Palmer o'z gol nishonlashini rasmiylashtirmoqchi
13 dek 2024 22:59
Yangiliklar
Palmer o'z gol nishonlashini rasmiylashtirmoqchi
"CHelsi" futbolchisi Koul Palmer "Cold Palmer" nomli brendga asos solmoqchi.
O'tgan mavsum davomida Palmer o'zining gol nishonlashi orqali "Sovuq Palmer" (Cold Palmer) laqabini oldi.
"The Sun" malumotiga ko'ra, futbolchi huquq idoralariga murojaat qilib, o'zining gol nishonlash uslubini shaxsiy brendi sifatida yaratmoqchi ekanligi borasida ariza qoldirgan.
Hujjatlarga ko'ra, Palmer dieta maxsulotlari va ichimliklari, kiyim, o'yinchoqlar va kosmetika savdosi bilan shug'ullanmoqchi. Keyinchalik u avtomobil sohasiga ham kirib boradi.
O'z arizalarida futbolchi goldan keyin nishonlashining videolarini ham aks ettirgan. Bunday nishonlashni u "Manchester Siti"dagi sobiq jamoadoshi Morgan Rojersdan o'rgangan.
Koul bunday gol nishonlashini ilk marta "CHelsi" tarkibida "Luton"ga qarshi o'yinda amalga oshirgandi.
O’xshash yangiliklar
02:59
Angliya Kubogi. "Chelsi" Rosenorning debyutida "Charlton" maydonida yirik hisobda g'alaba qozondi 0
championat.asia
U-23 Осиё Кубоги. Эрон билан дуранг ўйнадик. Гуруҳдан чиқиш масаласи охирги турга қолди
"Барселона" Испания Суперкубоги финалида "Реал"ни мағлуб этиб, бош совринни қўлга киритди
Бугун Испания Суперкубоги финали доирасида “Эл класико” бўлиб ўтади
Эронга қарши учрашувдан сўнг Равшан Ҳайдаров нималар деди?
Fikrlar