Yakuniy natijaga yana qanday faktorlar tasir qildi deb o'ylaysiz? Deylik, Toshkentga kelmagan o'yinchilar, hakam, ob-havo...?

- Chetlatishga qadar umuman boshqacha o'yin kurayotgandik. Bu haqiqat. Men faktlar bo'yicha gapiraman. Ob-havo bizga hech qanday noqulaylik tug'dirmadi. Yo'qotishlarga keladigan bo'lsak, bu haqda men kecha ham gapirib o'tgandim. Rostini aytsam, penalti berilgan vaziyatni ko'rib chiqdim va qoida bo'yicha bu penalti emas edi. Hakam o'sha vaziyatda xatoga yo'l qo'ydi, ammo hozirgi kunda futbol qoidalari o'zgarib bormoqda. Futbolchilar bir-biriga juda yaqin edi. Qizil kartochka bo'yicha hech nima demayman, sababi vaziyatni to'liq ko'rganim yo'q. Hakamning o'yin davomida qabul qilgan qarorlariga qo'shilmadim. Futbolchim o'yin vaqti burnini sindirib oldi, ammo bosh hakam o'yinni to'xtatmadi. Televizor orqali bugungi uchrashuvni tomosha qilgan insonlar o'sha vaziyatni ko'rishlari mumkin. Yon hakam va yordamchi hakamlar bugungi uchrashuvda "mavjud" emasdilar guyo, ular hech nimani hal qilishmadi. Bu futbolning bir qismi va bunday voqealar uchrab turadi. Biz kelajak haqida o'ylashda davom etishimiz kerak. Maqsadimiz bir va o'sha maqsad sari intilishimiz kerak.

- Biz BAA jamoasini so'nggi marotaba o'n yil avval ko'rgandik. Hozirgi kunda BAA terma jamoasida ko'p narsa o'zgardi, ammo arablarning vaqt cho'zishi va "simulyaciya"lar hali hamon uchramoqda. Avvalroq siz boshqargan Portugaliya va Janubiy Koreya terma jamoalari bunday ko'p "simulyaciya" qilishmas edi. Arablarda ko'p uchraydigan bu holatni o'zgartira olishingiz mumkinmi?

- Menimcha savolni yaxshi tushunmadim, lekin Koreya futboli bilan BAA futbolini solishtirish noto'g'ri. Futbol har kuni o'zgarib bormoqda. Oradan 10 yil vaqt o'tdi va ikki jamoani taqqoslash noto'g'ri. Turli hil falsafalar. Biz o'zimizning ustun tomonlarimizdan yaxshiroq foydalanishimiz kerak. O'zimizning uslubimiz bor, ammo biz har bir jamoaga qarshi o'z uslubimizni qo'llay olmaymiz. Bu noto'g'ri. Men murabbiy sifatida qaysi mamlakatda ishlasam, o'sha mamlakat futboliga ko'nikishim kerak. O'z falsafamni boshqalarga singdirish oson emas.

- Eron, O'zbekiston va Qatar kabi jamoalarga qarshi o'yinlar o'tkazdingiz. Sizning fikringizcha qaysi terma jamoa guruhda etakchilik qilishga asosiy davogar? Uch terma jamoaning ham ustunlik tomonlari haqida gapirib o'tsangiz?

- Uch jamoa ham juda kuchli va turli hil taktik uslubga ega. Men bu haqda avvalroq ham aytib o'tganman. Eron men uchun mintaqadagi eng kuchli jamoalardan biri, fors futbolchilari uzoq vaqtdan buyon birga o'ynab kelishmoqda. Qatar ham kuchli jamoa va so'nggi ikki Osiyo Kubogi g'oliblari. O'zbekiston terma jamoasi to'g'ridan-to'g'ri mundialga chiqmoqda va hozirgi vaqtda 10 ochko to'plashdi. Terma jamoangiz Eronga yutqazmayapti va Osiyo Kubogida ham juda yaxshi o'yin namoyish etdi. Uch jamoani ham juda hurmat qilaman. Ularga qarshi maksimal kurash olib borishimiz kerak. Har bir jamoada turli hil taktika bor. Hozir, faqatgina kelajak haqida o'ylashimiz kerak.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика