“Pari NN” ustozi: “Yo'ldoshev hujumkorlikni kuchaytirdi”
21 avg 2022 08:55
Yangiliklar
“Pari NN” ustozi: “Yo'ldoshev hujumkorlikni kuchaytirdi”
O'yindagi yagona golni esa Ibrahimhalil Yo'ldoshev urdi. Bu uning mavsumdagi 6-bahsdagi 2-goli bo'ldi.
Mazkur uchrashuvdan keyin mehmonlar ustozi Mixail Galaktionov o'z fikrlari bilan bo'lishdi.
“Albatta, g'alaba eng avvalo psixologik nuqtai nazardan muhim. Oldingi o'yinlarda sifatli jihatlarga ega bo'ldik, ammo natija biz kutgandek bo'lmadi. Bugun esa ustunlik gohida bizda, gohida “Ural”da edi. Vaziyatlarning birida Nikita Goylo (darvozabon) bizni qutqarib qoldi.
CHetlatishdan keyin o'yin bizning nazoratimizga o'tdi. Qolaversa, rejadagi almashtirishlar o'yinimizni kuchaytirdi. Jumladan, Yo'ldoshev hujumkorlikni kuchaytirib, raqib darvozasini ishg'ol etdi. Oqibatda ijobiy natijaga erishdik, bu eng muhimi. SHaxsan men uchun Ekaterinburg – omadli shahar. Bu erda yoshlar terma jamoasi bilan Evropa chempionatiga chiqqandik va bugun hammasi ko'ngildagidek bo'ldi”, deydi mutaxassis.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar