So’nggi yangiliklar

Parexo Vinisius haqida: "Ajoyib sportchi, ammo o'yinchilar o'zini futbolga bag'ishlashi kerak. Meni piyonista deyishardi, lekin bunga etibor bermaganman va javob qaytarmaganman – bunday odamlardan yuqoriroq bo'lish zarur" Yangiliklar

Parexo Vinisius haqida: "Ajoyib sportchi, ammo o'yinchilar o'zini futbolga bag'ishlashi kerak. Meni piyonista deyishardi, lekin bunga etibor bermaganman va javob qaytarmaganman – bunday odamlardan yuqoriroq bo'lish zarur"

Dani Parexo "Real" futbolchisi Vinisius Juniorning maydondagi harakatlarini tanqid qildi.

"Men uni juda kuchli, yorqin, o'ta iqtidorli va ajoyib futbolchi deb bilaman. Men hech qachon o'zimni dunyoning eng kuchli jamoasining eng zo'r futbolchisi rolida sezmaganman. Biroq biz futbolchilar o'zimizni o'yinga bag'ishlashimiz kerak. Provokaciyalar har bir uchrashuvda bo'ladi. Bunga qarshi tura olishni o'rganish zarur.

Siz "Real" safida harakat qilarkanszi [atrofingizda] doimo o'zgacha atmosferada bo'lasiz, to'xtovsiz sizning asabingizga tegishga urinishadi. Ammo men ham turli stadionlarda o'ynaganman, meni piyonista yoki yana nimalardir deyishardi, lekin men ularga etibor bermasdim va javob qaytarmaganman. Futbolchi bunday odamlardan yuqoriroq bo'lishi zarur. Hozirgi harakatlari bilan u xatoga yo'l qo'ymoqda", – dedi "Vilyarreal" futbolchisi.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика